Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Millatparvarlik va o‘z millatiga sadoqat



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

11.3. Millatparvarlik va o‘z millatiga sadoqat
tushunchalarining mohiyati 
 
Millatparvarlik
insonning hayoti va faoliyati davomida o‘z 
millatining o‘ziga xos jihatlariga hurmat va sadoqat ruhida qarashi, 
milliy mentalitet, urf-odat, tafakkur tarzini chuqur his etgan holda, 
millatning har tomonlama taraqqiy topishiga xizmat qilishi va u bilan 
bog‘liq dunyoqarashning namoyon bo‘lishini ifodalovchi tushuncha. 
Millatparvarlik ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada 
muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish, keng ma’noda, Vatanni 
sevish degani.
Vatansiz millatning bo‘lishi, uning rasmana erkin va baxtli 
yashashi mumkin emas Biroq, millatparvarlikni millatchilik bilan 
qorishtirib yubormaslik lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, 
unga «buyuk»lik maqomini berishga intilish bo‘lsa, millatparvarlik 
boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi uchun kurashish, 
bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini ham fido qilish demakdir. 
Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa 
millatlarni seva olmaydi.
Asl millatparvarlik milliy o‘zligini anglab yetgan insondir, u o‘z 
millati bilan faxrlanadi, u bilan butun jahonda faxrlanishni istaydi. 
Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u millatni sevish 
amaliyotining ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi

Millatparvarlik
 
insoniyat taraqqiyotida millatlarning o‘rni va 
ahamiyatini to‘g‘ri tushunish, Yer yuzidagi mavjud millatlarning tili, 
turmush tarzi, irqi, tashqi qiyofasi, urf-odatlari, dini, madaniyatining 
o‘ziga xos tomonlaridan qat’iy nazar hurmat qilish, ularning ozodligi, 
tengligi, gullab-yashnashi uchun shart-sharoitlar yaratib berish 
tarafdori bo‘lishdir.
Millatparvarlik har bir kishidan millatlar va milliy munosabatlar 
sohasida chuqur bilimli bo‘lishni, insoniyat tarixida uning moddiy -
ma’naviy madaniyatining shakllanishida hozirgi zamon sivilizatsiya-
sining rivojlanishida jiddiy mavqega ega ekanligini bilishni taqozo 
etadi. Millatparvarlik barcha millatlarga barobar hurmat bilan qarash 
demakdir. O‘z millatini boshqalardan afzal ko‘rib, unga imtiyozlar 
berishni talab qilish yoki aksincha, o‘zinikini ulug‘lab, o‘zganing tili 
va madaniyatiga befarq qarash millatparvarlik qoidalariga ziddir.


249
Shu bilan birga, millatparvarlik barcha millatlarni, ularning farq 
va tafovutlarini hisobga olmay turib, tenglashtirishni inkor etadi. Har 
bir millatga bo‘lgan munosabat uning istiqomat qilib turgan muayyan 
sharoitlari, tarixi va shu asosda millatlar bilan o‘zaro munosabatlariga 
bog‘liq. Millatlar ham insonlardek xilma-xil va turli-tuman 
bo‘lganligi bois, har bir millatga nisbatan munosabatlarda nihoyatda 
ehtiyotkorlik, muomala madaniyati va e’tibor talab qilinadi.
Har bir insonning millatparvarligi avvalambor, uning o‘z milla-
tiga, tiliga, madaniyatiga, an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlariga 
bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Lekin millatparvarlik bu 
doirada cheklanib
 
qolmaydi, boshqa millatlarni o‘z millati bilan teng 
ko‘radi. Mustaqil O‘zbekistonning yuksalishi har bir insonning 
millatparvarlik tamoyiliga sodiq bo‘lishiga ham bog‘liq. Chunki dav-
latimizning kelajagi, birinchi navbatda, xalqimizning uyushqoqligi, 
g‘ururi, tadbirkorligi hamda hududimizda istiqomat qilib turgan har 
bir kishining millati, dini, tili va e’tiqodidan qat’iy nazar, umummilliy 
g‘oya atrofida jipslashuviga bog‘liqdir. O‘zbekistonda istiqomat 
qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari ana shunday yo‘ldan 
bormoqdalar. Shu ma’noda, mustaqillik yillarida millatlararo 
hamkorlikning mustahkamlanib borishi mamlakatimizda huquqiy 
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish bilan birgalikda 
millatparvarlik tuyg‘usining yanada takomillashuviga xizmat qiladi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish