Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Shafqat 
kishining o‘ziga aloqador odamga, aybdor, gunohkor, 
ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga loyiq kimsaga kechirim-
lilik orqali insonparvarlik ko‘rsatishini anglatuvchi tushuncha. 
Shafqat o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan yuksak ma’naviy fazilatlardan 
bo‘lib, o‘zgalarning dardini anglash, muhtoj odamlarga ko‘mak va 
muruvvat ko‘rsatish, ularning inson ekanini yodda tutgan holda 
yordam, rahmdillik ko‘rsatish, himmat qilishni bildiradi. Odamlarning 
o‘zaro kundalik ijtimoiy munosabatlarida namoyon bo‘ladigan 
fazilatlarini, jamiyatdagi ong va axloqning yuksakligini belgilovchi 
insoniylik tamoyillaridan bo‘lgan bu xislatni jamiyat va kishilar 
faoliyatining barcha jabhalarida kuzatish mumkin. Shafqat hissi - 
shafqatga muhtoj kishi o‘rniga xayolan o‘zini qo‘yib, fikr yuritish 
orqali vujudga keladigan, o‘zga inson iztiroblarini yengillatishga 
qaratilgan ma’naviy-axloqiy hodisa.
G‘azab insondagi yomon xislat bo‘lsa, shafqat insoniylik 
belgilaridan biridir. Masalan, beva-bechoralar, iqtisodiy nochor 
oilalar ahvolidan boxabar bo‘lib turish, kichik yoshdagilarga izzat-
hurmat, keksalarga muruvvat ko‘rsatish, gunoh yoki ayb ish qilib 
qo‘ygan kishilarning aybidan o‘tish, yordamga muhtoj kishilarga 
himmat qo‘lini cho‘zish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan 
muruvvat va shafqatpeshalik fazilatlari hisoblanadi. Qur’oni Karim va 
Hadisi sharifda hatto urushda mag‘lub bo‘lgan, asir bo‘lib tushgan 
dushmanlarga, g‘ayridinlarga ham muruvvat, shafqat ko‘rsatishga 
da’vat qilinadi. Mo‘tabar dinimizda tilga olingan bunday bag‘ri-
kenglik (tolerantlik) bugungi kunga kelib, dunyoning turli xalqlari 
turmush tarziga, tafakkuriga singdirilmoqda.
Uning aksi bo‘lgan salbiy xususiyatlar qatorida qahr-g‘azab, 
nafrat, johillik, adolatsizlik, befarqlik, loqaydlik kabi qusur va 
nuqsonlarni ko‘rsatish mumkin. Shafqat oldingizda javobgar, jazoga 


261
loyiq odamni, uning insoniy huquqi va tabiatini hisobga olib, 
kechirishdir. Shafqat universal tabiatga ega bo‘lib, u nafaqat 
insonning insonga, balki hayvonga bo‘lgan munosabatida ham 
namoyon bo‘ladi, zero, hayvonga shafqatsizlik qilgan odam insonga 
ham shafqat qilmaydi. Bugungi kunda «shafqat» tushunchasini inson 
hayotining oliy qadriyati deb e’tirof etish, uning yashashga bo‘lgan 
huquqini himoya ostiga olish nuqtayi nazaridan dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. Diniy aqidaparastlik, ekstremistik g‘oyalar va 
mafkuraviy kurashlar shafqatsizlikka asoslanganini hisobga olsak, 
«shafqat» tushunchasining ahamiyati yanada ortib borayotganini, 
uning XXI asr jamiyati uchun eng muhim ma’naviy-axloqiy hodisaga 
aylanganini ko‘rish mumkin. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish