52
Ba’zi bir xususiyatlar borki, ularsiz maktabda oʻqib boʻlmaydi: kattalarni tinglay olish, munosib
muomala qilish, tengdoshlari bilan kelishish, oʻz-oʻziga xizmat qilish.
Bu borada yagona andoza yoʻq. Vunderkind boʻlib, maktabga olti yoshdan borganlar bor, ammo
ular ham sinfdoshlariga yetolmay qiynalishi mumkin.
Deyarli har bir maktabda shunday masalalarni hal qiluvchi ijtimoiy-psixologik xizmat,
psixologik-pedagogik komissiya bor. Ular xulosa beradi. Agar bolaning yoshi olti yarimdan kichik
boʻlsa, psixologlar bilan albatta maslahatlashish kerak.
Miya bosimlarga yetarlicha tayyor boʻlishi kerak. Boshlangʻich
maktabda bola uchun eng
muhim boʻlgan rejalashtirish va nazorat qilish qobiliyatiga miyaning old qismi javob beradi, u esa
kechroq yetiladi. Ota-onalar “Bolam uzoq vaqt multfilm koʻrib, rasm chizib yo boʻyab oʻtira oladi-ku”
deyishi mumkin. Lekin maktab faqat oʻyin-kulgidan iborat emas-ku.
Maktabga moslasha olmaslik bola sogʻligʻiga ta’sir etadi, jismoniy va ruhiy zoʻriqishi hamda
asabiylik holatlarini keltirib chiqaradi. Bola birdaniga oʻyin faoliyatidan oʻqish faoliyatiga oʻtishi
kerak.
Maktabdagi qiyinchiliklar sabablari quyidagilarni tashkil etadi:
1-guruh xavf omillari:
– asab tizimi tez toliqishi;
– jadal jismoniy va ruhiy-emotsional zoʻriqishni koʻtara olmaslik;
– nevrologik holat hamda funksional rivojlanish buzilishlarida (tafakkur, idrok, xotira, motorika,
nutq) – yozuv, oʻqish, matematikani oʻqitishda va guruh bilan ishlay olmaslikda umumiy qiyinchiliklar
kuzatiladi.
2-guruh:
– maktab moslashuvida psixologik va funksional qiyinchiliklar;
– salomatlik va xulqning birdan yomonlashuvi;
– tez charchash, past va beqaror ishchanlik;
– sinfdagi intensiv ishni koʻtara olmaslik;
– yozuvni oʻrgatishda oshkora kompleks qiyinchiliklarning boʻlishi.
3-guruh:
– tafakkur jarayonlarining shakllanmagani;
– bilim va ma'lumotlar koʻlamining yetarli emasligi;
– nutq buzilishi;
– motor funksiyalari shakllanmagani;
– qoʻruv idroki va eshitish koordinatsiyalarining yetishmasligi.
Ehtimoliy qiyinchiliklar:
– oʻqitishning boshlangʻich bosqichlarida kompleks qiyinchiliklarning mavjudligi (agar boshqa
xavf faktorlari boʻlmasa);
– moslashuvda oʻqitishdagi qiyinchiliklarning mavjudligi;
– yozuv, oʻquv, matematikani oʻqitishda kompleks qiyinchiliklar sodir boʻlishi.
– oʻquv yili mobaynida ortib boruvchi faoliyat buzilishi.
4-guruh:
Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar:
–
psixologik va funksional moslashuvdagi qiyinchiliklar;
– past ishchanlik va tez toliqish;
– diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, faoliyatning juda sekin tempi;
– qisqa muddatli samarali faoliyat;
– oʻqishning birinchi yili yakuniga kelib kuchayuvchi maktabdagi muammolar majmuasi boʻlishi
mumkin.
Turli davlatlarda maktabga borish yoshlari turlicha bo‘lib, muayyan hudud olimlari kuzatishlari
natijasida asoslangan. Misol uchun, Shimoliy Irlandiyada bolalar 4 yoshdan, Angliya, Malta,
Niderlandiya,
Shotlandiya, Uelsda 5 yoshdan, Avstriya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya,
Vengriya, Italiya,
Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Turkmaniston, Rossiya, Amerika, Xitoy,
Yaponiya, Janubiy Koreyada 6 yoshdan, Bolgariya, Daniya, Finlyandiya, Latviya, Polsha, Shvetsiya,
Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va O‘zbekistonda 7 yoshdan deb belgilangan.
53
Yaponiyada XIX asrda sodir boʻlgan Meydzi inqilobidan soʻng uch yoʻnalishli islohotlar yoʻlga
qoʻyilgan. Mana shu yoʻnalishlardan biri ta’limning milliy gʻurur darajasiga koʻtarilishi edi. Natijani
esa butun dunyo koʻrib turibdi. Ta’lim eng muhim, eng asosiy darajadagi jarayonga aylanishi kerak,
chunki yurtning koʻp yillik istiqboli bugungi ta’limga bogʻliq.
Qolaversa, bu nafaqat davlatning va oʻqituvchilarning, balki ota-onalarning ham eng muhim
vazifasi hisoblanadi. Afsuski, bugungi kunda hamma ota-ona ham buni anglab yetayotgani yoʻq.
Maktabdagi amaliyot davrida bir marta otalar majlisi uyushtirildi. Amaliyot sinfimizda 32
nafar
oʻquvchi oʻqirdi. Boshlang‘ich sinfligini inobatga olib hech boʻlmasa, 20 tacha ota-onaning kelishidan
umidvor edik. Lekin majlisga atigi 12 nafar o‘quvchining ota-onasi qatnashdi. Qolganlari esa
farzandlari uchun ishlab yurganini roʻkach qilishdi. Iqtisodiy ta’minlanganlik farzandlarining aqliga
aql, farosatiga farosat qoʻshib bera olmaydi. Ba’zan vositalarni mahkam tutib, asoslarni unutib
qoʻyamiz. Axir bolalarning faqat kiyim-kechagi-yu
oziq-ovqati uchun emas, balki ilm olib, jamiyat
uchun foydali shaxs boʻlishi uchun ham mas’ulmiz.
Zero, buyuk olim Imom G‘azzoliy aytganidek “Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir.
Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa,
qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va shu asosda
kamolot va saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallimu ustozlari ham sherik
bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok
bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga tushadi”.
Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun ota-
onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan jarima solishga sabab boʻlishi qatʼiy belgilab
qoʻyilgan.
Dunyo tajribasida ham 24 ta mamlakatda ota-onalik majburiyatini bajarmaslik bilan bog‘liq
qat’iy jazo choralari mavjud.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamoqchimizki, yuqorida asoslashga harakat
qilgan oltita asosiy
jihatlar har bir bo‘lg‘usi pedagogni, ularga ta’lim berayotgan professor-o‘qituvchini, inson sifatida esa
butun jamiyatni o‘ylantirishi lozim.
Zamonaviy maktablarning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘ladigan talaba uchun kelajak
o‘qituvchisining ideal qiyofasi bugun shakllanmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchini tarbiyalashda asosiy
e’tibor psixologik-pedagogik fanlarga qaratilishi lozim, ehtimol bo‘lajak o‘qituvchida uning ijodiy
asoslarini, intiluvchanlik va ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan bunday fanlarni joriy etish
zarurdir.
Mamlakatimizda ilm-fanni
yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak
ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash borasidagi muhim amaliy ishlarni davom ettirishimiz
zarur va asosiy maqsadimiz ham yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat hisoblanadi.
Yoshlar ertaning egalaridir,
biz bugun qanchalik ilmiy, ma’naviy, ruhiy jihatdan kamol topsak,
kelajagimiz shunchalik yorqin bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, Yangi O‘zbekiston maktab
ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: