Ma’ruza №1 Mavzu: Shaharsozlikning tabiiy iklimiy xususiyatlari. Geomorfologik, geologik, gidrologik va gidrogeologik sharoitlar. O’zbekistonda aholi joylashuvi va shaharlarni rejalashtirish xususiyatlari. Ma’ruza rejasi



Download 0,74 Mb.
bet7/8
Sana16.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#809998
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 маъруа

Gidrografiya tarmog’ini tahlili daryo, ko’l va suv omborlarining fizik-kimyoviy tavsifnomasini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Bunda daryolarning uzunligi, suv omborlari va ko’llarning suv yuzasi maydoni, suv yig’ish maydoni, oziqlanish sharoitlari va suv xarji, oqim tezligi, toshqinlar davomiyligi, suvning kimyoviy tarkibi o’rganiladi. Tahlil nafaqat butun hudud, balki alohida regionlar (tuzilmalarda), daryo, ko’l va suv omborlari havzalarida (loyihalarda) o’tkaziladi. Detallashtirib qaraganda suv resurslari manbalarining va kommunal ahamiyatidagi suv havzalarining qo’shimcha tavsifnomalari hisobga olinmog’i lozim: bir vaqtda mumkin bo’lgan suv olish hajmi, suv olish qismining ta’sir doirasining kengligi va uzunligi. Olingan natijalarni qayta ishlash orqali hududni suv biln ta’minlanganlik va tumanning suv resurslarini turli xalq xo’jalik sohalarida foydalanish darajasini baholash mumkin bo’ladi.
Gidrografik tarmoq to’g’risidagi materiallarni gidrografik va navigatsion xaritalardan, maxsus gidrologik axborotnomalardan olish mumkin.
Tuproq o’simlik qatlamini tavsiflaganda asosiy diqqat bu resurslardan ratsional foydalanish va ularni saqlashga qaratilmog’i lozim. Masalan, tuproq qatlamini baholaganda tuproqning asosiy turlari va ularning tarqalish hududlari ajratiladi. Bunda ularning eroziya jarayonlariga duchor bo’lganligi, asosiy xo’jalik foydalanish turlari bo’yicha sifat va agroiqtisodiy baholash, shaharsozlik va rekreatsion baholashda esa tuproqlarning ko’kalamzorlashtirishga yaroqliligi hisobga olinadi.
O’simliklar asosiy turlarining tarqalishi, o’simlik guruhlarining ekologik va estetik xususiyatlari, ularning o’rmon xo’jaligi, qishloq xo’jaligi, rekreatsiya, suv, tabiat muhofazasi ahamiyati bilan tavsiflanadi. Bu masalalarni yoritishda qishloq xo’jalik boshqarmalari, o’rmon xo’jaligi institutlari, topografik xaritalar va boshqalardan foydalaniladi.
Hayvonot dunyosining tahlili ularning xo’jalik ahamiyati va tabiat muhofazasi talablaridan kelib chiqib o’tkaziladi. Hayvonot dunyosi turlarning tarqalishi, ularning ekologik xususiyatlari, yashash sharoitlari bilan tavsiflanadi. Xo’jalik ahamiyatidagi (chorvachilik, ov qilish, baliq xo’jaligi) va muhofaza qilish kerak bo’lgan kamyob turlar ko’rib chiqiladi. Hayvonot dunyosi to’g’risidagi materiallar alohida turlarning tarqalish xaritalaridan, qishloq xo’jaligi va baliq xo’jaligi institutlaridan, tabiat muhofazasi jamiyatlaridan olinadi.
Landshaftlar ularning aholi dam olish va inson faoliyati natijasida buzilishi nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Quyidagi landshaftlar – tabiatning bebaho hududlari hamda xo’jalik faoliyati bilan eng ko’p ishdan chiqqan landshaftlar, ularni qayta tiklash va madaniylashtirish maqsadida, ajratiladi. Kerakli materiallar landshaft xaritalaridan, universitet va institutlar geografiya kafedralaridan, tabiat muhofazasi jamiyatlaridan olinadi.
Hududlarni tabiiy shart-sharoitlar bo’yicha baholash asosiy xo’jalik yuritish turlari uchun amalga oshiriladi. Tumanni rejalashtirish tuzilmalarida - shaharsozlik, qishloq xo’jaligi va ommaviy dam olish uchun baholansa, tumanni rejalashtirish loyihalarida esa sanoat va grajdan qurilishi, qishloq va o’rmon xo’jaligi, ommaviy dam olish va tabiatni qo’riqlash sohalari uchun baholash amalga oshiriladi (2-rasm)



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish