Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Insonparvarlik – inson va jamiyat ma’naviy



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
11.2. Insonparvarlik – inson va jamiyat ma’naviy
qiyofasining mezoni 
 
Vatanparvarlik tushunchasi insonparvarlik tushunchasi bilan 
uyg‘undir. Vatanparvarlik uchun intilish, kurashning zaminida inson-
parvarlik yotadi. 
Insonparvarlik bu o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas 
fazilatidir. U purma’no va sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik 
o‘zbek xalqining ajralmas xislati tarzida ko‘zga tashlanadi. Qur’oni 
Karim insonparvarlik g‘oyalari asosiga qurilgan. Muhammad 
alayhissalom (s.a.v.) hadislari shu g‘oyalarga boy hikmatlar majmuasi 
sanaladi. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-
qimmatida, mehr-shafqatida, diyonatda, o‘zaro ko‘maklashuvida, 
hamdardlikda, boshqalar qayg‘usiga sherik bo‘lib, quvonchidan va 


246
baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan faxrlanishda 
ko‘rinadi. 
O‘zbek xalqining turmush tarzi, mehnat faoliyati, o‘zaro 
munosabatlari, hamkorlik, hamdardlik, vafodorlik, bir-biriga 
suyanishi, yaxshi qo‘shnichilik, bolajonlik, ota-onaning bolaga, 
bolaning ota-onaga hurmati, sadoqati kabi qadriyatlari insonparvarlik 
g‘oyalari bilan sug‘orilgan. O‘zbek xalqi bir umr mehr-shafqatli 
bo‘lgan, barchaga yordam qo‘lini cho‘zgan. O‘zbek xalqi o‘zining 
insonparvarligini fashizmga qarshi kurash yillarida yetim bolalarning 
boshini silab, o‘z tarbiyasiga olib yorqin namoyon etdi. 
O‘zbek xalqi doimo umuminsoniyat dardini kuylab kelgan. Al-
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, az-Zamahshariy, Pahlavon 
Mahmud, Alisher Navoiy, Ogahiy asarlaridagi g‘oyalar - 
insonparvarlik ruhi bilan ajralib turadi. Xususan, Navoiy ijodida 
insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, 
xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida g‘amxo‘rlikdan iborat. 
Insonga nisbatan beparvolik, uning 
taqdiri va baxtu saodati uchun 
g‘am chekmaslik sharafli insonga tamomila yotdir. Navoiyning 
barcha-barchani 
insonga 
g‘amxo‘r 
bo‘lishga 
chaqirgan, 
insonparvarlikni kuylagan quyidagi bayti asrlar osha hammamiz 
uchun ibrat yanglig‘ yangrab turibdi: 
Odami ersang, demagil odami,
Oningkim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami
1

Mustaqil O‘zbekistonimizning butun siyosati insonparvarlik 
g‘oyalari bilan sug‘orilganligi har birimiz uchun faxrdir. Respublika-
mizda inson huquqlari va demokratiyaga oid masalalar maxsus 
qonunlar bilan belgilab qo‘yilgan. 
Prezidentimiz va O‘zbekiston davlatining eng ulug‘vor va 
insonparvarlik g‘oyalaridan biri - ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. 
Inson tug‘ilgan ekan, u yashashi kerak. Yashash uchun tinchlik zarur. 
Demak, davlatimizning tinchlik siyosati insonparvarlik siyosati 
mazmuni bilan sug‘orilgan. 
O‘zbekiston davlatining ekologik siyosati ham chuqur insonpar-
varlik mazmuniga ega. Ekologiya zararlansa, salomatligi yomonla-
shadi. Inson nosog‘lom ekan, bu jamiyatdagi nosog‘lomlikni keltirib 
chiqaradi. Mamlakatimizda «Sog‘lom avlod uchun» Davlat dasturi-
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият

енгилмас
куч
». 
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 90-91 
бетлар



247
ning ilgari surilganligi insonparvarlikka qaratilgan katta tashabbusdir. 
Mustaqil O‘zbekiston o‘z xalqining salomatligiga milliy boylik 
sifatida qaraydi. 
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi-
ning Konstitutsiyasi o‘zining insonparvarlik g‘oyalari bilan ajralib 
turadi. Bu haqda Islom Karimov shunday yozadi: «Shu ko‘hna zamin 
odamlari ko‘nglida ustuvor bo‘lgan adolat, haqiqat, iymon, mardlik, 
tantilik, bag‘rikenglik kabi ulug‘ xislatlar bu muborak hujjatdan 
munosib o‘rin olgan». Bu tarixiy hujjatda insonparvarlik o‘z ifodasini 
to‘la topgan. Konstitutsiyamizning 39-moddasida «Har kim 
qariganda, 
mehnat 
layoqatini 
yo‘qotganda, 
shuningdek, 
boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan 
boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, 
nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari miqdori rasman 
belgilab quyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz 
bo‘lishi mumkin emas» deb yozib qo‘yilganligi fikrimiz isbotidir. 
Davlatimizning asosiy qonuni o‘zining insonparvarlik kafolati 
ustuvorligi tufayli xalq oldida katta obro‘-e’tiborga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan islohotlarning 
muhim tamoyillaridan biri ijtimoiy siyosatga qaratilgani bilan ajralib 
turadi. 
Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shunchaki 
islohot uchun emas, aynan inson uchun, uning farovon hayoti uchun 
xizmat qiladi. 
Mustaqil respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlari ruhiyatida 
vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni 
rivojlantirish huquqiy demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo 
etishning muhim kafolati sanaladi. Shuning uchun yoshlarda 
vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish tarbiyaviy 
ishimizning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmog‘i lozim. 
O‘zbekiston barcha sohalarda birinchi galda insoniylik va 
insonparvarlikning yuksak mezoni va talablari asosida siyosat olib 
bormoqda. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunlari, yurtimizdagi 
tub islohotlar, avvalo, insonni ulug‘lash, uning manfaatlarini himoya 
qilishga qaratilgani, xalqimiz ma’naviyatiga, milliy qadriyat va 
an’analarimiz rivojiga berilayotgan e’tibor, bu boradagi keng ko‘lamli 
ishlar insonparvarlikning amaldagi yorqin ifodasidir.


248

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish