577
A.Sohibov “Ommaviy axborot vositalari-ma’naviy-ahloqiy tarbiya minbari” mavzusidagi
maqolasida O’zbekiston televideniyesi orqali ulug’ allomalar, mutaffakirlarning ijodiy faoliyati,
jahon sivilizasiyasiga qo’shgan buyuk hissalari, mashhur ma’rifat’arvarlarimizning odob-ahloqqa
oid qarashlari ularning asarlaridan parchalarni muntazam ravishda berib borilayotganligi,
shuningdek o’zbek adiblari hamda chet el taraqqiy’arvar yozuvchilarining asarlari asosida
tayyorlangan spektakllarni namoyish qilayotganligi xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy-ahloqiy
tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi [22,142-149].
Telekanallardagi zo’ravonlik sahifalarida zo’ravon hatti-harakatlar bir tomondan insonda
ularga tahlid qilishga undasa, ikkinchi tomondan ularning inson mayllarini qo’zg’alishiga turtki
beruvchi omil sifatida agressiv tasavvur va g’oyalarning vujudga keltiradi, bu o’z navbatida
tajavuzkor fe’l atvorga doyalik qiladi.
Har qanday g’olib mafkuralar sahnaga chiqqanida o’zining goyaviy ta’sirini mustahkamlash
va o’z mavqieni mustahkam tutib turish uchun emosional - axborotli vosita (bayram,dabdabali
marosim va h-k.)lardan foydalanganliklari bizga uzoq o`tmishdan ma’lum. Jumladan, bundan uch
ming yil avval yaratilgan «Avesto» muqaddas kitobining guvohlik berishicha, ajdodlarimiz badiiy
bezatilgan ommaviy mafkuraviy tadbirlarni, fuqorolik bag’ishlovlarning keng targ’ib qilishib,
mafkuraviy tarbiyaviy tajribalarini keyingi avlodlarga meros qilib qoldirganlar. ‘rof. T.Maxmudov
«Avesto» nomli kitobida «inson ruhini, dilini, tasavvurini ulug’lash va ko’tarish, insonning
ma’naviy tomonga ‘arvoz etishida madadkor bo’lish «Avesto» qo’shiqlarining romantik
tantanavorligida o’z ifodasini to’gan», deb yozadi [10,42].
Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodda o‘z uyiga, tug‘ilib o‘sgan yurtiga, eng yaqin
kishilariga bo‘lgan munosabatni shakllantirishga qaratilgan ko’plab ma’rifiy eshittirishlarni targ‘ib
qilmoqda. Ze
ro o‘smirlarning psixologik xususiyati dunyoqarashi hamma narsaga ijobiy ko‘z bilan
qarashga moyil bo‘ladi. Buni psixologiya fani ham tasdiqlaydi. Umuman olganda, dunyoqarashi
ma’lum manoda shakllangan odam odatda biror-bir axborotni qabul qilish jarayonida uning
to‘g‘riligiga nisbatan shubha bilan qarashi seziladi. Ana shunda insonong bir-biriga qarama-qarshi
fikr paydo bo‘ladi. Bu esa axborotga to‘g‘ri baho beraolmaslikka olib keladi. Malumki, inson
axboroti ikki xil tarzda, ya’ni ong va ong osti orqali qabul qiladi. Ongli tarzda axborot olgan kishi
to‘g‘rini yolg‘ondan ajrata oladi. O‘smirlarda esa bunday holat kuzatilmaydi. Ba’zi hollarda
radiokanallar orqali biror tovar yoki xizmatlar sohaga oid 1-2 soatlik eshittirish tayyorlashdan ko‘ra
bir-ikki daqiqalik reklama roligi shaklida berish ko‘proq samara bera boshlagani hech kimga
siremas. Ayniqsa, yoshlarga yo‘naltirilgan reklama mahsulotlari imkon doirasida qisqa, lekin yorqin
senariy va radioning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanilishi kerak.
O’smir tafakkuriga turli yo’nalishlarda ta'sir o’tkazuvchi, yaxlit hayotini va taqdirini u yoki bu
tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: