Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning umumiy jarayonlari
Marketing tadqiqotlarining yuqori darajada tashkil etilishi, ularning ko‘lami, tahliliy va qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig‘indisi, bevosita korxona va tashkilotlarning marketing strategiyasini belgilashda, amalga oshirishda, dastlabki bosqich, «tayanch nuqta» hisoblanadi.
Iste’mol bozori tobora yangi tovarlar va xizmatlar bilan boyib borayotgan bugungi sharoitida yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan oqilona foydalanishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
Marketing tadqiqotlari jarayoni jahon tajribalari shuni taqazo etadiki, odatda beshta bosqichni qamrab oladi. Korxona va firmalar marketing tadqiqotlari jarayoni va bosqichlarini ishlab chiqishdan oldin, muammoni aniqlab olish kerak. Korxonaning qanday muammosi bor? Va ushbu muammolar aniqlangandan keyin,
tadqiqot maqsadi belgilanadi. Ba’zi maqsadlar qisqa yo‘l orqali belgilanishi mumkin. Lekin, muammoni to‘g‘ri aniqlash, bu yechimning yarmisini topish demakdir (3.2 – rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |