Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
E’tiqod 
(arab. ishonch, iymon) - muayyan maqsad, qadriyatga 
ishonch, shu asosda shakllangan tafakkur tarzini ifoda etuvchi 
tushuncha. Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «e’tiqod» tushunchasi turlicha 
talqin etiladi, jumladan, e’tiqodning vujudga kelishi uchun bilim eng 
muhim asos vazifasini bajaradi. Lekin e’tiqod va bilim aynan bir xil 
tushunchalar emas. Albatta, bilimlarning chinligi e’tiqodni 
mustahkam bo‘lishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ammo har 
qanday bilim ham e’tiqod emas, balki inson ongida qayta ishlab 
chiqilgan, ya’ni tajriba chig‘irig‘idan o‘tgan, ikkinchi marta qayta 
hosil bo‘lgan bilimlargina (g‘oyalar, nazariyalar) e’tiqodning 
mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Insoniyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan bilimlar insonning 
o‘zi uchun, uning ehtiyojlari uchun qayta kashf etilgandagina, 
chinakam e’tiqod darajasiga ko‘tariladi. Bilim e’tiqodga aylanishi 
uchun bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Chunonchi bilim o‘z 
taraqqiyotining dastlabki bosqichida anglash holatini bosib o‘tadi. 
Anglab olingan bilim, o‘z taraqqiyotining ikkinchi bosqichida 
tushunish holatiga kiradi. Inson bilimlarning ma’no-mohiyatini 
tushunib yetgach, uning to‘g‘riligiga (yoki noto‘g‘riligiga) ishonch 
hosil qiladi. Tajribadan ma’lumki, faqat mustahkam e’tiqodga 
aylangan bilim (g‘oya, nazariya) inson amaliy faoliyatining takomil-
lashuviga xizmat qiladi. Inson e’tiqodi nafaqat turli haqiqatlarni 
o‘zida aks ettirgan bilimlar, balki o‘sha bilimlarga bergan bahosi, 
unga bo‘lgan munosabatiga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bilim 
(g‘oya, nazariya)ning e’tiqodga aylanishi jarayonini tahlil etganda, u 
ijtimoiy amaliyot insonning bilish borasidagi faoliyatining mahsuli 
ekanini unutmaslik darkor. E’tiqod quyidagi uch holatni bosib o‘tadi:


255
a) bilim, g‘oya, nazariya (ya’ni aqliy holat);
b) bilimga berilgan baho, munosabat (ya’ni baholash holati);
d) o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘z faoliyatiga tatbiq etish, ular 
asosida o‘z xatti-harakatini tartibga solish (xohish-iroda bilan 
boshqarish holati).
Inson dunyoqarashining asosiy komponenti sifatida e’tiqod 
bilish, baholash, boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. Bilish 
funksiyasining asosida olamdagi turli voqea-hodisalar, jarayonlar 
sodir bo‘lishiga doir bilimlar yotsa, baholash funksiyasi o‘zlashtirib 
olingan bilimlarga tayanib, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ma’no-
mohiyatini tushunib olish bilan bog‘liq. Boshqarish funksiyasi esa, in-
sonning o‘z xulq-atvori, xatti-harakatiga ko‘rsatayotgan ta’siri, uni 
aniq maqsad sari yo‘naltira olish qobiliyati, malakasi bilan bog‘liqdir. 
Demak, bilim, g‘oya, nazariya insonning amaliy faoliyati chig‘irig‘i-
dan o‘tgach, ishonch-e’tiqodga aylanadi.
Ishonch insonning ongliligi, xulq-atvorini xarakterlasa, iymon 
kishining xatti-harakatida namoyon bo‘ladi. E’tiqod inson xulq-atvori 
va xatti-harakatining birligi holatini ifodalovchi integrativ 
tushunchadir. O‘z navbatida, e’tiqod inson xatti-harakati yo‘nalishini 
belgilovchi asosiy determinantdir. Xohish-iroda, istak kabi unsurlar 
e’tiqodning inson amaliy faoliyatida namoyon bo‘lishi uchun hal 
qiluvchi turtki beradi. Amaliy faoliyat esa e’tiqodni inson hayotiy 
pozitsiyasiga aylantiradi. Shunday qilib, e’tiqod inson dunyoqara-
shining eng barqaror komponentidir. Xuddi shu komponent insonning 
ongli faoliyati, so‘zi bilan ishi birligini ta’minlovchi mustahkam, 
ishonchli ko‘prikdir. Lekin e’tiqod o‘z mazmuni, xarakteriga ko‘ra 
xilma-xil tarzda (gumanistik, fashistik, kommunistik, irqiy va b.) 
namoyon bo‘lishi mumkin.
Avtoritarizm yoki zo‘ravonlik, ma’muriy buyruqbozlik yoki 
irqchilikka asoslangan har qanday e’tiqod shaxs mustaqilligini 
yemiradi, insonni buyruqni bajaruvchi manqurtga aylantiradi. Aniq-
rog‘i, dunyoqarashida fashistik yoki g‘ayriinsoniy, irqchilik, buyuk 
davlatchilik shovinizmi yoki diniy fanatizm ustuvorlik qilgan e’tiqod-
ga asoslangan har qanday inson, hech qachon mustaqil shaxs daraja-
siga ko‘tarila olmaydi. Dunyoqarashida bunday e’tiqod ustuvorlik 
qilgan kishi mustaqil fikrlash, mustaqil ishlash, mustaqil yashash 
madaniyatidan mahrum bo‘ladi. Ilmiy g‘oya va nazariyaga asoslan-


256
magan, turmush sinovlaridan o‘tmagan e’tiqod g‘ayri ilmiy e’tiqod-
dir. Shuningdek, e’tiqod – psixologik hamda ijtimoiy-psixologik tu-
shuncha bo‘lib, odamning muayyan qarash, ta’limot-nazariya, hayotiy 
aqida, qadriyat yoki faoliyat tamoyillarini emotsional-hissiy qabul 
qilish jarayonida shakllangan sobit fikr va tasavvurlar majmuyi ham-
dir. Boshqacha aytganda, e’tiqod ma’lum qadriyatlar, diniy yoki dun-
yoviy maslak, munosabatlarning inson qalbida yashash falsafasi, 
faoliyat dasturi sifatida qabul qilinishidir. Agar shu jarayonning oqi-
bati o‘laroq odamda diniy yoki dunyoviy maslak, ishonch kabi tur-
g‘un munosabatlar shakllangan bo‘lsa, biz uni e’tiqodli odam deb 
ataymiz.
Insonning insonligi, uning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi ham 
ma’lum ma’noda uning e’tiqodi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar 
butun umri mobaynida faqat bitta narsaga e’tiqod qiladi. Masalan, 
Fransiyalik mashhur sayyoh Kusto va uning masalakdoshlari bir 
qarashda, butun umrini dengiz hayoti va undagi sirli voqealar, 
hayvonot dunyosini kashf etishga bag‘ishlagandek ko‘rinadi. Dengiz-
dan juda uzoqda yashaydigan, undan manfaat ko‘rmaydigan odamlar 
uchun bunday tadqiqotchilarning hayoti va faoliyati keraksizdek 
tuyuladi. Lekin, Kustoning o‘z ishiga sadoqati, e’tiqodi shu darajada 
kuchliki, uni butun dunyo, sog‘lom fikrlovchi har bir inson juda 
yuksak qadrlaydi. Bu kabi odamlarning boshqa sohalardagi xizmatlari 
kam bo‘lishi mumkin, ammo bashariyat ularni yuksak e’tiqodlari 
uchun hurmat qiladi.
E’tiqodli odam, avvalo, foydali ish bilan shug‘ullanadi, o‘zga-
larga ziyon keltiruvchi amallar qilmaydi, yolg‘on gapirmaydi. U 
hamisha lafziga amal qiladi, ya’ni bir narsani qilaman, deb ahd etsa, 
butun kuchi va iqtidorini safarbar qilib, uni albatta bajaradi, 
boshlagan ishini oxiriga yetkazadi.
E’tiqodli inson nima uchun aynan shu ishni qilayotganini juda 
yaxshi biladi. Shu bois haqiqiy e’tiqod egasi ilmga intiladi, o‘z oldiga 
aniq maqsad qo‘yib yashaydi, har tomonlama barkamol bo‘lishga 
tirishadi, yaxshilarga oshno bo‘lish, buyuklikka havas uning hayotiy 
shioriga aylanadi. Haqiqiy e’tiqod sohibi o‘zidan oilasiga, farzand-
lariga, insoniyatga nimadir qoldirishni istab yashaydi. Shuning uchun 
ham e’tiqod shaxsdagi jur’at, mardlik, fidoyilik, iroda, vijdon, qat’i-
yat, halollik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar bilan 
bog‘liqdir. 


257

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish