Topshiriqlarni qiyinlashtirish shartlari va nagruzkalarni oshirish shakllari.
Kuchiga yarashalilik, individuallashtirish va sistemali-lik printsiplarida biz jismoniy tarbiya jarayonidagi talablarni oshirishning ayrim shartlari ustida to’xtaldik. Talablarni oshirish yangi vazifalar va unga bog’liq bo’lgan yuklamalarning shug’ullanuvchilar uchun kuchiga yarasha qilib tanlash, organizmga keragidan ortiq talab qo’ymaslik, jinsi, yoshi hamda individ-ning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina, ijobiy natijalarga olib kelishi mumkinligini tushunib oldik. Yana asosiy shartlaridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biri-ga moslab ulash, o’zaro bog’liqlik), mashg’ulotlarning munta-zamliligi va nagruzkani dam olish bilan optimal navbatlash-tirish bilish hisoblanadi.
SHu o’rinda puxtalilikning ahamiyatini ham eotibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Bunda gap jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va ko’nikma-larning puxtaligi va organizmning moslashuvi (adaptatsiyasi)ni puxtaligi ustida boradi. Nisbatan yangi, murakkab va og’ir mashqlarga o’tish shakllangan malakalarning mustahkamlanishi darajasi va nagruzkalarga moslashuvi orqali borishi lozim. Mustahkamlanmagan malaka nagruzkaning kattaligidan tez buzilishi mumkin (shuningdek, interferentsiya taosiridan ham). CHunki yangi mashqlarga o’tish paytida ham shu holga duch kelish mumkin. Bu, o’z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga to’siq bo’ladi, sababi malakalar oyoqqa turish uchun yetarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. SHu bilan bir qatorda, nagruzka dinamikasi va morfofunktsional o’zgarishlar orasida havfli muvofiqlik vujudga kelishi mumkin.
U yoki bu nagruzkaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (maolum daqiqalarda) moslashmaydi. SHug’ullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga ko’tarilishiga imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun maolum vaqt o’tib ulgurishi kerak. Turli funktsional va strukturadagi o’zgarishlar uchun, ko’rsatib o’til-gandek, bir xil vaqt (muddat) talab qilinmaydi.
M. Perish sxemasi bo’yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizik-ximik o’zgarishlar, shuningdek, nerv sistemasining boshqarish funktsiyasida ham maolum o’zgarishlar sodir bo’ladi. Nerv muskul tizimining aktiv xujayralarida funktsio-nal va strukturaviy o’zgarishlari uchun nisbatan uzoqroq (kamida bir hafta) vaqt, eng ko’pi esa, bir oy, tayanch bog’lov apparati hujayralaridagi o’zgarishlarga moslanish uchun kerak bo’ladi. Moslashuvning bu kabi muddatlari albatta nagruzkalarning hajmiga ham bog’liqdir.
Xulosa qilib aytganda, nagruzkalar dinamikasini turlicha shakllar tavsiya qiladi: asta sekin to’g’ri chiziq bo’ylab, pog’onasimon, to’lqinsimon shaklda oshirilishi taolim jarayoni amaliyotiga kiritilgan.
To’g’ri chiziq bo’ylab oshirish o’z ichiga nagruzkani haftadan-haftaga mutanosib ravishda, moslab asta-sekin oshi-rish, mashg’ulotlar orasidagi interval ahamiyatli darajada katta bo’lmasligi eotiborga olinishi bilan amalga oshiriladi.
Nagruzka dinamikasini pog’onama-pog’ona oshirish qatora-siga o’tkazilgan bir necha mashg’ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo’lganidan so’ng navbatdagi pog’onaga o’tishdek tushuniladi. Navbatdagi pog’onaga “sakrash” paytida to’g’ri chiziq bo’ylab oshirishga nisbatan nagruzka dinamikasi aytarli keskin oshiriladi; lekin bunda organizmdagi nagruzkaga moslanish jarayonlarining borishini yengillashtiruvchi stabillashuv holati nisbatan sezilarli ifodalanadi. Nagruzkaning ana shunday shakldagi dinamikasi nisbatan ahamiyatli bo’lgan darajadagi yuklamalarni o’zlashtirish imkonini osonlashtiradi.
Yuklamani asta-sekin oshirishning to’lqinsimon dinami-kasi shunday xarakterlanadiki, avvaliga aytarli past, birmuncha sekin, lekin bir tekisda asta-sekin berib borilayotgan nagruzkada birdaniga keskin ko’tarish qilinadi va asta-sekin pasaytirilib eng oldingi, dastlabki boshlangan nagruzkaga qaytiladi. CHunki, funktsional moslashuv orqada qolishi mumkin. Moslashuv belgilari kuzatilgach, nagruzka yanada katta “to’lqin” bilan oshiriladi. Bunda asta-sekinlikni buzilmas-ligi muhimdir. SHunday qilib nagruzka hajmi va intensiv-ligini eng katta to’lqinga olib chiqib yuklama miqdorini oshirish mumkin.
Umuman, uzoq muddat (bir necha yillar) davom etgan mashg’ulotlarda nagruzkaning dinamikasi haqiqatdan ham to’l-qinsimon yoki unga o’xshash shaklga (formaga) kiradi.
Boshqa so’z bilan aytganda, jismoniy tarbiya jarayonining nisbatan uzoq davom etmagan davrlarida, agar u qanchalar qisqa bo’lsa, nagruzkaning to’g’ri chiziq bo’ylab va pog’onasimon tarzda oshirishning umumiy darajasi hajmi va intensivligi shuncha yuqori bo’lishi mumkin.
Bu sodir bo’ladigan qator tabiiy fiziologik jarayonlar sabablari bilan belgilanadi va ular mohiyat jihatidan yetakchi rolp o’ynaydi: birinchidan, organizm fizioloik jarayonlari-ning tabiiy ritmini ifoda etuvchi xizmat holatining davriy tebranishi va hayotning umumiy rejimi, faoliyati; ikkinchidan, moslashuv jarayonlarining qonuniyati; uchinchidan, nagruzka hajmi va intensivligini oshirishdagi qarama-qarshiliklardir.
Keyingi ikki holatga aniqlik kiritamiz. Organizm shakli (formasi) va vazifasi (funktsiyasi)ning stabilligi o’ziga xos kuchga ega bo’lib, turli organ va sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o’zida bo’lmay, qayta qurishga moslashish dinamikasi, nagruzka dinamikasidan “orqada” qolgandek bo’ladi: avvaliga nagruzkalar oshiriladi, so’ngra yangi oshirilgan talablar orqali kelib chiqarilgan moslashuv jarayoni yo’lga qo’yiladi. Agar mashg’ulotdan mashg’ulotga yoki belgilangan mashg’ulotlarning bir seriyasidan boshqa seriyasiga nagruzka ortiraverilsa nagruzkaning umumiy hajmini yuqoriligiga ko’ra, ertami-kechmi baribir organizmning imko-niyati va unga qo’yilayotgan talablar orasida uzulish sodir bo’ladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun nagruzkani umumiy hajmi-ning to’lqinsimon «ko’tarish” va “pasaytirish”larni qo’llab organizmda nisbatan kechroq moslashayotganga organizmdagi o’xshash holatni vujudga keltirishimiz lozim.
Yuklamaning hajmi va intensivligi, boshqachasiga, jismoniy ishning miqdoriy yig’indisi va uning zo’riqish bilan bajarilishi darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga maolum chegaraga, qirraga egaligi bilan ifodalanadi.
Mashqning yoki mashg’ulotning Hajmning keyinchalik oshirilishi uni intensivligi, stabillashuv, so’ngra uning pasayishi bilan bog’liq yoki uning aksi bo’lishi mumkin: zarur bo’lgan darajada intensivlikni oshirishning qaysidir etapi davomida stabillashtirish va nagruzka hajmini oshirmaslikka to’g’ri keladi.
Biroq, jismoniy tarbiya jarayonida hajm hamda inten-sivlikni umumiy tendentsiyasini oshirib borish bir oz ushlanishiga to’g’ri keladi, bo’lmasa, jismoniy sifatlarning doimiy va har tomonlama rivojlanishini taominlab bo’lmaydi. Bu qarama-qarshilik nagruzka dinamikasi yordami bilan hal qilinadi. Har bir to’lqin vaqti bilan bir-biriga tushmaydigan hajm dinamikasi va intensivlik dinamikasiga ajralgandek bo’ladi. Agar boshlanishida vaqtning katta bo’laklari xususida gapirilganda (hafta yoki oy nazarda tutiladi) nagruzkalarning hajmi nisbatan ko’paytirilishi sodir bo’ladi; bunda inten-sivlikning tempi unchalik oshirilmaydi. So’ngra maolum darajadagi stabillashuvdan so’ng hajm qisqartirilib, inten-sivlik shu etap uchun eng yuqori darajada ko’tariladi. “To’lqinlarning hajm va intensivligini pasayishi” – yengillash-gan yakunlovchi daqiqa hisoblanadi. So’ngi to’lqinlar xuddi shu tuzilishda bo’ladi. Lekin nagruzka o’sishining umumiy tenden-tsiyasi yuqori darajada o’tadi.
Bu tendentsiya ko’p yillik mashg’ulotlar davomida saqla-nadi, maolum vaqt o’tishi bilan u umumiy tendentsiya bo’la olmay qoladi (funktsional, adaptatsiya imkoniyatlari kuchli pasayishi-ning kuchayishining hisobiga) va yillik mashg’ulotlarning ayrim etaplari ramkasida qo’llaniladi. SHunday qilib shu kungacha nagruzkaning umumiy dinamikasining ko’p yillik aspekti “to’lqinsimon” tarzda qo’llanilishi amaliyotda ko’proq kuzatil-moqda.
Nagruzalarning to’lqinsimon oshirilishi - haftalik, oylik, yillik fon asosida bo’lib, unga ham to’g’ri chiziqli, ham pog’onasimon shakldagi nagruzkalarning fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalar-ning hal qilinishi sharoiti bilan bog’liq. Nagruzkani to’g’ri chiziq bo’ylab oshirishda, umumiy darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan nagruzkalar va ayniqsa, asta-sekinlik bilan imkoniyatlarni ishga tortishda qo’llaniladi. Pog’onama-pog’ona dinamika yuqoridagi-ning aksi, bajarilgan ishlar bazasida shug’ullanganlikning oshishini stimullashtirish vazifasi hal qilinadi.
Uslubiy printsiplarning o’zaro aloqasi. Jismoniy tarbiya printsiplari xususida aytib o’tilgan fikrlarni diqqat bilan tahlil qilsak, ularning mazmuni bir-biri bilan o’tgay tutashgan, biri-biriga singib ketgan va xatto o’zaro moslashib ketganligini ko’rishimiz mumkin. Bunga ajablanmasa ham bo’ladi, chunki ularning barchasi bir jarayonni ayrim ajratilgan tomonlari va qonuniyatlarini ifodalaydi, mohiyatiga ko’ra ular alohida, lekin shartli ravishda alohida aspektdagi printsiplardek ifodalanadi.
Onglilik va faollilik printsipi jismoniy tarbiyaning boshqa barcha printsiplarining amalga oshirilishining umumiy shartlari tarzida qabul qilinishi mumkin. CHunki, shug’ulla-nuvchilarning ishga ongli va aktiv munosabati o’quv materi-alini kuchiga yarashaliligiga, egallangan bilim, malaka va ko’nikmaning puxtaligi, avvalgilarining keyingilariga bog’la-nishi va hokazolar bilan xarakterlanadi. Boshqa tomondan, shug’ullanuvchilarning aktiv faoliyati orqali belgilangan maqsadga yetaklashi, ko’rgazmalilik, kuchiga yarashalilik, individuallashtirish, sistemalilik, talablarni asta-sekinlik bilan oshirish printsiplaridan kelib chiqsa, haqiqatdan ham ongli deb qabul qilinadi.
Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish printsipla-rini hisobga olmasak, mashg’ulotlarning ketma-ketligi va nagruzkaning oshirishning ratsional yo’llarini tanlay olmay-miz. O’z navbatida, kuchiga yarashalilik chegarasini belgilash sistemalilik va talablarni oshirish printsipi asosida amalga oshiriladi bundan kelib chiqadiki, ko’rsatilgan printsiplar-ning hech biri boshqalarini inkor qilish bilan to’laligicha amaliyotga tadbiq qilinmaydi. Ularning o’zaro birliqligi asosida har birining taosir doirasi tarbiya jarayonga kutilgan samarani berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |