Tasviriy san’at fanidan 5-sinf uchun A variant test savollari.
1 Qaysi bandda tabiiy materiallar ko’rsatilgan?
A) Kley, qalam, qog’oz D) Kley, daraxt barglari, kardon.
B) Daraxt barglari, yong’oq po’stlog’i, daraxt shoxlari E) Qog’oz, mato, kardon.
2. Tasviriy san’at janrlari qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Natyurmort, manzara, portret D)Natyurmort, zargarlik, kulolchilik
B) Portret, zardo’zlik, manzara E)Hamma bandlar to’g’ri
3. Natyurmort nima?
A) Tasviriy san’at janri D) Tabiat manzaralari
B) Jonsiz tabiat. Meva va buyumlar tasviri E) a va b javoblar to’g’ri
4. Kulol ustalar qanday buyumlar tayyorlashadi?
A) teridan ishlangan buyumlar D) yog’och buyumlar
B) rasmlar E)sopol buyumlar
5. Bo’yoqlar bilan ishlashga mo’ljallangan olmaxon, suvsar kabi hayvonlarning mo’ynasidan tayyorlanadigan asbob nima deb ataladi?
A) rangli qalamlar D)o’chirg’ich
B)mo’yqalam E) hamma javob to’g’ri
6. Animalist so’zi qaysi so’zdan olingan?
A)fransuzchaanima D)lotincha animal hayvon
B)nemischaanimal E)inglizcha anima
7. Qaysi qatordagi asarlar manzara janriga mansub?
A) “O’zbekistonda mart”, “Oltin kuz”, “Qorasuvda bahor”
B) “Amir Temur” portreti. “Ulug’bek” portreti, “Varrak uchirish”
D) “Raqsning tug’ilishi”, “Nodirabegim” portreti, “O’zbekiston xalq o’yinlari”
E) “Usta ayol”, “So’zanali natyurmort”, “Ona o’ylari”
8. Hayvon tasvirini ifodalovchi tasviriy san’at janri qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) portret janri D) animalistik janr
B) natyurmort janri E) manzara janri
9. Natyurmort so’zi qaysi so’zdan olingan?
A)fransuzchanature morte D)inglizcha naturel
B)nemischanaturel E)lotincha nature mort
10. Qanday tasvirlarga manzara janri deb ataladi?
A) tabiat ko’rinishi chizilgan tasvirlarga
B) inson qiyofasi ko’rinishlari chizilgan tasvirlarga
D) hayvonlar tasviri aks ettirilgan rasmlarga
E) hamma javob to’g’ri
1. Asosiy ranglar qaysilar?
2. Sariq va ko’k ranglarning aralashmasidan qanday rang hosil bo’ladi?
3. Turli tasvirlar ishlovchi, rasm chizuvchi ijodkor kim?
4. Tasviriy san’atning portret janrida nimalar tasvirlanadi?
5. Manzara janrida ijod qilgan o’zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz?
Tasviriy san’at fanidan 5-sinf uchun B variant test savollari.
1. Hayvon tasvirini ifodalovchi tasviriy san’at janri qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) portret janri D) animalistik janr
B) natyurmort janri E) manzara janri
2. Guash bo’yog’i san’atning qaysi turlarida qo’llaniladi?
A) naqsh ishlashda D) zargarlikda
B) yog’och o’ymakorligida E) haykaltaroshlikda
3. Natyurmort janrida qaysi tasvirlar ifoda etiladi?
A) odam portreti D) buyumlar va jihozlar
B) tabiat manzaralari E) hamma javob to’g’ri
4. Qanday tasvirlarga manzara janri deb ataladi?
A) tabiat ko’rinishi chizilgan tasvirlarga
B) inson qiyofasi ko’rinishlari chizilgan tasvirlarga
D) hayvonlar tasviri aks ettirilgan rasmlarga
E) hamma javob to’g’ri
5. Asosiy ranglar nechta?
A) 4 ta B) 3 ta D) 7 ta E) 5 ta
6. Qaysi qatordagi asarlar manzara janriga mansub?
A) “O’zbekistonda mart”, “Oltin kuz”, “Qorasuvda bahor”
B) “Amir Temur” portreti. “Ulug’bek” portreti, “Varrak uchirish”
D) “Raqsning tug’ilishi”, “Nodirabegim” portreti, “O’zbekiston xalq o’yinlari”
E) “Usta ayol”, “So’zanali natyurmort”, “Ona o’ylari”
7.Qaysi bandda tabiiy materiallar ko’rsatilgan?
A) Kley, qalam, qog’oz D) Kley, daraxt barglari, kardon.
B) Daraxt barglari, yong’oq po’stlog’i, daraxt shohlari E) Qog’oz, mato, kardon.
8. Natyurmort nima?
A) Tasviriy san’at janri D) Tabiat manzaralari
B) Jonsiz tabiat. Meva va buyumlar tasviri E) A va B javoblar to’g’ri
9. Turli tasvirlar ishlovchi, rasm chizuvchi ijodkor kim?
A) shoirD) musavvir
B) yozuvchiE) aktyor
10. Kulol ustalar qanday buyumlar tayyorlashadi?
A) teridan ishlangan buyumlar D) yog’och buyumlar
B) rasmlarE)sopol buyumlar
1. Sariq va qizil ranglarning aralashmasidan qanday rang hosil bo’ladi?
2. Bo’yoqlar bilan ishlashga mo’ljallangan olmaxon, suvsar kabi hayvonlarning mo’ynasidan tayyorlanadigan asbob nima deb ataladi?
3. Tasviriy san’atning manzara janrida nimalar tasvirlanadi?
4. Akvarel bo’yog’idan foydalanishda nimalar ishlatiladi?
5. Asosiy ranglar qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |