Asosiy gimnastika – vazifasi umumjisomniy tayyorgar-likni yo’lga qo’yishdir. Asosiy gimnastika mashg’ulotlari har tomonlama jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirib, sport mahoratini oshirishga imkoniyat yaratadi. Asosiy gimnastikaga saflanish va qayta saflanish, umumjismoniy mashqlar, hayotiy mashqlar, akrobatika, badiiy gimnastika va boshqa mashqlar hamda ayrim gimnastik jihozlarda bajariladigan mashqlar kiradi.
Gigienik gimnastika bilan shug’ullanish organizmning salomatligini mustahkamlaydi. U kishida bardamlik, ish qobiliyatini yuqori darajada bo’lishini taominlaydi. Gigienik gimnastika ertalab, kunduz kuni, oqshom yoki uyqudan so’ng o’tkaziladi. Yoshi o’tganlarda ertalabki gimnastika yakkama-yakka yoki guruh bo’lib o’tkazilishi ahamiyatli. Ular organizmning harakat apparati, yurak tomirlari, nafas olish tizimi va boshqa organlarning ishini normallashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |