Buyruq tavsifi Erksiz o‘zgaruvchi (noma’lum funksiya)ni ko‘rsatuvchi extra_args berilgan ODTda bir necha funksiyalarning hosilalari qatnashgan holda yoziladi. U yozilmaganda Maple tenglamani qaysi noma’lum funksiyaga nisbatan yechish kerakligini tushunmaydi. Chekli ko‘rinishdagi umumiy yechim oshkor, ya’ni yoki oshkormas, ya’ni ko‘rinishda berilishi mumkin; bu yerda ixtiyoriy o‘zgarmaslar ( natural son). Agar mumkin bo‘lsa, yechim oshkor ko‘rinishda chiqariladi.
Birinchi tartibli ODTlarning yechimlari, ayniqsa ular dy/dx ga nisbatan yuqori darajali bo‘lsa, parametrik ko‘rinishda ham berilishi mumkin: [x(_T)=f(_T), y(_T)=g(_T)], bunda _T parametr.
Yuqori tartibli ODTlar chekli ko‘rinishda yechilmasligi, lekin ularning tartibi pasaytirilishi mumkin. Bunday hollarda tartibi pasaytirilgan tenglamani boshqa vositalar yordamida (masalan, qatorlar yordamida) yechish mumkin. Bu yechim topilgach, dastlabki tenglama yechimini DEtools[buildsol] buyrug‘i yordamida qurish mumkin bo‘ladi.
Chiziqli ODT chekli ko‘rinishda yechilmasa yoki tartibi pasaymasa, DESol yordamida bu haqda xabar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |