Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Ma’naviy fazilatlarni anglatuvchi tushunchalar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
12.3. Ma’naviy fazilatlarni anglatuvchi tushunchalar 
 
Axloq
(arab. – xulqning ko‘pligi; lotincha 
moralis - 
xulq-atvor) 
- ma’naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviyat 
sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-
atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro munosabat, 
shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib 
turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig‘indisi. Axloq, bu 
avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik degani. Qadimgi 
ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar 
majmuyini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab 
chiqqanlar. 
Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka 
nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak. Shunday odamgina lafzida 
turadi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi, vatani, 
xalqi uchun jonini fido etishga ham o‘zini ayamaydi. Axloq talablari 
kishilarning fe’l-atvori va faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Bunda 
ba’zi xatti-harakat va xulq-atvorlar axloqiy, ba’zilari axloqsizlik deb 
baholanadi.
Axloq- ijtimoiy ongning eng qadimiy shakllaridan biri. Davr 
o‘zgara borgani sari har qanday hodisa kabi axloq ham o‘zgaradi, 
rivojlanib, takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan 
biriga aylanib boradi. Axloqni alohida falsafiy fan - «Etika» va 
«Axloqshunoslik» o‘rganadi. Uning axloq bilan aloqador «burch», 
«vijdon», «or-nomus» kabi qator kategoriyalari mavjud. Axloq hodisa 


262
sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakllaridan o‘z 
talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Axloq 
me’yorlari hamma uchun barobardir, lekin ular hech kimning 
buyrug‘i bilan joriy etilmagan burch, majburiyat tarzida namoyon 
bo‘ladi.
Ijtimoiy hayotning turli sohalarida axloqning o‘ziga xos me’yor 
va qoidalari (mehnat axloqi, xizmat ko‘rsatish axloqi, kasbiy, 
tadbirkorlik, diplomatiya etikasi, maishiy turmush, oila axloqi) mav-
jud va ular axloqning nisbatan mustaqil sohalarini tashkil etadi. Axloq 
ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida har bir kishining jamiyat va 
oiladagi yurish-turishi, tartib-qoidalarining yig‘indisi bo‘lib gavda-
lanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga bo‘lgan munosabatda 
axloq belgilari namoyon bo‘ladi. Inson xatti-harakati va xulqidagi 
yo‘nalishlar, eng muhim belgilar mujassamlashib, shaxs faoliyatida, 
uning kamol topishida axloqning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xalqimiz 
axloqiy tafakkur bobida boy merosga ega. Axloqqa oid fikrlar 
«Avesto»da, qadimiy turkiy tosh bitiklar va boshqa yozma 
manbalarda o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari, xalqimiz orasida 
keng tarqalgan pandnoma va odobnomalarda, xalq pedagogikasida, 
diniy-falsafiy risolalar hamda allomalar merosida axloq masalalariga 
keng o‘rin berilgan. 
Jumladan, buyuk muhaddis imom Buxoriy axloqning yaxshi 
bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - 
mana shu to‘rt xislatni Alloh taolo senga bergan bo‘lsin, deb yozadi. 
Alloma Voiz Koshifiy esa «Insonning qadr-qimmati, uning mol-mulki 
yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki ma’naviy qiyofasi, 
axloqiy sifatlari bilan o‘lchanadi
1
, deb ta’kidlaydi.
Ulug‘ ma’rifatparvar Abdulla Avloniy axloqni bunday 
ta’riflaydi: «Insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan 
qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon 
xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni 
axloq deyilur. Axloq ilmini o‘qib, bilib amal qilgan kishilar o‘zining 
kim ekanini, javobi haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish 
qilmoq uchun yurganin bilur. Bir kishi o‘zidan xabardor bo‘lmasa, 
ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning 
qadrini bilmas, o‘z aybini bilub, iqror qilub, tuzatmakg‘a sa’y va 
qo‘shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur»
2
.
1
Манавият
асосий
тушунчалар
изоҳли
луғати
Т
., «
Ғ
a
фур
Ғулом
» 2009. 49 
бет
2
Ўша
жой



263
Abu Nasr Farobiy «axloq» tushunchasini keng ma’noda talqin 
qilib, dini, e’tiqodi, irqi, tilidan qat’iy nazar, barcha insonlarni 
hamjihatlik va hamkorlikka chaqiradi. Dunyoda yagona va bir butun 
inson jamoasini shakllantirishni, uning va barcha fuqarolarning 
manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishini orzu qiladi. Bu g‘oya 
keyinchalik jahondagi ko‘plab mutafakkirlar, jumladan, nemis 
faylasufi I.Kant tomonidan ham ilgari surilgan. Bu g‘oyalar bugungi 
kunda ham muhim ahamiyatga ega. Farobiyning fikricha, yuksak 
axloqiy fazilatlarga rioya qilgan holda rivojlanayotgan har qanday 
davlat o‘z fuqarolarini, shak-shubhasiz, baxtu saodat yo‘liga olib 
chiquvchi kuchdir. Inson bilimli va namunali axloq egasi bo‘lgan-
dagina ijobiy xislatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish