564
yuqoriligi” ustuvor hisoblanadi. Negaki biror tilni oʻrganishimizdan ham asl maqsad yaxshiroq
maoshga ega boʻlish yoki yaxshi nufuzli oʻqishda oʻqish, yaxshi kasbda ishlash emasmi? Shuning
uchun ham ingliz, arab, nemis, rus, koreys, yapon, turk va xitoy tillariga boʻlgan talab oshmoqda.
Chunki bu tillarda erkin muloqot qila olish oʻrganuvchiga koʻplab imkoniyatlarni, yengilliklarni
beradi.
Bizda esa amaldagi oʻzbek tilini xorijiy til sifatida oʻrgatishga xizmat qiladigan
darsliklarimiz, tilning fonetik, leksik va grammatik qurilishini oʻrgatishga yoʻnaltirilgan. Til ona tili
va chet tili sifatida oʻqitish mazmuni va metodikasi bir-biridan farq qiladi. “Chet tili darslarida
oʻrganilgan fonetik, leksik va grammatik materiallarning oʻzi oʻquvchilarning nutq koʻnikmasini
hosil qilish uchun yetarli emas”.[1.15.] Shuning uchun birinchi oʻrinda oʻzbek tilini xorijiy til
sifatida oʻqitishda foydalaniladigan “Oʻzbek tili” darsliklari, qoʻllanmalari, oʻquv materiallarining
mukammal variantini yaratish lozim. Oʻzbekcha koʻp tilli lugʻatlar sonini oshirish, ayniqsa, hozirgi
zamon talabiga mos nutqiy koʻnikmalarni rivojlantiradigan audio va video darsliklarni ishlab
chiqish ustida ishlashimiz kerak, shuningdek, oʻqitish metodlarini mukammal egallagan,
kommunikativ yondashuv asosida dars mashgʻulotarini olib bora oladigan, malakali pedagog
xodimlarni tayyorlashimiz ham lozim. Negaki, bizning tilimizni, madaniyatimizni xorijliklarga
targʻib qiluvchi, uni oʻrgatuvchi oʻqituvchi Oʻzbekiston haqida barcha bilganlarini yetkaza olishi va
ularda bizning tilimizga hurmat tuygʻusini uygʻota olishi lozim. Til oʻrgatish jarayonida butun
oʻzbek madaniyatini, tarixini, etnografiyasini, urf-odatlarini oʻrgatishi, xalqimizning qadriyatlarini
butun dunyo boʻylab yoyishlari kerak. Buning uchun oʻzbek tilini xorijiy til sifatida oʻqitish
boʻyicha saralangan oʻqituvchilar guruhi tuzilib, bu guruhga alohida oʻzbek tili nutq madaniyatidan,
Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy ma’lumotlarini targʻib qilishlari uchun maxsus darslar oʻtilsa, bu
usul orqali biz koʻzlagan maqsadimizga erisha olamiz, mening nazarimda. Asosiysi, oʻzbek tilini
uzluksiz oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish shart, chunki, uzluksiz oʻrgatilgan tilga nisbatan xorijliklarda
tasavvur, qiziqish vujudga keladi, deb hisoblayman. Biz xorijliklarga oʻzbek tilida dunyoning
manzarasini ochib berishimiz kerak, u oldin oʻz tili orqali dunyoni koʻrgan boʻlsa, endi biz
dunyoning manzarasiga oʻzbek tili koʻzi bilan qarashni oʻrgatishimiz lozim. Har bir millat dunyoga
oʻz mentaliteti, dunyoqarashi bilan qaraydi. Til jamiyatga mana shunaqa ipsiz bogʻlangan, biz
oʻzbek tilini oʻrgatish orqali xorijiy davlatlardagi bizning tilimizga qiziquvchilarni ipsiz
bogʻlashimiz lozim. Aytishimiz lozimki, oʻzbek tilini xorijiy til sifatida oʻrgatadigan yangi
darsliklar ham yaratilmoqda. Masalan, chet elliklarga oʻzbek tilining boshlangʻich darajasini
oʻrgatuvchi yangi “Oʻzbekona” darsligi ishlab chiqildi. Darslik-qoʻllanma xorijiy tilni egallashning
umumyevropa standartlariga asosan A1 darajani egallash imkonini beruvchi oʻquv qoʻllanma
boʻlib, u toʻqqizta boʻlim, uchta nazorat bloki, audiolar va qoʻshimcha materiallar qismidan
iborat.[6.4.] Bu qoʻllanmaning e’tiborli tomoni shundaki, u xorijiy til sifatida oʻrganuvchilarning
tinglab tushunish, oʻqib tushunish, gapirish, yozish koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mening fikrimcha, ushbu darslikka oʻxshash qoʻllanmalar sonini koʻpaytirish kerak.
Tilimizni dunyo boʻylab targʻib qilishning yana bir muhim yoʻnalishi bu oʻzbek tilini xorijiy
til sifatida oʻrganuvchilarni ragʻbatlantirish orqali, turli imkoniyatlar berish orqali amalga
oshirishdir. Bu ishdan ham davlatimizning nufuzi oshadi, chet elliklar uchun ham ayni muddao
boʻladi. Masalan, Oʻzbekistondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda yoki
xorijliklarni katta maosh toʻlaydigan, nufuzli neft va gaz ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga, oltin
konlariga ishga olishda oʻzbek tilini bilish darajasi sertifikatiga ega boʻlganlarga ustunlik berish,
shu bilan birga, xorijiy davlatlardagi konsulxonalarda, madaniyat markazlarida oʻzbek tilini
oʻrganayotganlarga umumiy ragʻbatlantiruvchi mukofotni joriy etish maqsadga boʻladi. Masalan,
“Oʻzbek tili bilimdoni” kabi mukofotlarni tashkil etish lozim.
Xullas, oʻzbek tilini dunyo boʻylab yoysak, koʻplab xorijliklarni oʻzbek xalqiga boʻlgan
qiziqishini ortishiga sabab boʻladi, bu esa mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotiga
oʻzning ijobiy ta’sirini oʻtkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: