Milliy iftixor
millatga xos moddiy yoki ma’naviy yutuq,
muvaffaqiyat bilan faxrlanish tuyg‘usini ifodalaydigan tushuncha. U
inson ma’naviy kamolotining qirralaridan birini namoyon etadi.
Milliy iftixor o‘z xalqining asrlar davomida yaratib kelgan barcha
moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari,
an’analari, odob-axloqi, turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha ta-
rixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan
munosabatda bo‘lish, avaylab-asrashni ifodalovchi tushunchadir.
Millatining istiqboli uchun qayg‘urmaydigan, o‘z xalqining tari-
xini,
milliy
qadriyatlarini,
tilini,
manfaatlarini
bilmagan,
qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan kishilarda milliy g‘urur
ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo‘lmaydi.
Bunday insonlarni ma’naviy jihatdan kamol topgan barkamol insonlar
250
deya olmaymiz. Milliy iftixorni tiklash va o‘stirish ma’naviy hayo-
timizdagi ustuvor vazifalardan biridir.
Inson tabiatiga o‘zini muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, toifa,
millat, davlat, mintaqa, davr yoki sulola bilan bog‘lash xosdir. Shu
bois shaxs o‘z qavmi, millati va davlatining erishgan yutuqlaridan
quvonish, uni yanada boyitish va kelajak avlodlarga qoldirishga
intilishi tabiiy ma’naviy hodisadir. Xalqlar, millatlar tarixiy
taraqqiyotining tub burilish davrlarida jamiyatning yangilanishi
tufayli milliy iftixorni tiklash va o‘stirish milliy davlatchilik qurilishi
bilan bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi.
Milliy ma’naviy-madaniy qadriyatlarni yoshlar ongi, qalbiga
atroflicha va batafsil yetkazish, ularni ajdodlar yaratgan ma’naviy
boyliklar bilan oziqlantirish milliy iftixorni tiklash va o‘stirish
omilidir. Bu millat tarixini o‘rganish, anglash, qadrlash orqali amalga
oshiriladi. O‘zbek xalqi hayotida milliy iftixor o‘z millatining buyuk
shaxslari hayoti va taqdirini o‘rganish bilan yanada yuksaladi.
Prezident Islom Karimov aytganlaridek:
«Beshafqat davr
sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan
tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan
ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at,
siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astro-
nomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar
bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir»
1
. Milliy
iftixorning yana bir vazifasi xalqni, millatni birlashtiradi, yuksak
maqsadlar sari olg‘a boshlaydi. «Mana, Germaniyani, Yaponiyani
oling. Bundan 50-60-yil oldin ular bugun erishgan taraqqiyotni faraz
qilishi ham qiyin edi. Nima hisobidan ular jahon maydoniga chiqdi,
butun dunyo hurmat qiladigan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin oldi?
Bu davlatlarda, avvalambor, xalq birlashdi. Milliy g‘urur, milliy
iftixor, ertangi kunga mustahkam ishonch paydo bo‘ldi. O‘z oldiga
qo‘ygan marralarga erishish uchun zarur dasturlar ishlab chiqildi,
odamlar, butun millat bir tanu bir jon bo‘lib, mayli, besh-yil, o‘n-yil
bo‘lsayam, yigirma-yil bo‘lsayam qattiq ishlaymiz, lekin shu darajaga
yetamiz, degan yagona maqsad bilan yashadi».
2
Ezgu
1
Каримов
И
.
А
.
Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз
.
Асарлар
тўплами
. 7-
жилд
.
Т
.:
Ўзбекистон
1999. 132-
бет
.
2
Каримов
И
.
А
.
Тинчлик
ва
хавфсизлигимиз
ўз
куч
-
қудратимизга
,
ҳамжиҳатлигимиз
ва
қатъий
иродамизга
боғлиқ
.
Асарлар
тўплами
. 12-
жилд
.
Ўзбекистон
, 2002. 258-
бет
.
251
maqsadlarimizga erishish, jahon miqyosida o‘zimizga munosib o‘rin
egallash, Vatanimiz istiqlolini himoyalash, avvalambor, o‘zimizga,
o‘zimizning imkoniyat va salohiyatimizga, azmu shijoatimizga
bog‘liq ekanini shu yurtda yashayotgan har qaysi inson chuqur
tushunib olishini taqozo qiladi. Shu borada siyosiy, harbiy, iqtisodiy
omillar qatorida milliy iftixor tuyg‘usi ham o‘ta muhim mezon
hisoblanadi. Milliy iftixor shunday buyuk qudratki, tarixda bu kuchga
tayanib-suyanib, ko‘plab xalqlar eng murakkab sinovlardan, davr
suronlaridan omon chiqqan va boshqalarning havasini uyg‘otadigan
erkin va farovon hayot qurishga erishgan.
Odamlarimiz ongi va
jamiyatimiz mafkurasida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq
farovonligi g‘oyalari yetakchi o‘rin tutishiga harakat qilinayotgani
bejiz emas. Milliy g‘urur, milliy iftixor barcha ishlarimizning
poydevori bo‘lmog‘i kerak. Bu muqaddas g‘oyalar, millati va
e’tiqodidan qat’iy nazar, shu yurtda, shu zaminda yashayotgan har bir
inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog‘i, har birimiz
uchun eng katta tayanch va ishonchga, haqiqiy maslakka aylanishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |