Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 O‘zbek xalqiga xos yuksak fazilatlar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

12.2. O‘zbek xalqiga xos yuksak fazilatlar 
 
Adolat
(arab.- odillik, to‘g‘rilik, hamma uchun barobar bo‘lgan 
haqiqatning talab va tamoyillariga amal qilinishi) - insoniyatning 
azaliy orzusi, ezgu g‘oyasi, ma’naviyat, axloq va huquqning me’yoriy 
kategoriyalaridan biri. Jamiyat hayotidagi hodisalar, tartib-qoidalar-
ning asl insoniy ideallarga, haqiqat mezonlariga qanchalik mos 
ekanini aniqlashda hamma zamonlarda ham asosiy ma’naviy mezon 
bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatning shaxsga, shaxsning jamiyatga va bir 
shaxsning ikkinchi shaxsga munosabatida namoyon bo‘ladigan adolat 
tamoyili ana shu munosabatlarni baholashning o‘zgarmas mezonidir. 
Adolat yuksak ma’naviy qadriyat bo‘lib, «baxt», «ozodlik», 
«tenglik», «do‘stlik», «tinchlik» tushunchalari kabi insonning azaliy 
ezgu intilishlari timsolidir. Adolat haqidagi ilk tasavvurlar juda olis 
zamonlarga borib bog‘lanadi. Qadimgi davr muttafakkirlari uni 
universal qonun sifatida talqin etishgan. Yunon faylasufi Aflotun 
adolat muammosini tizimli tarzda o‘rganib chiqishga harakat qilgan. 
Uning ijtimoiy-siyosiy konsepsiyasida adolat «hukmronlik» va 
«imtiyoz» tushunchalariga yaqin kategoriya sifatida sharhlangan. 
Faylasufning fikricha, har bir tabaqa ichida tenglik bo‘lmog‘i, 
tabaqalar o‘rtasida tenglik hukm surmog‘i adolatdandir. Arastu bu 
g‘oyalarni rivojlantirib, «tenglashtirish» va «taqsimlash adolati» 
tushunchalarini qo‘llagan. Farobiy adolatni ijtimoiy iyerarxiya va 
tartibning mavjud bo‘lishi uchun poydevor yaratuvchi huquqiy 
kategoriya deb ta’riflagan. XVIII asrga kelib adolat ijtimoiy tenglik 
bilan bog‘liq holda kun tartibiga qo‘yila boshlandi. Hozirgi zamon 
falsafiy adabiyotlarida adolat jamiyatdagi barcha ijtimoiy 
munosabatlarni ifoda etuvchi kategoriya sifatida ta’riflanmoqda. 
Adolat jamiyatda oltita asosiy vazifani bajaradi:
1. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni maqsadga muvofiq 
tashkil etadi.
2. Turli ijtimoiy guruh va sinflar manfaatlarining himoya 
qilinishini ta’minlaydi, ular orasidagi muvozanatni saqlab turadi.
3. Jamiyatdagi mulkchilik munosabatlarini, ishlab chiqarish 
faolligini oshiradi.
4. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalovchi vosita si-
fatida xizmat qiladi.


258
5. Voqelikda keng ildiz otgan, lekin ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq 
bo‘layotgan munosabatlarni bartaraf etishga da’vat qiladi.
6. Odamlarda kelajakka ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish