Фойдаланилган адабиётлар:
1.Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 18, 46-моддалар.
2.Дунёнинг айрим давлатларида аёллар учун ҳарбий хизмат мажбурийдир. Ўзбекистон
Республикасида аёллар учун ҳарбий хизмат мажбурий эмас.
www.wikipediya.ru
3.Адизова Т.М. Психологическая методика изучения личности учащихся в процессе
общения. Методическое пособие.Т.ТГПУ-2000г.
4.Р.М.Махмудов: «Ҳарбий психология ва педагогика» дарслик. Ўзбекистон
Республикаси Миллий гвардиями Ҳарбий-техник институти; Тошкент-2019-йил, 149-бет.
FARG’ONA VODIYSI HUNARMANDCHILIGIDA
RISHTON KULOLCHILIGINING O’RNI
Pozilova X.
O’zRFA Milliy arxeologiyamarkazi kichik ilmiy xodimi
Rishton - Buyuk ipak yo'lida tashkil topgan, Farg'ona vodiysining eng qadimiy shaxarlaridan
biri. Qadim zamonlardan Markaziy Osiyodagi eng yirik ajoyib sirlangan sopol buyumlar va
kulolchilik markazi edi. Rishton kulolchilik sanoati o'zbek xalq amaliy sanatining ajralmas bir qismi
bolib, o'zining avloddan- avlodga o'tib kelayotgan qadimiy uslub milliy an'analarini saqlabgina
qolmasdan unga zamonaviylik baģsh etgani bilan ham unga qiziqish katta hisoblanadi. Bundan
tashqari o'zbek turizmini rivojlantirishda, jumladan, Farg'ona vodiysiga xorijlik sayyohlarni jalb
etishda Rishton kulolchilik san'atining o'ziga xosligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Farg'ona
kulolchiligida Rishton xunarmandlarining o'rni juda katta. Rishton juda boy tarixga va o'ziga xos
an'analarga ega. Manbalarga ko'ra Rishtonda kulolchilik qadimdan paydo bo'lgan va taraqqiy etgan.
Rishtonlik kulollar mahalliy xom ashyodan sopol idishlar yasaganlar va ularni moviy xamda
zangori ranglar bilan bezaganlar. Rishton O'zbekistondagi sirlangan sopol buyumlari ishlanadigan
eng mashhur va qadimiy markazlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshlarida axolisining deyarli
xammasi kulollardan iborat edi. Farg'ona vodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton
kulolchilik tasiri ostida bo'lgan. Ushbu tumanda xar qanday turdagi buyumlar yasash uchun yaroqli
bo'lgan, aloxida navli kulolchilik gilining mavjudligi bunga asos bo'la oladi. Ushbu kulolchilik
sanoatining o'ziga xosligi, uning yetakchi vakillari, ishlash texnalogiyasi to'liq o'rganish maqsad
qilib olinadi. Rishton kulolchilik sanati va uning paydo bo'lishi tarixi, asrlardan - asrlarga o'tib
kelayotgan an'anaviy ustoz- shogird manbai, mashhur usta kulollarning tajribalari va ularni bugungi
kundagi ahamiyati , zamonaviy maktab yaratgan mashxur usta- kulollar va kulolchilik san'atini
Rishtonda rivojlanishiga ijobiy va salbiy tasir etgan tarixiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlar bo'lib, ilk
paydo bo'lgan vaqtdan to hozirga qadar bo'lgan jarayonni o'zida aks ettirgan davlat xujjarlari,
167
Р.М.Махмудов: «Ҳарбий психология ва педагогика» дарслик. Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардиями
Ҳарбий-техник институти; Тошкент-2019-йил, 149-бет.
582
gazeta, jurnal materiallari tadqiqot predmeti bo'lib xizmat qiladi. Rishtonlik kulollar tomonidan
tayyorlangan mahsulotlar o'zining dizyni, tabiiy rangi va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan
ajralib turadi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi shaxarlarga qòyilgan Rishton kulolchilik
buyumlari va miniyaturalari chet ellik sayyohlar qiziqishini tortayotgani bu san'at namunalariga
bo'lgan talabni kundan- kun oshirmoqda. Rishtondagi qaysi bir kulolning ustahonasida bo'lmang,
barchasi qo'li-qo'liga tegmay ishlayotganini ko'rasz. Hozirgi kunda badiiy bezatish usuli, shakli va
tayyorlanish usullariga ko'ra quyidagi kulolchilik mavjud. Farg'ona (asosiy markazlari- Rishton
G'urumsaroy) Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent. Har bir maktab o'zining rivojlanish va ijodiy
tamoyillari, yetakchi markaz va ustalari, o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lish bilan birga asosiy
badiiy umumiylikni ham saqlagan. Farg'ona (Rishton)da kulolchilikning an'anaviy badiiy va ishlab
chiqarish usullari qayta tiklandi, ishkorli sir tayyorlash yo'lga qo'yildi. M.Ismoilov, I.Komilov, U.
Asherov, U.Qosimov, Sh.Yusupov, A.Vazirov, M.Saidov va boshqa ustalar yaratgan buyumlar (
lagan, kosalar, don mahsulotlari uchun katta xumlar ) shakl jihatidan ham rang -barangdir.
G'urumsaroy kulolchilik buyumlariga bezakning mahobatli oydinligi va soddalik xosdir, bu maktab
vakili usta M.Turopov sir tayyorlashdan tortib to naqsh chizishgacha bo'lgan barcha ishlarni faqat
an'anaviy usulda bajargan, bu an'anani uning shogirdi V. Buvayev va boshqalar davom ettirmoqda,
yangi ijodiy yangiliklar yaratishda izlanmoqda. Rishton sopol buyumlari, miniatyuralari jahon
xalqlari orasida katta shuxrat qozongan. Hech bir xududning kulolchilik namunalariga
o'xshamaydigan bu san'at asarlari xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda namoyish qilininshi, jahon
ommasi e'tirofiga sazovar bo'lishi Rishton kulollarining benazir istedodidan dalolat beradi.
O'zbekiston kulolchilik san'atini dunyoga tanitgan ana shundey moxir ustalardan biri O'zbekiston
xalq rassomi, kulol Ibroximjon Komilovdir. Ibroxim Komilov qadimgi Rishton kulollik maktabi,
an'analarini qayta tiklashga katta xissa qo'shdi va uning yangi, chidamli, nafis namunalarini yaratdi.
U yaratgan buyumlar xavorang kaloriti va o'ziga xos uslublashtirilgan naqshlari va xayvonlarning
ramziy shakllari, go'zalligi va nafisligi bilan ajralib turadi. Bu buyumlar Rishton kulolchilik
maktabining mumtoz namunalari bo'lib qoldi. Ibroxim Komilovning betakror naqshlar bitilgan
koshinlari Qo'qon va boshqa shaxarlarning bir qancha tarixiy obidalarini bezab, zamonaviy binolari
xusniga xusn qo'shib turibdi. Bunday koshinlar Toshkentning 2000 yilligiga atab qurilgan "
Farg'ona " choyconasining chiroyini ochishda, sixatgohlar, istiroxat bog'lari va ishlab chiqarish
binolari qurilishida ishlatiladi. Moxir kulolning an'anaviy uslubda tayyorlagan asqrlaridan
namunalar Respublika va xorijdagi muzeylarda, shaxsiy to'plamlarda saqlanadi. O'sha yasagan
buyumlar Yappniyadagi eng yirik kulollik to'plamlatidan keng o'rin olgan.
Kulolchilik ko'ra loydan mo'jizakor go'zallik yaratgan Sharqning eng qadimiy va navqiron
san'atidir. Bu qora loy saxovat va xalollik extiyojini o'z zimmasiga olgan farovonlik, to'kinlik, rizq-
ro'z , go'zallikni eng oliy ko'rinishi sanatining zaminidir. Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalqlar
shug'ullanadi. Ular o'ziga xos tomonlari bilan bir biridan farq qiladi. O'zbek kulolchiligi uzoq
tarixga ajoyib an'analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o'ziga xos uslubga ega sopol buyumlar
sodda bo'lsada, uning ko'rinishi qismlarning aniqligi, mutanosibligi, saqlanishi, naqshlarning badiiy
shakl va mazmunning birligi, uyg'unligi o'zbek kulollarini jahonga tanitb kelmoqda.
Davlatimiz rahbarlarining 2017- yil 17 noyabrdagi farmonidan keyin hunarmandchilikni
rivojlantirish va hunarmandlar uchun keng imkoniyatlar yaratila boshlandi. Mazkur farmonga
muvofiq, o'tgan yillarda Qo'qon va Marg'ilon shaxarlarida hunarmandchilik markazlari qurilgan. Bu
yerda 20 ta 2 qavatli kulollar xonadoni, Rishton tarixi muzeyi, bank xizmatlari markazlari bunyod
etilgan. Prezident taniqli kulollar Muzaffar Saidov va Sharafiddin Yusupov xonadoniga ham kirib
ular bilan suhbatlashdi. Kulolchilik sir asrorlarini mashxur kulollar yoshlarga sitqidildan o'rgatdilar.
Xozirgi kunda kulolchilik faniga yanada e'tibor kuchaymoqda. Poytaxtimizning barcha KTM larida
to'garaklar ishlab turibdi. O'zbekiston badiiy akademiyasiga qarashli Respublika kollejida K.Behzod
nomli rassomlik va dizayn institutida, Nizomiy nomli TDPU BGF ning amaliy san'at kafedrasida bu
fan yaxshi yo'lga qo'yilgan.
583
Do'stlaringiz bilan baham: |