aniqlovchi tenglama ( Maple da indicialeq) deb ataluvchi kvadrat tenglama hosil bo‘ladi. Berilgan differensial tenglama yechimlarining tabiati ana shu aniqlovchi tenglamaning ildizlariga bog‘liq. - tartibli differensial tenglamaning regyulyar maxsus nuqtasi atrofida ham yechim Frobenius metodi yordamida umumlashgan darajali qator ko‘rinishida izlanishi mumkin.
Maple ning ODTlarni yechish uchun qo‘llaydigan usullari va algoritmlari [… ] adabiyotlarda keltirilgan.
IV.5. dsolve buyrug‘i
ODTlarni Maple yordamida yechishda asosiy qurol, bu dsolve buyrug‘idir. Bu buyruqni ishlatishda (differensial tengamalarni aniqlashda, yozishda) diff buyrug‘i va D differensial operatoridan foydalanish kerak bo‘ladi. dsolve buyrug‘ining ko‘rinishlari:
dsolve(ODE)
dsolve(ODE, y(x), extra_args)
dsolve({ODE, ICs}, y(x), extra_args)
dsolve({sysODE, ICs}, {funcs}, extra_args)
Do'stlaringiz bilan baham: |