Motivatsiya – insonni maqsadga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir.
Motivatsiya (yoki ilhomlantirish) – tegishli zarurat va ehtiyojni birlamchi qondirish uchun amalga oshiriladigan yo‘llar va uslublar hisoblanadi. Nazariy jihatdan motivatsiya ko‘pgina olimlar tomonidan yetarlicha ta’riflangan va amaliy yo‘nalishda o‘z aksini topgan. Jumladan, Zigmund Freydning «motivatsiya nazariyasi», Fredirik Gersbergning «ikki omil» nazariyasi, Devid Makklenandning
«ehtiyojlar nazariyasi», Abraxam Maslouning «Ehtiyojlar iyerarxiyasi» nazariyalari nafaqat menejment sohasida, balki marketing va psixologik tadqiqotlarda o‘zining amaliy o‘rnini keng topgan. Bu borada ko‘plab maxsus adabiyotlar mavjud va shu sababli biz asosan A. Maslouning «ehtiyojlar iyerxiyasi» nazariyasi xususida batafsilroq to‘xtalamiz.
A. Maslou barcha inson ehtiyojlarining qondirilish ketma-ketligiga ko‘ra ularning 5 ta darajaga bo‘linishi va ular o‘rtasida albatta bosqichma-bosqichlik mavjudligini asoslangan. Shu sababli, inson dastlabki fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun intilish vujujdga keladi va bu jarayon uzviy davom etaveradi. Pastki darajadagi fiziologik va shaxsiy muhofazaga oid ehtiyojlar birlamchi jihatga ega. Har bir xarid qilinishi kutilayotgan buyum yoki foydalanilayotgan xizmat ma’lum ehtiyojni qondirishga, shaxsni ilxomlantiradi. Masalan, oilada qizchaning tug‘ilgan kuniga ota yoki ona tomonidan qilingan e’tibor uni ma’naviy yaqinlik, oilaviy muhabbat sari ehtiyojlarni qondirishda ilhomlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bevosita xarid jarayonida idrok etish xususiyatini ko‘rib o‘taylik. Idrok etish o‘z navbatida, xaridorningsh tashqi muhit xususidagi shaxsiy tasavvurini ifodalaydi va u tegishli tovar bo‘yicha: tasviriy idrok, tanlanma idrok va tasviriy xotirada o‘rnashadi. Ushbu bosqichlar tovar to‘grisida umumiy mulohazani, muayyan shaklni, iste’mol qilishdagi tasavvurini shakllantiradi. Keyingi psixologik jihatlar bo‘lmish: o‘zlashtirish, ishonch, o‘zaro munosabatda yanada qat’iylashadi va xaridning sodir etilishida yetakchilik qiladi.
Idrok etish va o‘zlashtirish jarayonida xaridorning qat’iyatlilik salohiyati uchun zamin yaratiladi. Xarid qilish jarayoni uzviy tarzda quyidagi bosqichlardan iborat:
qanday talabning qondirilishini belgilash;
tovar xususida axborot yig‘ish;
tovarlar turi bo‘yicha variantlar baholash;
xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
xarid qilingan buyumga munosabat va shunga o‘xshash jarayonlardir.
Motivatsiyaning turli hil nazariyalari ikki toifaga, ya’ni mazmundor va jarayonli nazariyalarga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |