Sitseron
(Rim notig‘i va faylasufi): Bizga ota-onalar, bolalar,
yaqin xesh-aqrobalar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha
tasavvurlarimiz birgina «Vatan» degan so‘zda mujassamlashgan.
Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, qaysi vijdonli odam u uchun jonini
berishga ikkilanar ekan.
1
Gegel
(nemis faylasufi): Ma’rifatli xalqlarning jasorati Vatan
yo‘lida qurbon bo‘lishga hozir ekanliklarida aks etadi.
2
Bayron
(ingliz shoiri). Kimki o‘z yurtini sevmasa, u hech
nimani seva olmaydi.
3
Belinskiy
(rus tanqidchisi): Kimki o‘z Vataniga daxldor
bo‘lmasa, u insoniyatga ham daxldor emas.
4
Gyugo
(fransuz adibi): O‘z vataniga dog‘ tushirish - uni sotish
degan so‘z.
5
Vatan tuyg‘usi bo‘lgan kishidagina vatanparvarlik jo‘sh uradi.
Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «Vatanga muhabbat hissi
odamning qalbida tabiiy ravishda tug‘iladi. Ya’ni inson o‘zligini
anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat
tuyg‘usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo‘lsa,
tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi»
6
.
Do'stlaringiz bilan baham: |