Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
 
QIYOSIY TAHLIL: ZAMONAVIY MAKTABDA BOSHLANGʻICH TA’LIM 
MUAMMOLARI 
Abdullayeva M.M. 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 
1-kurs talabasi 
Har qanday yurtning kelajagi yorugʻligini uning maktablariga qarab bilish mumkin. Zero, bu 
maskanda mamlakatning istiqbolini hal qiluvchi yangi avlod kamolga yetadi. Maktablarimizda 
oʻquvchilarning har tomonlama chuqur bilim olishi uchun sharoit yetarlimi? Bilim berish darajasi 
qanday? Bu savollar davrimizning eng dolzarb masalasi. Yurtimizda maktablarning shart-sharoiti, 
moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida qator davlat dasturlari amalga oshirilyapti: bosqichma-
bosqich yangi maktablar qurildi, mavjudlari rekonstruksiya qilindi, ta’mirlandi. 2019-yilning 26-
noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi. Bu keng jamoatchilikda endi yurtimizda yangi davr maktablari 
paydo boʻladi, degan umid uygʻotdi. 
Oʻquv rejamiz ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yilning yanvar oyida kursdoshlarimiz bilan 
umumta’lim maktablarida malakaviy (tanishuv) amaliyotini oʻtkazdik. Haqiqatda umumiy oʻrta taʼlim 
tizimida ilgʻor xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli taʼlim olish 
imkoniyatlarini yaratish, xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va 
byudjetdan mablagʻ bilan taʼminlashning samaradorligini oshirish, yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun 
qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha izchil islohotlar 
amalga oshirilayotgani guvohi boʻldik. 
Biroq mazkur maqolamizda oʻtgan amaliyotimizda boshlangʻich sinflarda guvohi boʻlgan ba’zi 
muammolarimiz va bu boradagi xalqaro tajriba bilan qiyoslama fikrlarimizni yoritishga, 
qarashlarimizni asoslashga harakat qildik. 
Birinchidan,
zamonaviy qiyofa kasb etayotgan maktablarimizning boshlangʻich sinflarida 
oʻtilayotgan darslar sifatini talab darajasida deb boʻlmaydi. Bundan qariyb 600 yil ilgari Yan Amos 
Komenskiy tomonidan asoslab berilgan koʻrgazmalilik tamoyilidan yetarlicha foydalanilmagan. 
Darslarni 10 kun davomida kuzatish natijasida undagi bir xillik, metodik sayozlikni sezdik. Bu borada 
ustoz-murabbiylarimizning mas’uliyatini oshirish lozim deb hisoblaymiz.
“Ta’lim tizimi sifati oʻqituvchilar sifatidan osha olmaydi”, - deya qat’iy fikr bildiradi PISA 
xalqaro sinovlari asoschisi, nemis mutaxassisi Andreas Shlyayxer. Oʻquvchilar bilan olib boriladigan 
tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishish uchun oʻqituvchi bolalarni hamkorlik jarayoniga jalb 
etishi va bunda quyidagi vazifalarni bajarishi shart: 
- hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim boʻlgan faoliyat oʻquvchilar 
uchun qiziqarli boʻlishi, oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga toʻgʻri kelishi; 
- oʻquvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, oʻqituvchi ularga pedagogik va psixologik jihatdan 
toʻgʻri vazifa qoʻyishi, yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi; 
- oʻquvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ham 
ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajarishi; 


51 
- ijodiy faoliyat olib borishda faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli oʻqitish va tarbiyalash, ilgʻor 
oʻqituvchilar ish tajribalarini oʻrganish bilan cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik koʻnikma va 
malakalariga ham ega boʻlishi; 
- fan va texnika taraqqiyotining eng soʻnggi yutuqlaridan foydalanishi, oʻz kasbiy faoliyatida 
yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qoʻllay olishi taqozo etiladi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish