Har bir marketinga yo‘naltirilgan korxonaning faoliyatini oqilona yuritish, bu uchun aniq va samarali qaror qabul qilish uchun quyidagi bilimlar zarur: bozorning salohiyati, resurs bilan ta’minlanganligi, xaridor talabi, ularning hoxish va istaklari, imkoniyatlari, raqobatdoshlarning niyatlari va harakatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Bozorni bilish va undagi jarayonlarga baho bera olish tijorat risklarini, qolaversa, noto‘g‘ri qaror qabul qilish natijasidagi yo‘qotish imkoniyatini kamaytiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni (marketing research process) maqsadga erishish uchun bosib o‘tiladigan bosqichlar majmuasidan iboratdir. Ularda amalda olti turdan iborat bo‘lib: muammoni aniqlash; muammoni hal etishga yondashuvni tanlash; tadqiqot rejasini ishlab chiqish; dala tadqiqotlari yoki ma’lumotlarni to‘plash; ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish;
hisobotni tayyorlash va uning taqdimotidir.
Odatda marketing tadqiqotlari bosqichlari quyidagilarni qamrab oladi:
Muammoni belgilash, tadqiqot budjetini hisob-kitob qilish.
Axborot manbalarini tanlab olish.
Axborot to‘plash va qayta ishlash.
Axborotni tahlili qilish va bashorat qilish.
Xulosa va tavsiyalar, marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash.
Marketing tadqiqotlari jarayonining rejasi (research desing) – marketing tahlilini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarurdir. Marketing tahlili muammosini hal etish, yoki uning uchun zaruriy axborotlarni to‘plash modellarini aniqlashtirish muhim o‘rin tutadi. Shu sababdan marketing rejasi ushbu tadqiqotlarni samarali o‘tkazish jarayonida o‘ziga xos ahamiyatga ega. O‘z vazifasini samarali va yuqori
sifatda bajarishda marketolog birinchi navbatda aniq o‘ylangan marketing tahlil rejasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, marketing tahlilining rejasi zaruriy axborotga ega bo‘lib, marketing tahlili muammosini hal etishda foydalaniladigan metodlar (uslublar)ni aniqlashtiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni rejasi o‘z tarkibiga quyidagi vazifa yoki komponetlarni kiritadi:
Zaruriy axborotlarni aniqlash.
Tadqiqot izlanish, deskriptiv yoki sabab-oqibat fazalarini ishlab chiqish.
O‘lchash va shkalalashtirish jarayonlarini aniqlashtirish.
Anketa (so‘rovnoma)ni shakllantirish yoki axborot to‘plashning boshqa uslubini aniqlash.
Tanlash jarayonini aniqlash va uning hajmini belgilash.
Ma’lumotlar tahlilini o‘tkazish rejasini ishlab chiqish.
Albatta, birinchi navbatda tadqiqot rejasining turli hil ko‘rinishlarini tahlil qilishga harakat qilamiz.
Korxonaning marketing faoliyatini strategiyasi va taktikasini tanlash va amalga oshirishda tadqiqotchilarning konkret yo‘nalishidan foydalanishini taqazo etadi. 3.1- rasmda marketing tadqiqotlarini amalga oshirish bosqichlari keltirilgan. Bozorni o‘rganmasdan turib barcha axborotni tizimli ravishda to‘plash, tahlil etish va solishtirish imkoniyati bo‘lmaydi.
Har bir bosqichda o‘ziga xususiyat mavjud. Masalan, 1 –bosqichni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, marketing tadqiqotlari konsepsiiyasini ishlab chiqishda, avvalom bor korxona oldiga qo‘ygan maqsadni belgilab oladi.
Maqsadni tanlash
Do'stlaringiz bilan baham: |