infolevel[dsolve]:=4 buyruqni berib, tenglamani yechish
jarayonida qo‘llaniladigan metodlarni displeyda ko‘rish mumkin.
ODT analizatori (ODE Analyzer) interaktiv interfeysi ODT va ODTlar sistemasini sonli va simvolik (analitik) yechish uchun mo‘ljallangan. Bu interfeys yordamida yechimlar grafiklarini qurish ham mumkin. Interfeysdan o‘rgatuvchi vosita sifatida foydalansa bo‘ladi. Foydalanuvchini bu interfeys yechimlarni topish va grafiklarni qurish buyruqlari bilan ta’minlaydi. ODT analizatori interaktive interfeysini ishga tushirish uchun Tools> Assistants> ODE Analyzer buyrug‘ini berish mumkin. Interfysning barcha imkoniyatlarini bilib olish uchun Help orqali ODE Analyzer ga murojaat qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |