Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Vatanni sevmoq iymondandir



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Vatanni sevmoq iymondandir.
Hadisdan 
 
 
11-mavzu.
 Vatanparvarlik, insonparvarlik va o‘z millatiga
sadoqat – shaxs ma’naviyati mezonlari 
 
11.1. Vatanparvarlik tushunchasi. Vatanni ulug‘lash har bir
shaxsning insoniy burchi 
 
Vatan aslida arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt ma’nosini anglatadi, 
shu ma’noda olib qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston - o‘zbek xalqining 
vatani, muqaddas sajdagohidir: 
«Dunyo bo‘ldi chamanim manim, 
O‘zbekiston vatanim manim». 
Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlarining kindik qoni 
to‘kilgan muqaddas dargoh. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq 
voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari 
chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. 
Vatan, deganda hamisha o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib 
ko‘rgan, ta’lim-tarbiya olib voyaga yetgan, ajdodlarimiz yashab 
o‘tgan, ularning aql-idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga 
keladi. 
Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol 
beradigan zamindir.
Vatan - ajdodlardan avlodlarga qoladigan eng buyuk, bebaho 
meros, eng aziz xotira. 
Kurrayi zamin - Yer sayyorasi butun jumlayi jahonda yashayot-
gan yetti milliarddan ziyod xalqlar uchun Vatan hisoblansa, har bir 
xalq uchun taqdiran va tarixan ato etilgan hudud ona Vatandir. Vatan 
bilan xalq yoki millat birga paydo bo‘ladi, birga yashaydi. Vatanimiz 
bor ekan - xalqimiz bor, xalqimiz borki, vatanimiz bor. 
Vatanni avaylab-asrash, uning boyligini e’zozlash har birimiz-
ning muqaddas burchimiz bo‘lgani kabi kurrayi zamin - Yer 
sayyoramizni ham avaylab asrashga, uning barcha boyligini: tabiati, 
o‘simlik va hayvonot dunyosi, musaffo osmonini-yu muqaddas zami-


241
nini kelgusi avlodlarga qoldirish unda yashayotgan har bir xalqning 
muqaddas burchidir. 
Vatan - bu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan - 
muqaddas qadriyat. Vatan ostonadan boshlanadi. U insonning kindik 
qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy yetimlikdan asrovchi manzil, 
ma’naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik 
va baxt-saodat o‘chog‘idir. 
Inson uchun vatan yagonadir. Vatan in’om etilmaydi, qarzga 
berilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va betakrordir. 
Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, «Vatan - sajdagoh kabi 
muqaddasdir». Vatanni eng oliy ne’mat singari boshimiz uzra baland 
ko‘tarib, har on va har soniyada uning tuprog‘ini ko‘zlarga surtib, 
unga ta’zim bajo aylashimiz farzandlik burchimizdir. Muqaddas 
hadisi shariflarda, «Vatanni sevmoq iymondandir», deyilgan. Ya’ni 
iymoni but, vijdoni pok har bir inson vatanni sevadi, uni g‘animlar 
ko‘zidan asraydi, uning yashnashi va yashashi, hurligi uchun 
kurashadi. 
Sho‘rolar davrida milliy manfaat, ona zaminga mehr-muhabbat 
«Vatan» tushunchasi mavhum bir umumiy holga kelib qolgandi. 
Hamma narsa «umumsovet» manfaatiga qaratilgandi. Har bir millat, 
xalq ming yillardan beri yashab kelayotgan o‘z vatani uchun 
qayg‘urishga haqli emasdi. Istibdod davridagi hukmron kommunistik 
mafkura bor kuchini kishilar ongidagi ona Vatan tushunchasini 
so‘ndirib, soxta, mavhum sovet vatani g‘oyasini singdirishga qaratdi.
Inson istagan joyda bir parcha nonga qornini to‘yg‘azishi 
mumkin. Ammo Vatanning o‘rnini hech narsa bosolmaydi. Vatanda 
yashash haqiqiy baxtdir. 
Mustaqillik tufayli biz Vatanimizga ega bo‘ldik. Bu mustaqil-
likning bizga bergan eng oliy ne’matidir. Vatani mustaqil xalqning 
o‘zi ham mustaqil bo‘ladi. Yurti ozod va erkin odamning erki o‘z 
qo‘lida bo‘ladi. 
Tarix o‘zbek xalqining yosh avlodi zimmasiga g‘oyat buyuk 
vazifa yukladi. Bu Vatanimiz kuch-qudratini mustahkamlash, uning 
dovrug‘ini olam uzra yoyish, shuhratiga shuhrat qo‘shishdir. Bunda 
esa Vatan, Prezidentimiz aytganidek, fidoyi vatanparvarlarga 
tayanadi. Har birimiz o‘zimizning yaratuvchilik, bunyodkorlik faoli-
yatimiz, halol mehnatimiz bilan o‘zimizdan keyingi avlodlarga ozod 


242
va obod vatanni qoldirishimiz kelgusi avlodlar, nasl-nasablarimiz 
oldidagi burchimizdir. 
Milliy mustaqillik - xalqimizda, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh 
barkamol avlodimizda vatanparvarlik tuyg‘ularining shakllanishida 
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘tmish mutafakkirlari bu haqda alohida qayd etganlar va 
o‘zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba’zilarini 
eslab o‘tamiz. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish