Harakat ritmi deganda, aktiv muskul zo’riqishi va taranglashishining maolum vaqt ichida passiv va kuchsiz harakat fazalari bilan bog’liq holda namoyon bo’ladigan xarakterli tomonlarini tushunamiz. Bu xususiyat har qanday to’liq harakat aktida mavjud bo’ladi. SHunday qilib, harakat ritmining fazoda maolum vaqt davomida zo’riqishning harakat tizimi tarkibida nisbatan to’g’ri va o’z o’rnida uyushtirilishi bilan belgilashimiz mumkin. Har qanday, xatto noto’g’ri bajarilgan harakat akti tarkibida ham (harakat bo’laklarining uzun qisqaligiga bog’liq) maolum harakat ritmi bor. Demak xarakat ritmi ratsional, to’g’ri, yuqori natijaga olib keluvchi yoki noratsional, noto’g’ri, natija samarasini pasaytiruvchi bo’lishi mumkin. Ritmni majburiy sharti mavjud harakat tarkibida kuchli, uni boshqa bo’laklariga nisbatan urg’u beradigan, eotiborga loyiq harakat tarkibidagi hodisa (harakat)ning borligi ularning o’rin almashinuvini maolum vaqt intervalida takrorlanishidir.
Ratsional sport texnikasini egallanganligining asosiy ko’rsatkichlaridan biri jismoniy mashqni bajarishdagi muskul zo’riqishining to’g’ri va o’z vaqtida navbatlashuviga erishishganligidir. Harakatning aktsent (eotibor) berilgan qismiga eng kuchli zo’riqish to’planadi. Bu zo’riqishdan kelib chiqqan harakat maolum vaqt passiv davom etadi. Aktsent berilgan davrning intensivligi qanchalik kuchli bo’lsa, ish samarasi shuncha yuqori bo’ladi, harakatning passiv fazasidan to’laqonli foydalanish mumkin. Trenirovkalar taosiridan zo’riqishning keskin kucha-yishi va pasayishi hamda harakatning aktiv va passiv faza-larining davomiyligi cho’zilishi mumkin. Yuqori malakali sportchilarda harakat ritmi standart sharoitda turg’un xarak-terda bo’ladi.
Har qanday aniq harakat faoliyati maolum shaxs tomonidan texnik jihatdan yuqori maqom darajasida bajarilsa shu mashqni bajarishdagi ratsional ritm eotiborimizga tushadi. Lekin uni har qanday ritmga ham abstrakt holda qo’llash mumkin bo’ladigan «ritm» deb qarash noto’g’ridir. Har bir sportchini individual xususiyatlari evaziga harakatni bajarishda o’z ritmi bo’ladi. Lekin ritmdagi variatsiya belgilangan chegarada ushbu faoliyatning asosiy ratsional strukturasidan chiqmasligi kerak. SHunga ko’ra, ritm harakat faoliyati tarkibidagi alohida-alohida elementlarni bir butun qilib bog’laydi, harakatni tezlashtirish yoki sekinlashtirish bilan uning umumiy ritmik shakli o’zgarmaydi.
Jismoniy mashqlarning ritmlari inson tomonidan ongli ravishda ratsional texnikaning oboektiv qonunlari asosida shakillan-tiriladi va boshqariladi.
Taolim jarayonida shug’ullanuvchi yoki o’quvchiga harakatning aktsent berilgan qismlariga vaqtning qisqa muddatida katta zo’riqishni to’plab, uni ishlataolsa, asosiy ishlayotgan muskul-larni birlashtirib ularga dam berish imkoni yaratiladi. Natija esa yaxshi bo’ladi. Yuqori malakali sportchilar, tsirk artistlari mashq bajarishdagi o’zlari uchun moslab shakllan-tirgan ritmlar asosida harakatning aktsent beradigan qismigina katta zo’riqishda bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |