Marketing tadqiqotlari


-rasm. Ehtiyojlar klassifikatsiyasi



Download 3,61 Mb.
bet38/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

-rasm. Ehtiyojlar klassifikatsiyasi

Lekin, xaridor istagi tushunchasi to‘la ma’noda xaridorning muayyan tovarni sotib olishga, foydalanishga qodir va tayyor ekanligini anglatmaydi. Shu sababli, bu o‘rinda xaridorlik talabi tushunchasini keltirish lozim. Xaridorlik talabi – muayyan tovarni sotib olishga qodirligi va tayyorligi bilan belgilanadigan xaridorlik istagining aniqlashtirilgan shaklidir. Boshqacha qilib aytganda, xaridorning xarid qilishda to‘lovga qodirlik darajasi va imkoniyatida bo‘lgan qismigina xaridor talabi chegarasini ifodalaydi.



Demak, zamonaviy tadbirkorlik va marketing faoliyati birinchi o‘ringa xaridorlarning umumlashgan tarzdagi ehtiyojini emas, balki individual xaridorning istagi, didi, xoxishi va o‘zlashtirish xususiyatlari bilan farqlanuvchi – xaridorlar ishtiyoqini qondirishga talab etadi. Shunday qilib, turar joyga, ovqatlanishga, dam olishga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan, muayyan tarzdagi xaridorlar istagini qondirishga, ya’ni ularning salmog‘i, turmush

tarzi, odatlari, mavqelari va boshqa xusuyatlarni nazarda tutib, uni qondirish sari yul tutilishi hozirgi paytdagi tadbirkorlik faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biridir.

Ikkinchidan, mahalliy mikyosdagi marketingdan, umumdavlat va undan xalqaro

marketing faoliyati sari o‘tilishi oqibatida, firmalar o‘z imkoniyatlarini samarali jihatlarini internatsionalizatsiya jarayonida qurmoqdalar. Mahalliy bozor talablarini qondirish uchun kurashda geografik cheklanishlarning yo‘qolishi, yangi tovarlar va xizmatlar bilan yangi bozorlarni o‘zlashtirish samarali ekanligini ushbu xususiyatning asosiy mohiyatini belgilaydi.

Resurslar kamyob bo‘lganidan ishlab chiqarishning‘ eng zarur sohalariga ustuvorlik beriladi. Muqobil mahsulotlardan eng maqbuli tanlab olinadi.

Xaridor o‘zining qaysi turdagi talabini dastlab qondirishi borasidagi bir qarorga kelguncha, u ko‘p jihatlarni tahlil qiladi. Ushbu tovarni olish va u ayni shu vaqtda nechog‘lik zarur? Bu menga qanday imkoniyatlar yaratadi? Ushbu xarid men uchun o‘rinlimi va atrofdagilar unga qanday baho berishlari mumkin? Ushbu tovar sotish bilan shug‘ullanayotgan marketing tadqiqotchisi uchun quyidagi savollarga javob topish zarur. Qanday turdagi ehtiyojlar va muammolar xaridorga ta’sir o‘tkazadi? Ushbu muammolar qanday vujudga keldi? Qanday qilib xaridor aynan shu tovarni tanlamoqchi?

Ko‘pgina xollarda xaridorga tovarning to‘liq imkoniyatlari, foydalanish xususidagi axborot to‘liq yetib bormaydi. Shu sababdan, xaridor va sotuvchi

suhbatidan asosiy natija kutiladi. Ushbu suhbat mavzusi-qaysi tovar qanday assortimenti taklif etilgan, uning sifati, narxi xususida axborot to‘plash hisoblanadi.

So‘ngra tovarlar bo‘yicha variantlar baholanadi. Baholash mezonlari sifatida moda, texnik imkoniyatlar, pishiqligi, dizayni, kafolat, sotuvdan keyingi xizmat va shu kabilar bo‘ladi. Lekin har bir tovar o‘ziga xos baholanish ketma-ketligiga ega. Masalan, avtomobillar bo‘yicha ularning sinfi, quvvati, modeli, ichki qo‘shimcha imkoniyatlari, yonilg‘i sarfi, ehtiyot qismlar va tuzatish imkoniyatlari, rangi, narxi bo‘yicha axborot albatta zarur. Bu axborotlar xaridorga:


  • tovar markasi, marka-tarzi, manfaat darajasi to‘g‘risida yetarlicha ko‘nikma hosil qilishga va baholashga imkon yaratadi.

Bevosita xarid qilish chog‘ida ham xaridor o‘z tanlovini o‘zgartirishi mumkin. Bunda unga sotuvchi, oila a’zosi, xamkasbi va qolaversa o‘sha vaqtda savdo zalida bo‘lgan o‘tkinchi xaridor ta’sir etishi mumkin. Xaridorning o‘z tanlovini va qarorini o‘zgartirishga uning o‘z fikrida qat’iy tura olishi, o‘z shaxsiyatini qadrlashi va boshqa psixologik xususiyatlar ta’sir etadi. Buning uchun har bir iste’molchi xaridiga biron bir turtki zarur. Bu turtkini marketingda “motivatsiya” deb atashadi.

Inson motivatsiyasini tadqiq qilish marketologlar uchun muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni o‘rganishdan maqsad iste’molchilarning tovar va xizmatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

«Motiv» so‘zi lotincha «movere» so‘zidan olingan bo‘lib, «harakatga keltirish», «undash», «turtki» ma’nolarini anglatadi.

«Motiv» – bu insonni ehtiyojlarini qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlardir.




Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish