Dielektr o’tkazuvchanlik
M. Faradey 1837 yil kondensatorning parallel plastinkalari orasini dielektrik (elektro’tkazmas) bilan to’ldirdi, natijada kondensator sig’imi bir necha marta oshganini e’tirof etdi va bu holatni dielektrik konstanta deb nomladi.
Kondensator sig’imining oshishiga sabab, plastinkalar orasidagi dielektrik material molekulalarida elektr maydon ta’sirida polyarizatsiya jarayoni shakllanadi.
RASM.6-A4.
Dielektrik material dipollari (rasm 6-4) elektr maydon ta’sirida xaotix harakatdan, kuch chiziqlar (elektr kuch chizig’i) bo’yicha yo’nalishga harakat qiladi va dipol maydoni kuchlanishi hosil qiladi, bu kuchlanish asosiy kuchlanish (E) ni kamaytiradi ( ) .
P’ezoelektrik effekt
Ba’zi kristallarga mexanik kuchlanish ta’sir etilganda, unda elektr zaryadi hosil bo’lishi p’ezoelektrik effekt deb ataladi. Tabiatda bunday kristallning turli xillari uchraydi, masalan (SiO2) kvarts. “ P’ezo ” so’zi grekchada bosim ma’nosini bildiradi. 1927 yili A. Myener kvarts kristallini soddalashtirgan Si atomi va jufti O2 yacheykasining modeli tuzgan. Monokristall yacheykaga kremniy uchta atomi va oltita kislorod atomi qatnashgan. Har bir kremniy atomi to’rtta musbat zaryadga ega, har bir juft kislorod atomi manfiy to’rtta zaryadga ega. Monokristallga mexanik ta’sir bo’lmaganida yacheyka neytral holda bo’lgan, uchiga mexanik ta’sir berilganida monokristall musbat atomlari bir tomon, manfiy atomlar teskari tomonga surilgan (rasm 6-6).
RASM 6-6 (Современний датчик) rasm 3-21 91-bet
Elektr zaryadlarni yig’ish uchun kristall qirralariga elektrod mahkamlab elektr zanjir tuzilgan (rasm 6-7).
Rasm 6-6 (Современний датчик 3-22 91 bet )
P’ezoelektrik effect orqaga qaytuvchi fizk hodisa bo’lib, monokristallga o’zgaruvchan tok yuborilganda, u tebranma harakatga kelgan. P’ezoelektrikning bu xususiyatidan foydalanib bir qancha p’ezo o’zgartirgichlar tayyorlangan.
1969 yili yaponiyalik olim Kavin PVDF polivinilidin ftorid plyonkalarda kuchli p’ezoelektrik effektni aniqladi va 1975 yili Yaponiyaning Pioneer firmasi, PVDF asosida naushnik va ovoz kuchaytirgichlar (громкоговорителлар) ishlab chiqaradi.
Kristall strukturasiga ega bo’lgan p’ezoelektrik moddalrning ba’zilari issiqlik ta’sirida elektr zaryad hosil qilish xususiyati ma’lum bo’ldi va bu guruh datchiklarni piroelektrik effektga ega deb ataldi.
Hozrgi kunda piroelektrik qurilmalar sanoatda va texnikada keng qo’llanilmoqda, bu qurilmalarda quyidagi materiallar ishlatilmoqda: KDP (KH2PO4), ADP (NH4H2PO2). BaTiO2 va kompazitsion material PbZrO3 va PbTiO2 (ko’pincha PZT deb ataluvchi). Bu moddalar ichida eng keng qo’llaniladigani triglitserin sulfat (TGS) va tantalat litiy (LiTaO3).
Do'stlaringiz bilan baham: |