Mashg’ulotlarning muntazamligi va jismoniy yuk(lama)-ning dam olish bilan ratsional almashinuvi.
Mashq qilishning muntazam emasligi taolim jarayonida yetarli darajada samara bermaydi. Tabiiy rivojlanish qonu-niyatlaridan amaliyotda biz shunga guvohmizki, mashg’ulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy mashqlar taosiridan organizmning funktsional imkoniyati, jismoniy qobiliyati yaxshilanadi.
Muntazam mashg’ulotlardan hosil bo’lgan reflekslar uzluksizlikni talab qiladi. Uzluksizlikning buzilishi malakani asta-sekinlik bilan so’nishiga olib keladi. Mustah-kamlanib avtomatlashgan yoki “oliy harakat maqomi”da bajarila boshlagan harakat taolim jarayonida faoliyatning muntazam takrorlash shartini, kerak bo’lsa, talabini qo’yadi. CHunki organizmning funktsional holati yaxshilanib muntazam mashq qilish va mashg’ulotlar natijasida maolum natijani ko’rsata boshlagan bo’lsa muntazamlilikni bir oz buzilishi, hosilani asta-sekin yo’qqa chiqishiga olib kelishi mumkin.
Obrazli qilib xulosa kilganda, muntazam tizimli mashg’ulotlar qoldirgan yarimsharlar puo’tlog’idagi “iz”dan ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ladi, yangi o’zlashtirilmaganini o’rganish osonlashadi. J. Lamark fikricha, «tizimli va munta-zam ravishda mashq qildirilgan organ asta-sekinlik bilan rivojlanadi, o’sadi, mashq qildirilmagani o’z qobiliyatini susaytiradi va xususiyatini yo’qotib boradi».
Nisbatan katta bo’lmagan tanaffus aktiv muskul hujayralari vaznining kamayishiga, tuzilishining ayrim komponentlari lozim bo’lmagan o’zgarishlariga, hatto morfologiyasining regress-siyasiga olib keladi. Ayrim regressiv o’zgarishlar hatto 5-7 kunlik tanaffuslarda ham sodir bo’lishi mumkin (N.V. Zimkin, D.L. Ferdman, O.I. Faynshmidt va boshqalar).
Jismoniy kamolotga erishish jismoniy tarbiya jarayoni-ning uzluksiz olib borilishi tanaffuslarsiz, oqlanmagan yo’qotishlarsiz, har bir mashg’ulotdagi samara oldingi mashg’u-lotning “iz”i hisobiga qatlam-qatlam bo’lib qalinlashsa, avvalgi mashg’ulotlar keltirib chiqargan ijobiy o’zgarishar takomillashtirilsa va rivojlantirilsagina sodir bo’ladi.
Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiya amaliyotida haftada 2, 3, 4, hatto 5 martabali mashg’ulot (ertalabki zaryadka va boshqa qo’shimchalarni hisobga olmagan holda)lar orqali yo’lg qo’yiladi. Qolaversa, “shug’ullanganlik” qancha yuqori bo’lsa, mashg’ulotlar orasidagi intervallar shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni shunchalar zichlashadi. Bu o’z navbatida organizmning funktsional imkoniyatini ijobiy tomonga o’zgar-tiradi. Akademik mashg’ulotlar va sport trenirovkasi mashg’ulotlarning kontsentratsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, uzluksizlikning ifodalanishi shunchalar xarakterli bo’lishi mumkin.
Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o’zgartirib qo’llash printsipi). Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan takroriylik – qayta bajarish muhim ahamiyatga ega. I.P. Pavlov va A.N. Krestovnikov ko’rsatganidek, harakat mala-kasining fiziologik asosi hisoblangan dinamik steriotipni ko’p marotabalab takrorlashsiz shakllantirish va tartibga solish mumkin emas.
Takrorlash, eng avvalo organizmdagi morfofunktsional o’zgarishlarni tartibga solishi va qayta moslanishlarni uzoq muddat davomida taominlashi uchun zarur bo’lib, uning bazasida jismoniy sifatlarning rivojlanishi ro’y beradi, erishilgan-lari mustahkamlanadi, keyingi progress uchun sharoit yarati-ladi. Takrorlashlarsiz jismoniy tarbiyani amalga oshirib bo’lmaydi.
Faqatgina har bir mashg’ulotning uzi takrorlanmay, mashg’ulot-lardagi ketma-ketlilik ham, qaysidir hollarda, aynan, shu mashg’ulotlarni o’zini haftada, oy, davomida va mashg’ulotlar vaqtining maolum davrlari ichida (haftalik, oylik va h.k. tsikllar) takrorlanishi lozim. Takroriylikning darajasi qo’llanilayotgan mashqlarning qanday maqsadga qaratilganiga, jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi umumiy yo’nalishiga, shug’ulla-nuvchilar kontingenti va ularning xususyatlariga jismoniy yukning xarakteriga taosir qiluvchi boshqa faktorlariga xam bog’liq. SHuning uchun takroriylik daqiqasi ayrim holda ko’proq va ayrim hollarda oz bo’lib uning aniq natijasi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarning muntazamli-ligida ifodalanadi.
Jismoniy tarbiya jarayoni uchun takroriylik qatorida variativlik ham o’z ahamiyatiga ko’ra maolum o’ringa ega. Mashqlarni bajarish sharoiti uning ko’rinishini, nagruzka dinamikasini o’zgartirib, usuliyatlarni turlichasini qo’llash bilan mashg’ulotlarning shakli va mazmunini bir xil mashg’u-lotni yoki uning mashqlarini shaklini birvarakayiga o’zgar-tirish variatsiyalash deb qabul qilingan.
Bu o’rinda quyidagi oboektiv qarama-qarshiliklarga diqqat eotiborini qaratish lozim. Ko’p marotabalab qaytarish jarayonida harakatlarning dinamik steriotipi va organizmni unga qo’llanilayotgan nagruzkaga javob reaktsiyasi yanada stabil-lashuvi va standartlashuvi sodir bo’ladi. SHuning uchun mashqni harakat holatining shakli va mazmunini aytarli o’zgartirmay takrorlash va uni davomiyligi chegaralanmasa, ertami-kechmi, baribir, harakat malakasining yo’nalishidan chetlanishi sodir bo’lishi va jismoniy sifatlarning rivojlanishining to’xtashi ro’y berishi mumkin. Bu qarama-qarshilik takroriylik va variativlikni qo’shib qo’llash orqaligina hal etiladi.
Standart mashqlar bilan shug’ullanishda variativlik nagruzkalarni takrorlash fonida uning hajmi va inttensiv-ligini mashg’ulotlarning tuzilishi va mazmunini saqlagan holda o’zgartirib qo’llash bilan yangilash orqali tarbiya jarayonini yuqori pog’onaga ko’tarishga erishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |