Markaziy nerv sistemasi bo’limlarining tuzilishi va vazifalari. Orqa miyaning tuzilishi



Download 477,73 Kb.
bet2/9
Sana06.07.2022
Hajmi477,73 Kb.
#743195
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doston 4 (2)

2-rasm. Orqa miya segmentlari

Orqa miyaning oq va kulrang moddadan tashkil topganligini uning ko’ndalang


kesmasidan ko’rish mumkin (3-rasm). Kulrang modda markazda joylashgan,
kapalak yoki ―H‖ harfi shaklida, mielinli va mielinsiz tolali neyronlardan iborat
(ularning diametri 0,1 mm dan oshmaydi). Kulrang moddaning markazida markaziy
kanalning yo’li ko’rinadi. Kulrang moddaning yon tomonlarga chiqqan bo’rtmalari
shoxlari deyiladi. Kulrang modda oldingi, orqa va yon shoxlarga bo’linadi. Oldingi
shoxlarda (yumaloq yoki to’rtburchak shaklidagi) tarkibida skelet mushaklariga qarab
yo’nalgan bo’ladi. Orqa miyaning orqa shoxlarida va qisman o’rtasida afferent asab
tolalari keladigan oraliq neyronlar joylashgan. Orqa shoxlarning periferik qismi
og’riq impulslarini qayta ishlaydi va efferent (harakatlantiruvchi) neyronlar – motoneyronlarning tanasi joylashgan bo’lib, ularning aksonlari orqa miya asablarining oldingi (ventral) ildizchalari ularni o’tkazadi.

3–rasm. Orqa miyaning tuzilishi

Orqa shoxlarning o’rta qismi terining (taktil) sezuvchanligi, orqa shoxning


asosidagi zona esa mushakning sezuvchanligini qayta ishlaydi va o’tkazadi. Orqa
miya kulrang moddasining oldingi va orqa shoxlari o’rtasida oraliq zona joylashgan.
Ushbu zonada kulrang moddaning bo’rtmalari – yon shoxlari bo’lib, 8–bo’yin va 2-
bel segmentlarigacha simpatik asab tizimining neyronlari, 2-dan 4-dumg’aza
segmentlarigacha parasimpatik asab tizimsining neyronlari joylashgan.
Orqa miya ikki xil – o‘kazuvchi va reflektor vazifalarni bajaradi.
Orqa miyaning reflektor faoliyati. Orqa miya barcha harakat reflekslarini
yuzaga chiqarishda ishtirok etadi (bosh mushaklari harakatidan tashqari), undan
tashqari siydik, ajratish va jinsiy faoliyatlar, to’g’ri ichak faoliyati, haroratning
barqarorligini saqlab turish va modda almashinuvini boshqarish, ko’pchilik qon
tomirlarining tonusini bir me'yorda ushlab turish bilan bog’liq bo’lgan reflekslarni
yuzaga chiqarishda qatnashadi (1-jadval).
Orqa miyaning harakat va tonus reflekslari tananing fazodagi harakatlarini, hamda tana qismlarini bir-birlariga nisbatan harakatlarini, yotish, o’tirish, tik turishni, ya‘ni vaziyatni ta‘minlaydi. Orqa miyaning reflektor faoliyati to’g’risidagi ma‘lumot
jadvalda keltirilgan.
Yuqorida ko’rsatilgan spinal reflekslar sun‘iy yo’l bilan hosil qilinadi. Masalan,
paylarga ta‘sir qilinmasa, bu reflekslar tabiiy sharoitda kuzatilmaydi.

1-jadval

Download 477,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish