Ma’ruza №1 Mavzu: Shaharsozlikning tabiiy iklimiy xususiyatlari. Geomorfologik, geologik, gidrologik va gidrogeologik sharoitlar. O’zbekistonda aholi joylashuvi va shaharlarni rejalashtirish xususiyatlari. Ma’ruza rejasi



Download 0,74 Mb.
bet5/8
Sana16.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#809998
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 маъруа

Gidrogeologik shart-sharoitlarni tahlil qilganda er osti suvlarining suv eltuvchi gorizontlari, ularning tarqalishi, chuqurligi, suvga to’yinganligi, kimyoviy tarkibi va agressivligi kabi tavsiflari beriladi. Bundan keyin ko’rib chiqilayotgan hudud er osti suvlari bilan ta’minlanganligi, ekspluatatsiya zahiralari va ularni kommunal-maishiy, sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash maqsadlari uchun baholash nuqtai nazaridan tumanlashtiriladi. Har bir sanab chiqilgan foydalanish turi uchun er osti suvlarining u yoki bu tavsifnomasi birlamchi ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, qurilish maqsadlari uchun er osti suvlarining chuqurligi va agressivligi; qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun – sho’rlik darajasi, suv bosimi chuqurligi; sog’liqni saqlash maqsadlari uchun esa – suvlarning davolash va termal xususiyatlari eng ko’p ahamiyatga egadir. Kerakli ma’lumotlarni geologik fonddan, hududiy geologik boshqarmalardan, suv xo’jaligi institutlaridan olish mumkin. Bu ma’lumot regional va havza kartografik materiallari sifatida beriladi.
Mineral xom-ashyo resurslari sanoat ishlab chiqarish yoki kurort xo’jaligini rivojlantirish bazasi sifatida tavsiflanadi. Ularning tarqalish maydonlari esa tarhiy cheklanish sifatida xizmat qiladi, ishlab bo’lingan maydonlar rekultivatsiya va xo’jalik maqsadlari uchun keyinchalik foydalaniladigan hududlar sifatida qaraladi.
Mineral xom-ashyo resurslari tavsiflanganda quyidagi ko’rsatkichlar: joylashishi, turi, ochilgan yili, zahira bo’yicha kattaligi (eng katta, katta, o’rta, kichik), o’zlashtirish darajasi bo’yicha (ishlatilayotgan, ishlatishga tayyorlanayotgan, razvedka qilinayotgan, kelajak maydoni), hozirgi va loyihaviy qazib olish, qazib olishdagi yo’qotishlar; ishlab chiqish usullari (er osti, ochiq, ishqorlash orqali), yillar bo’yicha zahira bilan ta’minlanganli; zahiralarning ko’payish kelajagi (maydoni va chuqurlik bo’yicha); qazib olinayotgan xom ashyoning standartlarga mosligi, qazilmaning rentabelligi, xom-ashyoning iste’molchilari, qazilma boyligining balans zahirasi kabilar hisobga olinadi. Bundan tashqari qazilma boyliklarining ayrim turlari bo’yicha prognoz zahiralari keltiriladi.
Ma’lumot manbai bo’lib geologiya boshqarmalari materiallari xizmat qiladi.
Injener-geologik sharoitlarning tahlili geomorfologik, geologolitologik, gidrogeologik, gidrologik, injener-geologik omillarning batafsil tavsifnomasini va ularning sanoat va grajdan qurilishiga ta’sirini baholashni o’z ichiga oladi. Bunda qator tabiiy omillarning o’zaro ta’sirining yig’indisi bo’lgan noqulay fizik-geologik jarayonlarni o’rganish alohida o’rin tutadi. Buning natijasida turli darajada sel, emirilish, karst paydo bo’ladigan, ko’chkili cho’kish, seysmik jarayonlar tarqalgan tumanlar ajratiladi. Bunda inshootlar asoslari tuproqlariga bo’lgan, yo’l qo’yiladigan yuklanishlar, er osti suvlarining chuqurligi, suv bosish ehtimoli, tepalar qiyaligi, tekislikning gorizontal bo’linishi, karst jarayonlari, ko’chki jarayonlarining turi va intensivligi, jarlar tarmog’i hisobga olinishi kerak. Yuqoridagilardan tashqari antropogen omillar: sun’iy suv havzalarining mavjudligi, (ularning rejimi va er osti suvlariga ta’siri),mineral xom-ashyo resurslarini ishlab chiqish xarakteri hamda ularning noqulay fizik-geologik jarayonlar rivojlanish tezligiga ta’siri ham hisobga olinishi lozim. Kompleks geologik-gidrogeologik ekspeditsiyalar, geologik fond materiallari asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi turli xil foydali qazilmalarga boy, unda mineral resurslarning 750 turi mavjud. O’zbekistonning tabiiy - iqlimiy sharoitlari 1-rasmda aks ettirilgan.
Shaharsozlik, loyihaviy-tarixiy ishlar tabiiy-iqlimiy tumanlashtirish materiallari asosida amalga oshiriladi, jumladan:
- O’zbekistonning umumiy tumanlashtirish;
- changli bo’ronlar davomiyligi bo’yicha O’zbekiston xududini tumanlashtirish;
- shamol rejimi bo’yicha tumanlashtirish;
- zarrachalar yoyilish sharoitlari bo’yicha tumanlashtirish;
- sel xavfli tumanlar joylashuv chizmasi;
- seysmik tumanlashtirish;
- suv rejimi chizmasi;
- shahar qurilishi maksadlari uchun tumanlashtirish;
- agroiqlimiy tumanlashtirish;
- ommaviy dam olishni tashkil etish sharoitlari bo’yicha tumanlashtirish.




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish