Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Adolat tamoyili 
adolat, odillik, xolislik asosida masalaga 
qonun ustuvorligi nuqtayi nazaridan xolis yondashish, haqiqatni bosh 
mezon deb bilish, shu yo‘lda beminnat xizmat qilish. Adolat 
tamoyiliga amal qilib, mamlakatimizda inson, uning huquq va 
manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida ro‘yobga chiqarish borasida 
keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bu 
o‘zgarishlar yurtimizda ijtimoiy adolat va demokratiya tamoyillarini 
chuqur qaror toptirish bilan uzviy va chambarchas bog‘liq. Adolat 
tamoyili alohida inson xatti-harakatidan tortib mamlakatdagi ijtimoiy-
siyosiy institutlargacha bo‘lgan keng miqyosdagi munosabatlar 
tizimiga bir xilda yondashishni taqozo etadigan noyob ijtimoiy 
hodisadir.
U ba’zan qarama-qarshi va ziddiyatli holatlarga sabab bo‘ladi, 
lekin oxir-oqibatda haqiqatni yuzaga chiqaradi. Adolat tamoyili real 
ijtimoiy mexanizmga ega. Avvalo, barqarorlik va ijtimoiy hamji-
hatlikni ta’minlashning eng muhim omilidir. Adolat tamoyili 
jamiyatning o‘ziga xos «asab tolasi» bo‘lib, odamlarning ijtimoiy 
kayfiyatini yaqqol ifoda etadi. Ayni paytda u jamiyatdagi ezgu niyatli 
kuchlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradigan ta’sirchan va 
samarali qadriyatdir.
Jamiyatimiz o‘zining ijtimoiy adolat konsepsiyasiga ega bo‘lib, 
bunda xalqimizga azaldan xos bo‘lib kelgan adolatga ishonch va 
ehtirom tuyg‘usi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyotda adolat 
tamoyilining asosiy qoidasi - hissa
 
va ulush mutanosibligi manfaatlar 
uyg‘unligini 
ta’minlash masalasi bo‘lib, bunda demokratik tamoyillar 
muvozanatga soluvchi vosita rolini bajaradi. 
Adolat tamoyilining ratsional ahamiyatini oshirish uchun aniq 
me’yorlar, o‘lchovlar talab etiladi. Hissa va ulush birligi demokratik 
me’yorlarga ham mos keladiki, bu 
iqtisodiyotda - 
mehnat va ish haqi; 
siyosatda 
- boshqaruvdagi ishtirok va burch; 
huquqda - 
erkinlik va 
zarurat, huquq va burch, jinoyat va jazo, 
sotsial 
sohada - insonning 
jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi, ijtimoiy maqomining real mehnat 
natijalari, qobiliyat va salohiyatiga qanchalik mos ekanida namoyon 
bo‘ladi.


259
Adolatning boshqa tamoyillari ham demokratik mazmunga ega. 
Ular jamiyatning barcha a’zolari uchun umumiy va bir xilda tatbiq 
qilinishi mumkin. Quyida adolat tushunchasini umumiy tarzda 
tasniflab o‘tamiz:
1) talab va taklif qoidasi;
2) teng imkoniyatlar qoidasi;
3) ehtiyoj qoidasi;
4) ijtimoiy kafolat qoidasi;
5) xizmat ko‘rsatish qoidasi;
6) mutanosiblik qoidasi;
7) ekvivalentlik qoidasi;
8) rag‘batlantirish qoidasi;
9) kasbiy layoqatlilik qoidasi;
10) ijtimoiy foydalilik qoidasi.
Mazkur qoidalar bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha 
demokratik jamiyatlarda keng qaror topgan. Bu qoidalar hayotga 
qanchalik keng joriy etilsa, fuqarolik jamiyati poydevori shunchalik 
mustahkam bo‘ladi.
Ayni paytda mutaxassislar bu qoidalarni to‘ldiruvchi boshqa 
prinsiplar haqida ham fikr yuritadi. Amerikalik sotsiologlar 
R.Xyusman va D.Xetfild «adolat omili» tushunchasini asoslab, uni 
amalga oshirishdagi qo‘l keladigan qoidalarni ilgari suradi. Bular 
quyidagilar:
1) inson o‘zgalar bilan munosabatini o‘zining jamiyat ishiga 
qo‘shgan hissasi va shuning evaziga oladigan ulushini taqqoslash 
orqali baholaydi;
2) hissa va ulushning o‘zaro mos kelmasligi norozilikka sabab 
bo‘ladi;
3) inson o‘ziga tegayotgan ulushdan qoniqmasa, o‘zicha adolatni 
tiklashga harakat qiladi.
Xullas, ijtimoiy adolatning mazkur qoidalari jamiyatning barcha 
a’zolari uchun umumiyligi va bir xilda tatbiq qilinishi bilan 
ahamiyatlidir. Shuningdek, bu qoidalar ijtimoiy uyg‘unlikning zaruriy 
asosi hisoblanadi. 
Garchi adolat nisbiy tushuncha bo‘lib, barcha uchun bir xilda 
mavjud bo‘lmasada, demokratik jamiyatda uni amalga oshirishning 
qat’iy qoidalari, me’yorlari ta’minlanadi. Mamlakatimizda taraqqiyot 


260
tadrijiy va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilayotgani 
yurtdoshlarimiz manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga, fuqarolik 
jamiyati asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bunday 
sharoitda adolat tamoyilining o‘zi jamiyat hayoti uchun muhim 
ma’naviy-huquqiy me’yorga aylanadi. Prezident Islom Karimovning 
«Odamlar hamma narsani kechirishi mumkin, ammo adolatsizlikni 
kechirmaydi» degan fikrlari asosida yurtimizda har qaysi insonning 
huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish