Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Ikkinchidan,
boshlangʻich sinf oʻquvchilari orasida va ularga katta yoshdagilar tomonidan 
bulling alomatlari kuzatildi. Ma’lumot o‘rnida keltirsak, YUNESKOning 2017-yilgi ma’lumotlariga 
qaraganda, har yili 246 million oʻgʻil-qiz maktablarda psixologik va jismoniy zoʻravonliklarga duch 
kelishadi. 2016-yilda YUNISEF tomonidan dunyoning 18 mamlakatida 100 ming yosh orasida 
soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrovnomada qatnashganlarning 60 foizi maktabda jismoniy va ruhiy 
zoʻravonlik qurboniga aylanganliklarini bildirishgan. 
Xorijiy mamlakatlarda ushbu muammoning xavfi koʻp yillar oldin tushunib yetilgan va bu 
borada bir qator ishlar amalga oshirilgan. Masalan, Janubiy Koreyada maktabdagi zoʻravonlik va 
bezorilikka qarshi qonunlar qabul qilingan va Ixva universiteti huzurida maktab zoʻravonligi 
profilaktikasi boʻyicha butun boshli institut tashkil etilgan. Norvegiyada bolalar ombudsmani bolalarga 
qilinadigan bezorilikka qarshi koʻrsatmalarni doimiy nashr etadi. Italiyada bu borada ishonch 
telefonlari plakatlari maktab yoʻlaklarida osilgan. Kanadada oʻqituvchilar va maktab xodimlari sodir 
boʻladigan zoʻravonlik va bezorilik uchun javobgardirlar. Peruda har bir maktabda zoʻravonlik va 
bezorilikka qarshi psixolog ishlashi shartligi belgilangan. 
Oʻzbekistonda bu borada milliy statistika mavjud emas. Mamlakatning biron bir qonun 
hujjatlarida “bezorilik”, “maktabdagi zoʻravonlik” va “bulling” soʻzlari qayd etilmagan. Garchi, “Bola 
huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunning 10-moddasiga muvofiq, har bir bola oʻz sha’ni va 
qadr-qimmatiga tajovuz qilishdan himoyalanish huquqiga ega. Bizni oʻylantirgan savol - uni qanday 
himoya qilish kerak? 
Uchinchidan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 
“O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-son Qarori bilan umumta’lim maktablarida uyali aloqa 
telefonlaridan foydalanishga cheklovlar qoʻyilgan boʻlsada, boshlangʻich sinflarda ham bu yakuniy 
yechim topmaganligi kuzatildi.
Xalqaro tajribani kuzatsak, 2017-yildan Buyuk Britaniyada, 2018-yildan Fransiya maktablarida 
telefondan foydalanish oʻqituvchilarga ham, oʻquvchilarga ham taqiqlangan. 2019-yildan bu davlatlar 
qatoriga Ispaniya ham qoʻshilgan. 2021-yildan Xitoyda ham oʻquvchilarning telefondan foydalanishi 
cheklandi. Hozir Xitoyda 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning 74 foizida telefon bor va ularning barchasi 
internetga ulangan hamda bu yoshdagi bolalarning yaqinni koʻrish qobiliyati susayishi statistikasi ham 
oshgan. Smartfonlarga boʻlgan qaramlik oʻsishi «nomofobiya» soʻzi paydo boʻlishiga olib kelib, 
angliyalik olimlarning keng koʻlamli soʻroviga koʻra, uyali telefon egalarining 66 foizi «nomofobiya» 
dan aziyat chekayotgani aniqlangan.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish