Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
 
 
 
 


252
 
Agar qidirishdan yuz o‘girmasang,
nimaniki qidirsang topasan. 
 
Abdulxoliq G‘ijduvoniy 
 
 
12-mavzu.
 Ma’naviy fazilatlarni anglatuvchi tushunchalar 
 
12.1. Diniy va dunyoviy iymon-e’tiqod va ularning mohiyati 
 
Iymon
 
(arab. - ishonch) - 1)Allohga bo‘lgan ishonch-e’tiqod; 
ko‘ngilda ishonish va tilda iqror qilish; 2) umuman, ishonch; 3) 
muayyan fikr, oliy g‘oyaning haqiqatligiga komil ishonish, shu 
ishonchni e’tiqodga aylantirish. Shuning uchun ham iymon so‘zi 
e’tiqod so‘zi bilan yonma-yon kelib, iymon-e’tiqod tarzida ishlatiladi. 
Iymon inson ongi va ruhiyatiga singgan, undan mustahkam o‘rin 
olgan dunyoqarash sifatida qudratli harakatlantiruvchi kuch, 
inson 
irodasini mustahkamlash vositasidir. Iymon tufayli odam ruhi ezgulik 
sari intiladi, ijtimoiy-siyosiy hayotning insoniylashuvida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, har qanday g‘oya va dunyoqarash insonning iymon-
e’tiqodiga aylangandagina harakatlantiruvchi moddiy hamda ruhiy 
kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar - 
so‘z bilan ish (amal), til va dil birligi, insof, diyonat, halollik-poklik, 
vijdonlilik, sadoqat, muhabbat, vatanparvarlik, shuningdek, oila, 
jamiyat, xalq va butun insoniyat oldidagi burchni anglash kabi 
fazilatlar iymonlilik shartlari hisoblanadi. «Ishonch» bilan «iymon» 
tushunchalari odatiy (kundalik) ongda ko‘pincha bir ma’noda 
qo‘llanadi.
Nazariy ongda ular o‘rtasidagi yaqinlikdan tashqari tafovut ham 
borligi e’tiborga olinadi. Ishonch odamlar va ularning uyushmalari 
o‘rtasidagi axloqiy-ruhiy holat sifatida o‘zaro munosabatlar insoniy 
tus olishiga xizmat qiladi. Ishonch muhiti qaror topgan joyda ko‘p 
muammolar osonroq, beozorroq hal bo‘ladi, odamlarning ko‘p vaqti 
va quvvati behuda sarflanmaydi. Ishonchsizlik va shubha barqaror 
muhitda inson shaxs sifatida shakllanishi qiyinlashadi.


253
Iymon ishonchga nisbatan chuqur falsaviy mazmunga ega. U 
dunyoqarash va e’tiqod bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani sababli alohida 
nodir ruhiy holat sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi davrda butun 
jahonda diniy dunyoqarash bilan birga ilmiy-falsafiy dunyoqarash 
ham mavjud. Ayrim odamlarda diniy ong ustuvor bo‘lib, ularda 
iymon diniy aqidalar haqligiga ishonch asosida shakllanadi, ba’zi 
kishilarda esa ilmiy haqiqatlarga ishonch ustuvor bo‘lgani sababli, 
ularda iymon dunyoviy bilim, falsaviy dunyoqarash negizida yuzaga 
keladi. Qur’oni Karimda iymonli insonlarning belgilari quyidagicha 
tavsiflanadi: ular mo‘min, halim, itoatkor, so‘zi bilan amali bir, poklik 
va halollikka intiluvchi, o‘z va’dalari, shartnomalariga rioya etuvchi, 
ibodatiga amal qiluvchi va shuning uchun jannat vorislari bo‘lgan 
kishilardir.
Ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda «iymon» tushunchasi 
bilan «e’tiqod» tushunchasini aynan bir narsa deb talqin qilish 
holatlari uchraydi, hatto e’tiqodni iymondan ustun qo‘yadigan 
qarashlar ham bor. Aslida e’tiqod odamning ongi, ahvoli, ruhiyati 
bilan bog‘lanib ketadigan, olamdagi narsa-hodisa va jarayonlarga 
alohida munosabatni qaror toptiradigan ma’naviy-ruhiy holatdir. 
Muayyan g‘oya va dunyoqarashga his-hayajon asosida yondashuv 
ma’nosida e’tiqod iymonga yaqin turadi, shu bois ham ba’zan 
e’tiqodni «iymon» tushunchasining ma’nodoshi yoki uni to‘ldiradigan 
tushuncha sifatida qo‘llaydilar.
Sobiq sovet davrida «iymon» tushunchasi tadqiq etilmagan. Uni 
o‘rganish, tahlil etish nihoyatda muhim. Umuman aytganda, uch 
narsaning butunligidan iymon hosil bo‘ladi: e’tiqod, iqror va amal. 
E’tiqod - chin dildan ishonish; iqror - so‘zda buni tan olish; amal - 
ishonchni yaxshi ishlar bilan isbotlash. Alisher Navoiyning «Mahbub 
ul qulub» asarida quyidagi satrlarni o‘qiymiz: «Vafosizda hayo yo‘q, 
hayosizda vafo yo‘q. Har kimda bu ikki yo‘q - iymon yo‘q va har 
kimda iymon yo‘q- andin odamiyliq kelmak imkoni yo‘q»
1
. Ya’ni 
iymonsiz kimsa odam emas.
Tilimizda iymon so‘zi keng qo‘llanib, u o‘ta muhim 
tushunchalarni bildiradi. Xalqimizda «iymonsiz» so‘zidan ortiq 
haqorat bo‘lmasa kerak. Bu haqorat zamirida ishonch-e’tiqodi yo‘q, 
xudodan, dindan qaytgan ma’nolaridan tashqari vijdonsiz, yaramas, 
1
Маънавиятшунослик
тушунчалар
изоҳли
луғати

Т
.: «
Ғ
a
фур
Ғулом
» 2009. 169-
бет



254
razil, diyonatsiz degan mazmun ham ifodalanadi. Inson e’tiqodsiz, 
fikrsiz yashay olmaydi. Shaxsning e’tiqodi masalasi muhim 
muammolardan bo‘lib, uning shakllanishi, iymonlilik darajasi ko‘p 
jihatdan ijtimoiy omillarga ham bevosita bog‘liq. Bugungi kunda bu 
masalaga e’tibor ortib borayotganining boisi shundaki, inson, ayniqsa, 
yoshlar uchun g‘oyat zarur bo‘lgan mafkuraviy immunitetning 
shakllanishida undagi iymon-e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar, biz yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog‘lom e’tiqod va 
yuksak dunyoqarash asoslarini shakllantira olsak, ular ma’naviyati 
boy, mustaqil fikrli va oliyjanob shaxslar bo‘lib kamolga yetadi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish