Fiziologiyada – maksimal, submaksimal, meoyordagi va meoyordan katta quvvatni talab qilib bajariladigan mashqlar deb nomlangan turkumidan jismoniy tarbiya amaliyotida foydalanilmoqda.
3.4. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va
gigienik omillar
Havo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy neomat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko’nikish, unga tayyor bo’lish muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun tabiatning inoomi – havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir.
Jismoniy tarbiya jarayoni ochiq xavoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib jismoiy mashqlar bajarish samara beradi. CHo’milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug’i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha taosir ko’rsatadi. Mashg’ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanishning muhim ahamiyat bor.
Ishni shunday tashkillash lozimki, jonajon Respublika-mizning geografik, iqlimiy va ekologik holatini hisobga olib barcha viloyat va hududlarda tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish muammosi hal qilinishi lozim. Masalan, quyosh nuridan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha alohida, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarini hisobga olinmasdan toblansa uning taosiri turlicha bo’ladi. Jismoniy mashqlarning meoyori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini eotibordan chetda qoldirish tabiat-ni sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy nati-jalarga olib kelishni unutmasligimiz lozim.
SHug’ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish, havoning o’zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o’zgarishlarga tez moslashshishi individning yoshligidan yo’lga qo’yishni samarasi katta. Har tomonlama chiniqtirish tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo’shib olib borilishi tashqi muhitning salbiy taosirlariga organizmning qarshilik ko’rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi “ko’chuvchan” bo’ladi, yaoni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat, harbiy xizmat)da namoyon bo’ladi va jismoniy tarbiyaning hayotiy-amaliyligini oshiradi. Qolaversa, ruhiy-irodaviy hislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, meoyorsiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek vazifalar oson hal bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |