195
kerakligini, nimani istashini, bajarish vositalarini juda yaxshi bilishadi. Ular oldilariga maqsad
qo’ydimi uni bajarishadi, shu maqsad bilan yashaydi, shu maqsad bilan uxlaydi va shu maqsad bilan
uyg’onadilar. Shu maqsad hayotining mazmuniga aylanadi.
Biz maqsadga erishish yo’lida qarorga keldik, endi biz undan harakatga kelishimiz, shu
qarorga jon berishimiz kerak bo’ladi, ya’ni bu qarorni ijro etish deb ataladi. Aynan bu qismi
irodaviy jarayonda eng asosiy bo’limlaridan hisoblanadi.
Irodaviy harakatlarning ikki turi farqlanadi:
birinchisi, jismoniy harakatlar, ikkinchisi esa,
aqliy harakatlar hisoblanadi. Jismoniy harakatlar, bular: mehnat faoliyatining barcha ko’rinishlari,
o’yin, sport mashg’ulotlari hisoblanadi. Aqliy mehnatga kitoblar o’qish, ilimiy ishlar bilan
shug’illanish, laboratoriyada amaliyot o’tash va shular jumlasidan. Irodaviy harakatlar natijasida
ko’nikma va odat bo’lib ketgan harakatlar shakllanadi. Bu asosan, sport sohasida ko’zga tashlanadi,
ya’ni, mashg’ulot jarayonida ko’p marta takrorlangan, odat bo’lib ketgan va aniq anglanilgan
harakatlar malaka va ko’nikmani yuzaga keltiradi. I.M.Sechenov aytganidek, “harakatlar qanchalik
mustahkamlangan va anglangan bo’lsa, u odamning irodasiga shunchalik oson bo’ysunadi”.
Oldimizga qo’ygan maqsadni amalga oshirishda qat’iyatlilik juda muhim hisoblanadi. Qabul
qilingan qarorni belgilangan muddatda bajarish qat’iyatlilikning muhim sifatlaridan hisoblanadi.
Maqsadga erishish yo’lidagi vazifalarni
aniq vaqtida bajarib borsak, biz o’zimiz ko’zlagan
maqsadimizga erishamiz va irodamizni ham shakllantirib boramiz. Ko’pchilik holatlarda qaror
qabul qilinadi, lekin uning bajarilish jarayoni cho’zilib ketadi, turli xil bahonalar bilan keyinga
suriladi. Biz qarorni ham qabul qildik, xo’p. Endi uni amalga oshirishimiz kerak. Qarorni qabul
qilgach, u to’g’ri amalga oshirilavermaydi. Biz unga irodaviy zo’r berishimiz kerak bo’ladi. Bu
qanaqa bo’ladi? Biz maqsad qo’ydikmi, unda qiyinchilik-u to’siqlar bo’lishi tabiiy hol. Irodaviy
zo’r berish ayniqsa, shu bosqichda juda muhim ahamiyat kasb etadi. To’siqlar ikki xil bo’ladi: ichki
to’siqlar va tashqi to’siqlar. Ichki to’siqlar ko’pincha
insonning ongi bilan, uning psixikasi bilan
bog’liq bo’ladi. Irodaviy zo’r berish yo’li bilan biz passiv holatni faol holatga o’zgartirishimiz kerak
bo’ladi. Masalan, biz yalqovlik qilib, harakat qilmasdan, televizor tomosha qilib o’tiribmiz, biz bu
holatda irodaviy zo’r berib, o’zimizni o’zimiz yengib, kitob o’qiymiz, ma’ruzaga tayyorgarlik
ko’ramiz yoki uy ishlari bilan shug’ullanamiz. Bu ichki iroda hisoblanadi, ya’ni, insonning o’zini
o’zi yengishidir. Xo’sh, tashqi iroda nima? Bu- insonning to’siqlarni, tashqi qiyinchiliklarni yenga
olish qobiliyatidir. Ba’zi insonlar oldilariga maqsad qo’yadilaru, lekin unga erishish yo’lidagi turli
xil qiyinchiliklarga, muammolarga bardosh qilmaydilar, undan qochadilar, bunday insonlar
ma’suliyatsiz ya’ni irodasiz insonlar hisoblanadi, ustozim aytganidek, muammolardan qochilmaydi,
ular hal qilinadi. Agar to’siqlar vujudga kelsa, biz maqsadga erishish yo’lidagi qaysidir qurollarni
yoki voqelikni o’zgartiramiz! Xulosa o’rnida shuni aytishni istardim-ki, muammolarni imkoniyatga
aylantiring! Maqsadimizga yetish yo’lidagi bu kabi muammolar va qiyinchiliklar
aslida bizning
turgan joyimizdan o’sishimiz uchun berilgan sinov ekanligini va bu sinovlar orqali biz nimanidir
anglab yetishimizni, bu qiyinchiliklar orqali qaysidir xatolarimizni ko’ra olishimizni, umuman
olganda, yuksalish uchun berilgan imkoniyatimiz ekanligini anglagan holda, irodaviy zo’r bersak va
to’xtamasak, harakat qilsak, biz asosiy bosqichdan o’tib, katta yo’l yurib qo’ygan bo’lamiz va
marralarni oson zabt etamiz.
Biz qilingan qarorimizning natijasiga baho beramiz. Qanchalik to’g’ri yo’l tutdik, qilingan
qarorimizdan, natijamizdan afsuslanmaymizmi? Ba’zi hollarda biz irodaviy
harakatlarni bajarish
jarayonida ham baho beramiz. Bu holatdagi bergan salbiy baholarimiz bizni bosib o’tgan
yo’limizdan afsuslantirishi, umidsizlik uyg’otishi mumkin. Bu esa ko’pincha yo’limizni davom
ettirishga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazadi. Aksincha, o’z ishimizga bo’lgan ijobiy baho esa bizga
motivatsiya berib, ishimizni yanada sevib, mehr qo’yib bajarishimizga yanada yuksak natijalarni
ko’rsatishimizga o’z hissasini qo’shadi.
Arastu irodaning jon haqidagi fanning, ya’ni psixologiyaning muhim tushunchasi ekanligini,
iroda inson xulq-atvorini o’zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan omil ekanligini aytib
o’tadi. Biz o’zimizda irodaviy sifatlarni shakllantirib borganimiz sari, xulq-atvorimizni ijobiy
tarafga yo’naltira olamiz, biz o’zimizni boshqarishni o’rganamiz, va hayot yo’lida to’g’ri qarorlar
qabul qilamiz. Bizlar faqat kelajakni o’ylashimiz
kerak emas, aniqrog’i kelajakni o’ylab bugunni
196
unutib qo’yishimiz kerak emas. O’tmishda bo’lib o’tgan ko’ngilsizliklar uchun vaqtimizni ajratib,
o’tgan kunlar uchun matom tutmasligimiz, aksincha bu yaxshilikka ekanligini tushunib yetishimiz
muhim. Sababi, bundan yomoni ham bo’lishi mumkin edi-ku. Shunisi aniq-ki, maqsad qancha aniq
bo’lsa, unga yetishish yo’lidagi intilish ham shuncha muayyan bo’ladi. Biz o’z orzularimizni
maqsadga aylantira olsak, uning kelajagini ko’ra olsak, biz undan kuch ola boshlaymiz unga
bo’lgan intilishimiz yanada ortadi. Agar orzularimizni maqsadga aylantira olmasak, ular orzuligicha
qolib ketaveradi. Maqsad- bu sizni ertalab budilnikdan oldin uyg’ota oladigan narsa, sizni uyg’ota
olmadimi demak, bu maqsad emas. Maqsad- bu seni nima uchun yashayotganingni anglatguvchi,
orzularing ro’yobiga yetaklovchidir. Paulo Koeloning mashhur “Alkimyogar” asarida shunday
deyilgan edi: “Olamning Qalbi odamlarning baxtidan quvvat oladi. Baxti,
shuningdek, qayg’usi,
hasadi, qizg’anishidan ham. Odamning bitta, yagona majburiyati bor. O’z yo’lining oxirigacha
borish. Unda hamma narsa bor. Yodingda tut, sen nimanidir istasang, butun borliq sening istagingni
amalga oshirish uchun ko’maklashadi”.
Muhammad Al-Xorazmiy shunday degan edi: “To’xtaganning o’tirgisi keladi, o’tirganning
yotgisi keladi, yotgan odamning uyqusi keladi”, faollik, mas’uliyat har bir insonning shaxsiyatida
bo’lishi shart, zero maqsad sari qat’iy intizom irodaning chiniqishiga va maqsadga erishganlik
hissini kuchliroq tuyishga imkon berishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: