I.A.Karimov hikmatli so’zlari
АВТОР: ADMIN · 04/04/2017
O’zligini anglab yetgan, qalbiga quloq solgan har bir inson o’ziga, men bu foniy dunyoda nima ish qildim, yana qanday ishlar qilishga vaqtim va qurbim yetadi, degan savolni berishi kerak.
~Islom Karimov~
Ayting, dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma’naviyat va ruhoniyat homiysi bo’lgan?!
~Islom Karimov~
Ko’p asrlik Islom tarixida yuksak ma’naviyat darajasi masjidlar soni bilan emas, balki qavmning iymoni va e’tiqodi butligi, mustahkamligi bilan o’lchangan.
~Islom Karimov~
Dunyoda bu qadar boy merosga ega boshqa xalq ham bormi? Qonimizda ana shunday buyuklar qoni oqar ekan, biz farovon va go’zal turmush yaratish uchun beqiyos imkonimiz bor, desak bo’ladi.
~Islom Karimov~
Yaxshi yashashni istar ekanmiz, biz tezroq eskilik sarqitlaridan, illatlaridan qutulishimiz lozim.
~Islom Karimov~
Bu zaminda mustamlakachilikka qarshi kurash, milliy ozodlik va yurt mustaqilligini ta’minlash yo’lida jon fido qilgan jasoratli kishilar dunyoga kelgan.
~Islom Karimov~
Hali suyagi qotmagan farzandlarimizni o’z holiga tashlab qo’ysak, tarbiyasi, ilmi va ma’naviyati bilan shug’ullanmasak, kelajakda ularning komil insonlar bo’lib etishmog’iga kim kafolat bera oladi? Biz jamiyatimiz, davlatimiz kelajagini kimlarning qo’liga topshiramiz?
~Islom Karimov~
Nega men ma’rifat so’zini ko’p takrorlab, unga alohida urg’u beryapman? Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch — ma’rifatdir.
~Islom Karimov~
Butun dunyoga mashhur rus yozuvchisi Dostoevskiyning «Dunyoni go’zallik qutqaradi» degan mashhur iborasini biroz o’zgartirib, «Kirib kelayotgan XXI asrda dunyoni madaniyat va ma’naviyat qutqaradi» deb aytgan bo’lardim.
~Islom Karimov~
Eng dahshatli narsa — bu fikr qaramligi, tafakkur qulligidir. Agar oddiy qilib aytadigan bo’lsak, xalqimizning «Yog’ochning bo’shini qurt yeydi», degan bir maqolini eslaylik. Xuddi shu kabi ma’naviyati qashshoq, o’zining mustaqil dunyoqarashiga, fikriga ega bo’lmagan odamga har qanday makkor o’z ta’sirini o’tkaza oladi.
~Islom Karimov~
Hech qachon bo’sh kelmang, aziz bolalarim, ertangi kun — kelajak sizniki!
~Islom Karimov~
Agar biz ahil bo’lsak, el-yurt manfati yo’lida bir tanu bir jon bo’lib yashasak, o’zimizdan sotqin chiqmasa, o’zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi.
~Islom Karimov~
Biz hech qachon hech kimdan kam bo’lmaganmiz va inshoolloh kam bo’lmaymiz.
~Islom Karimov~
O’zbekistonda yashayotgan har qaysi insonning eson-omonligi bizning eng katta yutug’imiz va boyligimizdir.
~Islom Karimov~
O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unitgan millatning kelajagi yo’q!
~Islom Karimov~
Yurt uchun, el uchun, bizning ertangi buyuk kelajakimiz uchun hech qachon, hech qayerda bo’sh kelmang.
~Islom Karimov~
Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.
~Islom Karimov~
Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi.
~Islom Karimov~
Biz tanlagan yo’l — demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li.
Do'stlaringiz bilan baham: |