Seminar mashg`ulot:
Mavzu: Bolalarning tilni muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirishlari; diologik va monologik nutqini, nutqiy muloqotni shakllantirish (kommunikativ jihat)
Reja:
1. Bolalarning tilni muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirishlari
2. Diologik va monologik nutqini, nutqiy muloqotni shakllantirish (kommunikativ jihat)
1-mashq.
A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanidan olingan Kumushbibi tasviriga oid parchani o’qib, belgi-xususiyat bildiruvchi so’zlarni ajratib ko’chiring. Bu so’zlar nimalarni tasvirlashga qaratilganligini aniqlang.
“…Uning qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to’zg’ib, quyuq jingala kiprik ostidagi tim qora ko’zlari bir nuqtaga tikilgan-da, nimadir bir narsadan cho’chigan kabi… to’lgan oydek g’uborsiz oq yuzi bir oz qizilikka aylanganda kimdandir uyalgan kabi… Shu payt ko’rpani qayirib ushlagan oq qo’llari bilan latif burnining o’ng tomonida, tabiatning nihoyatda usta qo’li bilan qo’ndirilgan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o’tirdi. Sariq rupoh atlas ko’ylakning ustidan uning o’rtacha ko’kragi bir oz ko’tarilib urmoqda edi. Turib o’tirgach, boshini silkitdi-da, ijirg’anib qo’ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to’zg’igan soch tolalari o’rab olib jonsiz suratga kirgizdi. Bu qiz suratida ko’ringan malak qutidorning qizi-Kumushbibi edi!”
Topshiriq.1.
O’zingiz yoqtirgan badiiy qahramon qiyofasini va tabiatini tasvirlab bering. Matn tuzing.
Topshiriq-2
Farzand tarbiyasida muomalaning o’rni mavzusida diologik matn tuzing. Tuzgan mantingizda sinonim so’zlarning ostiga chizing.
2-mashq.
Berilgan so’zning sinonimik qatorini hosil qiling.Qavs ichida ushbu so’zning dominant bilan hisobi berilgan:
Inoq (7) - ahil, qadrdon, totuv, ittifoq, qalin, apoq-chapoq.
Kambag’al(8)-
Kasal (7)-
Odam(6)-
Soya-(4)-
3-mashq.Omonim so’zlarni sharhlang.
hur- so’zini omonimini aniqlaymiz:
hur (ot) jannatdagi go'zal qiz
hur (sif) erkin, ozod
hur (fe'l) vovullamoq
kir-
kez-
qiyma-
qovoq-
soz-
tuymoq-
chang-
kech-
Uyga vazifa :
1.Televideniya orqali “Bu mening onam” yoki “Otalar so’zi” ko’rsatuvlari to’g’risida fikr, mulohazalaringiz aks etgan monologik matn tuzing.
2. “Kattalar muloqoti kichiklarga ko’zgu” fikriga o’z munosabatingizni bildiring .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o`zbekcha so`zlashishga o`rgatish. T., “O`qituvchi” 1993
2.R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998.
3.F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o`rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004.
4.F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.
5.Babayeva D.R. “Nutq o`stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O`quv qo`llanma
Elektron ta’lim resurslari:
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. ziyonet. Uz
4. www. edu. Uz
Do'stlaringiz bilan baham: |