Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet420/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
 


570 
HUQUQ FANIDA “KONSTITUTSIYA-DAVLATNING ASOSIY QONUNI” MAVZUSI VA 
AMALIY MASHG‘ULOTLARNI TASHKILLASHDA ITERFAOL METODLARDAN 
FOYDALANISH 
 
Ochildiyev J.Q. 
Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani
12-sonli o’rta ta’lim maktabi Huquq fani o’qituvchisi 

Annotatsiya
: Ushbu maqolada huquq darslarida konstitutsiya bilan bog‘liq mavzularni 
tashkillashda interfaol usullardan foydalanish va metodlarning o‘ziga xos afzalliklari haqida fikr-
mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so’zlar
: Interfaol usullar, “Aqliy hujum”, “Tezkor savol-javob”, “Sinkveyn”, 
“Tushunchalar tahlili”.
Huquq — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umumiy majburiy ijtimoiy 
normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, 
kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi. Huquq darlarini 
o‘rganishda o‘quvchilar ongida fan haqida bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirishda intrfaol 
metodlarning o‘rni beqiyos. Zamonaviy darslar asosida tushuntirilgan dars mavzulari bugungi 
kunda shakllanib kelayotgan kelajak avlod tafakkurini, bilimini rivojlantirishga omil bo‘ladi. Huquq 
darslarini tashkil etishda “Fikrlarning tarmoqlanishi”, “BBB”, “FSMU”, “VENN diagrammasi”, 
“Charxpalak”, “Tushunchalar tahlili”, “Raqmlar so‘zlaganda”, “Baliq skleti”, “Yelpig‘ich”, 
“Bumerang”, “Zakovat”, “Ha yoki yo‘q”, “Zinama-zina”, “Sinkveyn”, “SWOT’ tahlili kabi 
innovatsion, noan‘anaviy ta‘lim metodlaridan foydalanish mumkin bo‘lib, darslarni pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etishda ularning ahamiyati katta. Bu kabi metodlarni har bir 
o‘qituvchi o‘zi dars beradigan o‘quvchilarning xarakteri, iqtidori va qiziqishlaridan kelib chiqib 
o‘ziga xos yo‘nalishda tashkil etishi, o‘zgartirishi, ijodiy rivojlantirishi yoki o‘xshash variantlaridan 
foydalanishlari mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bunday o‘yinlar mavzularni o‘quvchilatga oson va 
tushunarli berishning yo‘llaridan biri hisoblanib, o‘qituvchi yangi-yangi ta‘limiy o‘yinlarni 
darslarida qo‘llashi, hatto o‘zi ham shunday o‘yinlarni o‘ylab topishi mumkin. Zero, biz yangiliklar, 
axborotlar asrida yashayapmiz. Avvalo dars boshlashdan oldin o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 
ikki yoki uch guruhga ajratiladi. Guruhlar huquq fanidan kelib chiqib, “Qonun”, “Qalqon”, 
“Adolat” deb nomlanadi. “Kun yangiliklari”ni o‘tkazish orqali yurtimizda bo‘layotgan voqea va 
hodisalar haqida axborot tinglanadi. Huquq fanida o‘tiladigan mavzular asosida “Tezkor savol-
javob” o‘tkazish kerak. Guruhlar uchun beshtadan aniq va lo‘nda javobga ega savollar beriladi. 
Masalan: 1. Konstitutsiya so‘ziga ta‘rif bering? 2. Konstitutsiya tarixi haqida gapiring. 3. 
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? 4. Konstitutsiyamizda necha 
bo‘lim, bob va moddalar mavjud? 5. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haqida gapiring. (Izoh: 
savollar o‘quvchilar yoshi va bilim saviyasiga mos holda tanlansa, maqsadga muvofiqdir) 
O‘quvchilar bilan yakka tartibda uy vazifasini bajargan yoki bajarmaganligini bilish uchun “Aqliy 
hujum” metodidan foydalangan holda aniqlik kiritish mumkin. Yana “Aqliy hujum” metodidan 
ba‘zi sabablarga ko‘ra darsga kech kelgan o‘quvchilar bilimini tekshirish va ularni boshqa kech 
qolmasligini ta‘minlash uchun ham qo‘llashni tavsiya qilgan bo‘lar edim. “Aqliy hujum” metodi 
uchun savollar: Huquq fani nimalarni o‘rgatadi?, O‘z huquqlaringiz nimalardan iborat?, Huquq 
fanining maqsad va vazifalari qanday? O‘quvchilar bilan tez-tez savol-javob o‘tkazish bilim 
doirasini kengaytiradi. Savollarni bilmagan o‘quvchilarni jazolash (raqsga tushish, qo‘shiq va she‘r 
aytish yoki moddalarni yoddan aytish) orqali ham bilim olishga intilishlarga sabab boladi. “Besh 
satr “ (Sinkveyn) usuli. Bu usulda axborotlardan xulosalar chiqarish, murakkab his-tuyg‘ularni 
qisqacha bir-ikki og‘iz so‘z bilan ifodalashga yordam beradi. Sinkveyn besh satrli she‘r bo‘lib , 
axborot va ma‘lumotlarni qisqa ifodalar bilan berishni o‘rgatadi. Uni yozish qoidasi quyidagicha: 1-
satrda mavzu nomi bir so‘z (ot) bilan beriladi. 2-satrda mavzuni tasvirlash ikki so‘z(sifat) bilan 
beriladi. 3satrda mavzu harakatini tasvirlash uchta so‘z (fe‘l) bilan beriladi. 4-satrda to‘rtta so‘zdan 


571 
iborat qisqa jumla. 5-satrda yuqoridagilarning hammasini tasvirlaydigan bir so‘z (sinonim) bilan 
beriladi. 
Namuna:
1.Konstitutsiya
2. Erkin, faol 
3. Anglamoq, yodlamoq, bilmoq
4. O‘z konstitutsiyang qonunlarini angla, o‘rgan.
5. Konstitutsiyam – mening qomusim.
Bu usul ko‘nikma hosil qilishda, tushuncha va axborotlarni umumlashtirish hamda 
ixchamlashtirish uchun tez va kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Huquq faniga oid so‘zlarni 
o‘rganish va tahlil qilishda “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanish orqali keltirilgan so‘zlarga 
izoh va sharhlar yoziladi. Buning uchun o‘quvchilarga tushuncha va tahlil so‘zlari yozilgan ikki 
qismga bo‘lingan jadval ko‘rinishidagi chizma va tushuncha qatoriga yozilgan so‘zlar beriladi.
O‘quvchilar so‘zlarni mazmun mohiyatini tahlil qatoriga yozgan holda izohlaydi va misollar 
orqali isbotlashi ham mumkin. Tushuncha konstitutsiya, tahlil Konstitutsiya so‘zining lug‘aviy 
ma`nosi - Cohstitutio – lotincha so‘z bo‘lib, «o‘rnatish», «tuzish», «nizom», «belgilash» degan 
ma`nolarini bildiradi. «Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, 
qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, farzandlarimiz yo‘lini yoritib turuvchi 
mayoqdir» I.A.Karimov. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, umumta‘lim maktablarida huquq fanini 
o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishda, 
qolaversa mavzularni oson tushunishlariga, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish