252
Agar qidirishdan yuz o‘girmasang,
nimaniki qidirsang topasan.
Abdulxoliq G‘ijduvoniy
12-mavzu.
Ma’naviy fazilatlarni anglatuvchi tushunchalar
12.1. Diniy va dunyoviy iymon-e’tiqod va ularning mohiyati
Iymon
(arab. - ishonch) - 1)Allohga bo‘lgan ishonch-e’tiqod;
ko‘ngilda ishonish va tilda iqror qilish; 2) umuman, ishonch; 3)
muayyan fikr, oliy g‘oyaning haqiqatligiga komil ishonish, shu
ishonchni e’tiqodga aylantirish. Shuning uchun ham iymon so‘zi
e’tiqod so‘zi bilan yonma-yon kelib, iymon-e’tiqod tarzida ishlatiladi.
Iymon inson ongi va ruhiyatiga singgan, undan mustahkam o‘rin
olgan dunyoqarash sifatida qudratli harakatlantiruvchi kuch,
inson
irodasini mustahkamlash vositasidir. Iymon tufayli odam ruhi ezgulik
sari intiladi, ijtimoiy-siyosiy hayotning insoniylashuvida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, har qanday g‘oya va dunyoqarash insonning iymon-
e’tiqodiga aylangandagina harakatlantiruvchi moddiy hamda ruhiy
kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar -
so‘z bilan ish (amal), til va dil birligi, insof, diyonat, halollik-poklik,
vijdonlilik, sadoqat, muhabbat, vatanparvarlik, shuningdek, oila,
jamiyat, xalq va butun insoniyat oldidagi burchni anglash kabi
fazilatlar iymonlilik shartlari hisoblanadi. «Ishonch» bilan «iymon»
tushunchalari odatiy (kundalik) ongda ko‘pincha bir ma’noda
qo‘llanadi.
Nazariy ongda ular o‘rtasidagi yaqinlikdan tashqari tafovut ham
borligi e’tiborga olinadi. Ishonch odamlar va ularning uyushmalari
o‘rtasidagi axloqiy-ruhiy holat sifatida o‘zaro munosabatlar insoniy
tus olishiga xizmat qiladi. Ishonch muhiti qaror topgan joyda ko‘p
muammolar osonroq, beozorroq hal bo‘ladi, odamlarning ko‘p vaqti
va quvvati behuda sarflanmaydi. Ishonchsizlik va shubha barqaror
muhitda inson shaxs sifatida shakllanishi qiyinlashadi.
253
Iymon ishonchga nisbatan chuqur falsaviy mazmunga ega. U
dunyoqarash va e’tiqod bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani sababli alohida
nodir ruhiy holat sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi davrda butun
jahonda diniy dunyoqarash bilan birga ilmiy-falsafiy dunyoqarash
ham mavjud. Ayrim odamlarda diniy ong ustuvor bo‘lib, ularda
iymon diniy aqidalar haqligiga ishonch asosida shakllanadi, ba’zi
kishilarda esa ilmiy haqiqatlarga ishonch ustuvor bo‘lgani sababli,
ularda iymon dunyoviy bilim, falsaviy dunyoqarash negizida yuzaga
keladi. Qur’oni Karimda iymonli insonlarning belgilari quyidagicha
tavsiflanadi: ular mo‘min, halim, itoatkor, so‘zi bilan amali bir, poklik
va halollikka intiluvchi, o‘z va’dalari, shartnomalariga rioya etuvchi,
ibodatiga amal qiluvchi va shuning uchun jannat vorislari bo‘lgan
kishilardir.
Ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda «iymon» tushunchasi
bilan «e’tiqod» tushunchasini aynan bir narsa deb talqin qilish
holatlari uchraydi, hatto e’tiqodni iymondan ustun qo‘yadigan
qarashlar ham bor. Aslida e’tiqod odamning ongi, ahvoli, ruhiyati
bilan bog‘lanib ketadigan, olamdagi narsa-hodisa va jarayonlarga
alohida munosabatni qaror toptiradigan ma’naviy-ruhiy holatdir.
Muayyan g‘oya va dunyoqarashga his-hayajon asosida yondashuv
ma’nosida e’tiqod iymonga yaqin turadi, shu bois ham ba’zan
e’tiqodni «iymon» tushunchasining ma’nodoshi yoki uni to‘ldiradigan
tushuncha sifatida qo‘llaydilar.
Sobiq sovet davrida «iymon» tushunchasi tadqiq etilmagan. Uni
o‘rganish, tahlil etish nihoyatda muhim. Umuman aytganda, uch
narsaning butunligidan iymon hosil bo‘ladi: e’tiqod, iqror va amal.
E’tiqod - chin dildan ishonish; iqror - so‘zda buni tan olish; amal -
ishonchni yaxshi ishlar bilan isbotlash. Alisher Navoiyning «Mahbub
ul qulub» asarida quyidagi satrlarni o‘qiymiz: «Vafosizda hayo yo‘q,
hayosizda vafo yo‘q. Har kimda bu ikki yo‘q - iymon yo‘q va har
kimda iymon yo‘q- andin odamiyliq kelmak imkoni yo‘q»
1
. Ya’ni
iymonsiz kimsa odam emas.
Tilimizda iymon so‘zi keng qo‘llanib, u o‘ta muhim
tushunchalarni bildiradi. Xalqimizda «iymonsiz» so‘zidan ortiq
haqorat bo‘lmasa kerak. Bu haqorat zamirida ishonch-e’tiqodi yo‘q,
xudodan, dindan qaytgan ma’nolaridan tashqari vijdonsiz, yaramas,
1
Маънавиятшунослик
тушунчалар
изоҳли
луғати
.
Т
.: «
Ғ
a
фур
Ғулом
» 2009. 169-
бет
.
254
razil, diyonatsiz degan mazmun ham ifodalanadi. Inson e’tiqodsiz,
fikrsiz yashay olmaydi. Shaxsning e’tiqodi masalasi muhim
muammolardan bo‘lib, uning shakllanishi, iymonlilik darajasi ko‘p
jihatdan ijtimoiy omillarga ham bevosita bog‘liq. Bugungi kunda bu
masalaga e’tibor ortib borayotganining boisi shundaki, inson, ayniqsa,
yoshlar uchun g‘oyat zarur bo‘lgan mafkuraviy immunitetning
shakllanishida undagi iymon-e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar, biz yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog‘lom e’tiqod va
yuksak dunyoqarash asoslarini shakllantira olsak, ular ma’naviyati
boy, mustaqil fikrli va oliyjanob shaxslar bo‘lib kamolga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |