Davolash gimnastikasi salomatlik va mehnat qobiliyatini tiklash vazifasini hal qiladi. Asosan, tana tuzilishi kamchiliklari, harakat apparati ishlarini yaxshi yo’lga qo’yishda xizmat qiladi. Dam olish uylari, sanatoriyalar, kasalxona-lardagi davolash kabinetlarida amalga oshiriladi.
Sport so’zi avvaliga o’yin maonosida tushinilar edi, keyinchalik esa ko’ngil ochish vositasi deb qarala boshlangan. CHunki shug’ullanuvchilar faqat o’zaro kuch sinashib musobaqa-lashar edilar. Xatto XIX asrning oxiri XX asrning boshla-rigacha partada yuqori natijalarga erishish yoki musobaqada g’olib chiqish, ko’ngil ochish, dam olish vositasi deb qaralib kelindi. Uzoq vaqtgacha taolim tarbiya ishlarida ahamiyatga ega bo’lmagan hayot uchun keraksiz narsa deb baho berildi. (Lesgaft, 1909; Ebber, 1925; Gaulgoffer va SHtreyxer, 1930). Sport ko’p qirrali maonoga ega bo’lib, ijtimoiy hayotning maxsulidir. Jamiyatda sport bilan shug’ullanish ahamiyatga ko’ra jismoniy tarbiya jarayoni deb qabul qilinadi. Sport jamiyat madaniya-tining asosiy elementi sifatida sport mahoratini oshirish, harakat sanoatini egallash, jismoniy sifatlarini rivojlan-tirish orqali jismoniy tarbiya jarayonida asosiy vositalardan biri tarzida qo’llanilmoqda. Jismoniy tarbiyada harakat qobiliyatini rivojlantirishning imkoniyati cheksiz ekanligi hozirgi kunda sir emas. Bunga dalil, o’rnatilayotgan rekordlar, sport natija-laridir. Sport natijasini yaxshilash uchun olib borilayotgan izlanishlar, yangi usuliyatlar, vositalar, sport tayyorgarligi mazmunini boyitmoqda. Bu esa ko’plab sportchi va trenerlarning jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyotini yangi ilmiy-amaliy qonuniyatlar bilan boyitayotganligidan dalolat bermoqda.
Hozirgi kunda sportga qo’shni qardosh mamlakatlar bilan o’zaro do’stlik va hamjihatlik o’rnatishdek, musobaqalar paytida chin insoniylik hislatlarini chuqurroq namoyon etishni yuzaga chiqarish vazifasi yuklatilgan.
Turli ijtimoiy sharoitda sportning ayrim xususiyatlari bir-biri bilan butunlay zid keladi, deb qaraladi. Bunga sobiq sovet sportining maqsadi va vazifasi hamda burjua sportidagi professionalizmning mazmuni misol bo’la oladi. Rivojlangan mamlakatlarda sport bilan ko’proq o’quvchilar, talabalar, armiya va flot xizmatchilari shug’ullanadilar. Asosiy sabab sport harbiy va hayotiy tayyorgarlikdagi muhim omildir. Bundan tashqari ularda sportning iqtisodiy roli asosiy o’rinni egalaydi. Sportdan ular dam olish, odam organizmining formasi, funktsiyasini o’zgartirish uchun emas, yashash, moddiy neomat yaratish uchun shug’ullanadilar.
Sportning tarixiy rivojlanishi shunga olib keldiki, uning ayrim turlari xalqaro obro’ qozondi, hayotiy-zaruriy ahamiyat kasb etdi, jismoniy tarbiya uchun asosiy vosita sifatida tan olindi. Bularga: yengil atletika, og’ir atletika, klassik kurash, boks, suzish, basketbol, futbol, gandbol, tennis, velosport, voleybol, suvda to’p o’yini, sport gimnastikasi va boshqa Osiyo, Ovrupa, Jahon chempionatlari Olimpiada o’yinlari dasturiga kirgan va boshqa sport turlari mansubdir.
Bulardan tashqari boshqa turlar sportning milliy tur-lari deb atalib (hayotiy-amaliy, harbiy-amaliy va h.k.) tarbiya jarayonining asosiy vositasi tarzida foydalanilmoqda.
Turizm – reja asosida oldindan mo’ljallangan sayohat, ekskursiya, poxod, qoyaga chiqish va sayrlardan iboratki, bunda biror neomat yaratilmay, jismoniy qobiliyat va jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aktiv dam olishga yo’naltirilgan omil deb qaraladi. Geologlar, gidrogeograflarning sayohatla-ridan maolumki, ular o’z sayohatlarini moddiy qiymat yaratish maqsadida rejalashtiradilar. Jismoniy tarbiya jarayonida esa uning xususiy tomonlaridan foydalaniladi.
Turistik sayohatlarda tabiatning maolum to’siqlaridan o’tish malakalarini shakllantiradi aqliy, jismoniy, axloqiy - estetik hislat-larni tarbiyalaydi. Ularda jamoaga munosabat, qo’rqmaslik, kuch, chidamlilik sifatlarini rivojlantiradi. Sayohatda tog’, dala-ning turmush tarzi, unda yashash, mehnat qilish sharoitga moslashish malakasi va ko’nikmalari rivojlanadi. Turizm boshqa jismoniy tarbiya omillariga nisbatan hayotiy-amaliy sharoitda qo’llanadigan jismoniy mashqlarga boy. SHunga ko’ra, ular hayotiyligi va amaliyligi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |