Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet435/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Keywords -
Oncology, Hematology, Disease, Patient, Evaluation, Attitude, Experience, 
Purpose, Confidence, Rehabilitation, Pathology, Pathogenesis.


594 
Barchaga ma’lumki, katta yoshdagi onkologik va gematologik kasallikka chalingan 
bemorlarda o‘zigа bo‘lgаn bаhоsi, unga аtrоfdаgilаrning hurmat bilаn munоsаbаt qilish tаjribаsi 
аsоsidа tiklаnаdi. Bemor аtrоfdаgilаr tоmоnidаn hurmatli 
munоsаbаt ko‘rsа, shu qаtоri o‘zigа hаm аyab hurmat bilаn munоsаbаtdа bo‘lishgа qоdir. 
Bemorga «O‘zinggа ishоn, sеni hammа yaxshi ko‘rаdi, sеngа g‘аmxo‘rlik qilаyotgаnlаrgа ishоnch 
bildir», degan gaplarni aytib atrofdagilarga nisbatan bemorni ishonchini orttirish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Nаfаqаt mаvjud simptоmlаrni kuzаtish, bаlki mijоzning shikоyatlаri vа hаrаkаtlаri 
zаminidа nimа yashiringаnini ham tushunish kerak. Kuzаtuv o‘tkаzish vа o‘z-o‘ziga pаrvаrish 
qilish qоbiliyatini baholаshni bаjаrilаdi.
Yosh qаytgаch o‘zigа xоs psixоgigiyenik muаmmоlаr vujudgа kеlаdi. Kеksаlik hаyotning 
nihоyasi bo‘lishi kеrаk emаs, bаlki u hayotning оchilgаn gulidir, – dеgаn edi Аndrе Rеnоn. 
Shundаy ekаn, qаrilik chоg‘idаgi psixоgigiyenik tаdbirlаr sistеmаsi gulni so‘litmаslikkа, bаrglаri, 
yaprоqlаrining tushmаsligigа qaratilmоg‘i kеrаk. Qarilik chоg‘idа ko‘rish qоbiliyati susаyadi, qulоq 
оg‘irlаshib qоlаdi, аstа-sеkin оyoqlаrdаn mаdоr kеtаdi, hаrаkаtlаrni bаjаrish qiyinlаshib bоrаdi. Bu 
esа ruhiyatning pаsаyishigа оlib kеlаdi. 
Qаriyalаrning ko‘ngligа tеz оzоr yеtаdi, ulаr nоzik bo‘lib qolаdilаr, sаlbiy kеchinmаlаrdаn 
ko‘p tаshvishgа tushаdilаr, ulаrni xаvоtirlik, qo‘rquv egаllаydi. Yolg‘izlik ulаrni оg‘ir xаyollаrgа 
cho‘mdirаdi. Bа’zidа yoshlаr оilаdаn uzоqlаshib, o‘zlаri yangi оilа qurаdilаr. Nаtijаdа kеksаlаr 
yolg‘iz qоlаdilаr. Yolg‘izlik ulаrni qiynаydi. Bundаy vаqtdа qo‘shnilаr, o‘g‘il-qizlаri, nеvаrа-
chеvаrаlаri qаriyadаn xаbаrdоr bo‘lib turishlаri lоzim. Mаhаllа fаоllаri yolg‘iz qоlgаn qаriyalаrgа 
mоs kеlаdigаn ishlаr tоpib bеrishlаri kеrаk. Ulаrning dоimо nimа bilаndir mаshg‘ul bo‘lishlаri 
ruhiy sоg‘lоmlikkа оlib kеlаdi. Kеzi kеlgаndа, qariyalаrning tibbiy pаrvаrishi haqida hаm to‘xtаlib 
o‘tmоqchimiz. Аbu Аli ibn Sinо qаriyalаrgа bаdаnni yog‘ bilаn uqаlаsh, yеngil harаkаtlаr qilish, 
piyodа vа оtdа yurish, ko‘kаtli tаоmlаr yеyish, sut-qatiqni ko‘prоq ichish, аsаbiylаshmаslik, 
yеtаrlichа uxlаsh vа ichni surib turish kеrаkligi haqida uqtirgаn edi. Dаrhaqiqat, kеksа оdаmning 
оvqati оz-оzdаn, sifаtli, dаrmоndоrilаrgа bоy vа mаzаli bo‘lishi dаrkоr. Shоvlа, shirguruch, аtаlа, 
hоlvаytаr, shirchоy, limоnli chоy kаbi ichimliklаr me’dа-ichаk yo‘llаridа tеz hаzm bo‘ladi. 
Sаbzаvоt (sаbzi, shоlg‘оm, kаrаm) vа ko‘kаtlаr qo‘shib tаyyorlаngаn suyuq tаоmlаr qаriyalаrgа 
fоydаli, shifоbаxsh tа’sir qilаdi vа huzur bаg‘ishlаydi. 
Bugungi kunda onkologik kasalliklar o‘lim va nogironlikning uchrashi bo‘yicha dunyoda 
birinchi, ba’zi davlatlarda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatuvchi barcha 
yo‘nalish mutaxassislari o‘z amaliyotida xavfli o'smalar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Chunki 
onkologik kasalliklar inson organizmining deyarli barcha a’zolarida uchraydi.
Onkologik kasalliklarga qarshi kurashda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki biologlar, 
genetiklar, ximiklar, fiziklar va shu kabi ilmfanning bir qancha yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan 
mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Olimiarning intilishlari onkologik kasalliklarni erta aniqlash va 
davolash sohasida katta yutuqlarga erishish imkonini berdi. Masalan, nevrologiya sohasini misol 
qilib oladigan bo'lsak, kompyuter tomografiya yoki magnitli-rezonans tomografiya bosh miya 
o'smalarini juda erta aniqlash va samarali davolash imkonini berayapti. XX asrning 80- yillarigacha 
esa miya o‘smasi tashxisini aniqlash o‘ta mushkul va juda ko‘p urinishlarni talab qilardi.
«Bosh miya o‘smasi» tashxisi faraz qilingan bemorda chuqur klinik tekshiruvlardan tashqari, 
bir qancha paraklinik tekshiruvlar, ya’ni rentgenoskopiya, exoensefaloskopiya, elektroensefalo-
grafiya, reoensefalografiya, lyumbal punksiya. pnevmoensefalografiya, serebral angiografiya 
tekshiruvlari o‘tkazilardi. Oxirgi 3 ta tekshiruv katta diagnostik ahamiyatga ega edi. Bu 
tekshiruvlarni o'tkazish uchun bemor shifoxonaga, ya’ni neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilardi.
Yuqoridagilardan tashqari, bemorni nevropatolog, otonevrolog, okulist, psixiatrlar ham 
ko‘rishi va o‘z xulosasini berishi zarur bo‘lardi. Ushbu mutaxassislar xulosalari asosida yoki 
ularning ishtirokida konsilium o‘tkazilardi va ana shundan so‘ng bosh miyada o‘sma bor yoki 
yo‘qligi haqida bir fikrga kelinardi. Demak, bemorni shifoxonaga yotqizmasdan va shuncha 
tekshiruvlarni o‘tkazmasdan turib miya o‘smasini aniqlab bo‘lmasdi va bir bemorga aniq tashxis 
qo'yish uchun deyarli 10 nafar shifokor kamida 10 kun mobaynida mehnat qilishiga to‘g‘ri kelardi. 


595 
Vaholanki, tekshiruv larga vo'qotilgan har bir kun erta davolashni boshlash uchun yo'qotilgan har 
bir kun bilan barobardir. 
Mana shu kunlar mobaynida vrachlarning xattiharakatidan aksariyat bemorlar o‘zida o'sma 
kasalligi izlanayotganini bilib olar, bu esa bemor va uning yaqinlari uchun katta xavotir tug‘dirar 
edi. Hozir-chi? Hozir bemorda bosh miya o‘smasi bor-yo‘qligini aniqlash uchun deyarli bir soat 
vaqtning o'zi yetarli, xolos, ya’ni KT yoki MRT tekshiruvlariga ketgan vaqt. Albatta, bir Bemorni 
bir necha mutaxassisning sinchiklab tekshirishi va o'zaro maslahatlashishlari vrachning klinik 
tafakkuri va mahoratini yanada oshiradi. Biroq u paytlari ham, hozir ham vrachning maqsadi 
yagona bo'lgan, bundan so'ng ham shunday bo'lib qoladi. Bu ham bo'lsa tashxisni erta aniqlash va 
davolashni erta boshlash.
Shu yerda aytib o'tish lozimki, «КТ va MRT kabi zamonaviy tekshirish usullari bebaho 
tekshiruvlardir, biroq ularning paydo bo'lishi vrachlarni dangasa qilib qo'ymoqda, ular o'z ustida 
ishlamay qo'yishmoqda», degan fikrlar mavjud. Bu holat tibbiyotga endi qadam qo'yib kelayotgan 
vrachlarda klinik tafakkurning shakllanishiga to'sqinlik qilmoqdami? Bu savolga ham «ha», ham 
«yo'q», deb javob berish mumkin.
Shu muammoni nevrologiya misolida tahlil qilib ko'raylik. Chunki nevrologiyada klinik 
tashxisni aniqlashda topografik diagnostikaning ahamiyati juda yuqori. Agar nevropatolog 
bemorning nevrologik statusini tekshirmasdan turib, uni KT yoki MRT tekshiruviga yuborsa, 
albatta, unda klinik tafakkur rivojlanishi orqada qolishi mumkin. Agar u bemorni obdan tekshirib, 
so'ng KT yoki MRT tekshiruviga yuborsa, albatta, uning klinik tafakkuri rivojlanib boradi. Chunki 
u tashxisni to'g'ri yoki noto'g'ri qo'yganini bilib oladi. Xatosining sabablarini izlaydi, qayerda 
qanday kamchilikka yo'l qo'yganini anglab yetadi. Bemorni yana tekshirib ko'radi va KT da 
topilgan o'choq bilan o'zi tekshirib topgan belgilarni solishtirib ko'radi. Demak, zamonaviy 
tekshirish usullari faqat vrachning mahoratini oshirishi mumkin, bu esa ko'p jihatdan vrachning 
ushbu tekshiruvlardan qanday tarzda foydalanishiga bog'liq.
Onkologik kasalliklarda katta yoshdagi bemorlar psixologiyasihaqida so'z yuritishni bosh 
miya o'smasi diagnostikasi bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar bilan boshlashimiz bejiz emas. Chunki 
organizmning boshqa a’zolarida joylashgan o'smalardan farqli o'laroq, bosh miya o'smalarining o'zi 
bir qator ruhiy buzilishlarga olib keladi. Bundan tashqari, miyasida o'sma aniqlangan va uni 
operatsiya qilib davolash mumkinligini bilgan bemor og'ir ruhiy vaziyatga tushadi. Chunki gap bosh 
miya haqida ketayapti! Demak, bu yerda vrachning vazifasi ushbu muolajalar bilan bog'liq bo'lgan 
psixologik taranglikni yumshatishdan iborat bo'lmog'i va bu masala bilan psixolog emas, aynan 
neyroxirurgning o'zi shug'ullanishi lozim.
Operatsiya murakkab bo‘lsa-da, undan so‘ng bemorga ahvoli ancha yaxshilanishi va uni 
qiynayotgan dardlardan xalos bo'lishini davolovchi neyroxirurgning o'zi tushuntirishi lozim. 
Neyroxirugiya markazi yoki bo'limiga taklif qilingan psixolog nafaqat bemorda o'sma sababli paydo 
bo'lgan ruhiy buzilishlarni aniqlashi va davolashi, balki neyroxirurglar bilan hamkorlikda bemorni 
operatsiyaga tayyorlashda va operatsiyadan keyingi davrdagi davolash jarayonlarida faol ishtirok 
etishi lozim. 
Ma’lumki, xavfli o'sma aniqlangan bemor iloji boricha unda bu kasallik borligidan bexabar 
bo'lishi lozim. Bunday vaziyatlarda vrach qanday yo'l tutishi kerak? Odatda, «Sizda haqiqatan ham 
o'sma aniqlandi, biroq u xavfsiz, ya’ni hayotingizga xavf solmaydi, uni davolash mumkin», 
deyiladi. Biroq bemorda o'smaning xavfli turi borligini vrach uning qarindoshlariga aytishi lozim. 
Gap shundaki, bemor ertami-kechmi, o'z kasali haqida qarindoshlaridan yoki shifokorlarning xatti-
harakati va muloqotlaridan bilib oladi. Bu yerda, ayniqsa, hamshiralar juda ehtiyot bo'lishlari lozim. 
Chunki bemorlar ba’zan aldov yo'llari bilan hamshiralardan haqiqatni bilib olishga intilishadi va 
buning uddasidan chiqishadi ham. Buning yuridik javobgarligi borligini har bir tibbiyot xodimi 
unutmasligi kerak.
Yuridik javobgarlik turli ko'rinishda bo'lishi mumkin: ishdan haydalishidan tortib, ozodlikdan 
mahrum bo'lishgacha. Chunki o'zida xavfli kasallik borligini bilgan bemor joniga qasd qilishi 
mumkin.


596 
Ba’zan bemor yaqinlariga xat yozib qoldiradi va u yerda sirni kimdan bilib olganini 
ko'rsatishi ham mumkin. Ba’zi hollarda bemor o'z kasalligini boshqa katta yoshdagi bemorlardan 
bilib oladi. Shuning uchun ham shifokorlar boshqa bir bemorning kasalini ikkinchi bir bemorga 
aytmasligi kerak. Sirni bilgan bemor davolanishga qattiq qarshilik ko'rsatishi, davolanishdan voz 
kechib shifoxonani tark etishi yoki davolash jarayonlarida katta qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. 
Odatda, sirdan voqif bo'lgan bemorda dastlab ruhiy karaxtlik ro'y beradi, bu xabarni u o'lim haqida 
chiqarilgan hukmdek qabul qiladi. Nima qilishini bilmay qoladi, xayolan har xil rejalar tuzadi, aniq 
bir qarorga kela olmaydi, doktorlar xato qilmadimikan, deb o'ylaydi, qayta tekshirishlarini iltimos 
qiladi. Boshqa mutaxassislar yoki boshqa tibbiy markazlar bilan maslahatlashib ko'rishni 
yaqinlaridan talab qiladi.
Biz gurkirab rivojlanib kelayotgan axborot texnologiyalari asrida yashamoqdamiz, internetdan 
foydalanuvchilar soni ham kundan-kunga oshib bormoqda. Deyarli barcha ta’lim muassasalari, 
shifoxonalar, korxonalar bilan bir qatorda, har bir xonadonga internet kirib kelmoqda. U yerdan 
juda ko‘p ma’lumotlami bemalol olish mumkin. Bemor ham bundan foydalanishi va o'ziga kerakli 
ma’lumotni topib olishi mumkin. Bu yerda talabalar ham ehtiyot bo'lishi lozim, bemor ulardan ham 
o'ziga kerakli ma’lumotlarni bilib olishi qiyin emas. 
Talabalar bemorlarni ko'rgani kirganda, palatalarda darslik va o'quv qo'llanm larini 
qoldirmasliklari, ulami so'ragan bemorga bermasliklari kerak. Qo'llanilayotgan diagnostika va 
davolash usullaridan ham bemor o'z kasalligi turini bilib olishi mumkin. Masalan, ko'pchilik nur 
bilan davolash usuli xavfli o'smalarda ko'p qo'llanilishi yoki og'riq qoidirish uchun narkotik 
analgetiklar buyurilishi va ozib ketish rak uchun xos ekanini biladi. Demak, onkologiyada sir 
saqlash o'ta murakkab masaladir, biroq buning uddasidan chiqishga intilish lozim va bemor sirni 
bilib qolgandan so'ng vrach qanday yo'l tutishni ham o'ylab qo'yishi kerak.
Odatda, sirdan voqif bo'lgan katta yoshdagi bemorlarda reaktiv nevroz yoki reaktiv psixoz 
rivojlanadi. Bu yerda, albatta, psixologning yordami kerak bo'ladi va undan unumli foydalanish 
kerak.
Umuman olganda, onkologiya, neyroxirurgiya, ftiziatriya, kardiolog; ya, xirurgiya va 
travmatologiya ilmiy markazlari va harbiy gospitallarda psixologlar uchun ish joylari ajratilgan 
bo'lishi kerak. Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda shunday. Chunki bu markazlarda kasallik 
turlari va bemorlar soni ko'p. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish