Маoлумотнома



Download 2,17 Mb.
bet46/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

Harkatli o’yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay, o’zining maolum sport maydoniga, standart qoidasiga ega bo’lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o’z ichiga olgan harakatlar tarzida, asta-sekinlik bilan qiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, sport o’yinlariga aylantirildi. Demak, sport o’yini ham harakatli o’yindir.

Sport o’yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o’zining katoiy o’yin qoidalari va talablariga, sport maydoni jihozlariga ega. O’yin paytida vazifalarni individni o’zigina hal qilmay, jamoa hal qiladi. Bu o’yinlar bo’yicha muntazam musobaqalar uyushtiriladi. O’yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o’yinlari muntazam o’sishda va rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo’lib o’ynaydigan harakatli o’yinlar uch turga bo’linadi: a) o’yinchilarni jamoa-larga ajratmay o’ynaydigan o’yinlar; b) jamoali o’yinga aylanib ketadigan o’yinlar; v) jamoalarga bo’lib o’ynaladigan o’yinlar (barcha sport o’yinlari kiradi):

Keyinchalik esa o’yin o’yinchilarning o’zaro faoliyati shakliga ko’ra (komandali o’ynaladigan o’yinlar) quyidagilarga bo’linadi:

a) o’yin paytida raqib komanda o’yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o’ynaladigan o’yinlar - voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va h.k.

b) raqib o’yinchilari bir-biriga tegishi bilan o’ynala-digan o’yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maysa ustidagi rus laptasi va boshqalar.

Tarixan mavjud jismoniy tarbiya tizimlari o’yinning shu tomonlarni hisobga olib, jamiyat aozolari har tomonlama jismonan garmonik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biri deb tan olganlar va tarbiya jarayonida undan foydalanganlar.

Gimnastika o’yinlar, sport, turizm qatori u ham jismoniy tarbiya vositasidir. Asosiy vazifasi turli hayotiy faoliyat uchun umumiy jismoniy tayyorgarlikni yo’lga qo’yishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, o’zining gavdasini tuta bilishi yoki tananing aozolari harakatini boshqara olishi, tanadagi jismoniy kamchiliklarni to’g’rilashdek maxsus vazifalarni ham hal qila oladi. Hozirgi kunda jahon xalqlari gimnastikasi tizimini tanqidiy o’rganilib, keraksizlarini uloqtirib, foydali tomonini o’zida ilmiy mujassamlashtirilgan holda jismoniy tarbiya jarayonida ijobiy foydalanilmoqda.

Jismoniy mashqlarning barchasi gimnastikada qo’llani-lishi mumkin. Aslida esa quyidagi mashqlar ko’rinishida qo’llaniladi.




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish