Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Huquqiy savodxonlik - ma’naviy yetuklik mezoni



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
13.3. Huquqiy savodxonlik - ma’naviy yetuklik mezoni 
 
Har qanday mustaqil davlatda xalqning erkin yashashi, farovon 
turmush qurishi, xohish-irodasining amalga oshirilishi, ezgu niyatlari 
huquqiy jihatdan kafolatlanishi lozim. Bu kafolat Vatan taraqqiyotini, 
davlat mustaqilligini, xalqning jipsligini, millatlararo do‘stlik va 
hamjihatlikni, mustaqillikning barqarorligini ta’minlashga shart-
sharoit yaratadi va u kafolat sifatida, O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan. Bu haqda Prezidentimiz Islom 
Karimov O‘zbekiiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 
o‘n birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida: Davlatimiz, O‘zbekistonda 
1
Каримов
И
.
А

Миллий
истиқлол
мафкураси

халқ
эътиқоди
ва
буюк
келажакка
ишончдир

Т
.: 
Ўзбекистон
, 2000. 11-
бет



276
yashayotgan har bir fuqaro kelajagining kafolatini Konstitutsiya berdi.
Fuqarolarning haq-huquqlari, burchlari Konstitutsiyada belgilangan, 
tegishli qonunlar bilan mustahkamlangan. Maqsadimiz erkin, demok-
ratik huquqiy davlat qurish, adolatli jamiyat barpo etish, hech bir 
insonni kamsitmaslik, e’tiqodini hurmat qilish, erkinligini ta’min-
lash», deb ko‘rsatgan edi.
1
Oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsadlarga erishish uchun 
bugungi O‘zbekistonga erkin va ravon fikrlaydigan, uning osoyish-
taligi, mustaqilligini asrab-avaylashda faol ishtirok eta biladigan, 
Vatan oldidagi o‘z majburiyatlari va burchlarini to‘g‘ri anglab, 
beminnat ijro eta oladigan fuqarolar zarur. Bunday fuqarolar 
kelajagimizning egalari bo‘lgan siz – talaba yoshlardirsiz. 
Mamlakatimizning har bir fuqarosi, Siz kabi yoshlar qomusimiz 
va barcha qonunlarni chuqur o‘rganishlari va ularga amal qilishlari 
zarur. Konstitutsiyani bilmagan, puxta o‘rganmagan kishi o‘z haq-
huquqlarini bilmaydi. Huquqini bilmagan odamning hayoti oxir-
oqibatda fojiali tus olishi mumkin. Bu haqda Prezidentimiz o‘z nut-
qida: «Madomiki maqsadimiz aniq ekan, inson huquqlari umumxalq 
muhokamasida qabul qilingan Konstitutsiya himoyasida ekan, 
avlodlarimiz, farzandlarimiz kelajagiga xavf soladigan, millat 
sha’niga dog‘ tushiradigan, xatti-harakatlar qayerdan paydo bo‘la-
yapti» deya qaltis xatti-harakatlarga qo‘l urgan kimsalar qonunni 
bilmasligi, bilsa ham unga mensimasdan qarashi, hurmat qilmasligi 
ularda huquqiy madaniyat yo‘qligi, yetishmasligini ta’kidlaydi.
Shunday ekan, tabiiy ravishda huquqiy madaniyat nima degan 
savol tug‘iladi. Huquqiy madaniyat – bu o‘zingiz yashab turgan, 
fuqarosi bo‘lgan mamlakat qonunlar yaxshi bilish ularni hurmat qilish 
va ularga amal qilib, bo‘ysunib yashashdir. 
Shuningdek, har bir shaxs, fuqaroning ijtimoiy hayotda faol 
ishtiroki va bunday faollikni boshqalardan ham talab qilish jarayoni 
hamdir. Huquqiy madaniyat insonning ichki dunyosi, madaniyati, 
umuminsoniy an’analarga va huquqiy bilimlarga bo‘lgan munosabat-
larini belgilaydi. Shaxsning ichki ma’naviyati uning tashqi odobini 
ko‘rsatadi. Huquqiy madaniyat egasi bo‘lgan kishi jamiyat talablari 
va qoidalariga hurmat bilan qaraydi, jamiyatni boshqarishda o‘zining 
1
Каримов
И
.
А

Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз

Асрлар
тўплами
. 7-
жилд

Т
.; 
«
Ўзбекистон
», 1999. 52-
бет


277
huquqiy malaka va bilimlarini ishga solib, faol qatnashadi. 
Ko‘pincha kishilar huquq, qonun, burch kabi atamalarni, ba’zan 
tasodifan qonunbuzarlik qilib, qonun oldida javobgarlik holatiga 
tushib qolganlaridagina eslaydilar. Nega qonunni buzding, deb 
so‘ralganda bunday bo‘lishini bilmagan edim deb javob beradilar. 
Biroq qonunni bilmaslik aybni yengillashtirmaydi. Biz
qonunga mensimaslik bilan qarasak, uni o‘rganmasak, hurmat 
qilmasak bir kuni noqulay ahvolga tushib qolishimiz mumkin. 
Qonunni bilish, hurmat qilish huquqbuzarliklarning oldini olish 
demakki, bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urmaslikning bir yo‘lidir. 
Qonunga hurmat inson madaniyati va ma’naviyatining ajralmas bir 
bo‘lagi bo‘lib qolganda, bunday jamiyatni boshqarish ham, adolatni 
qaror topshirish ham oson kechadi. 
Bundan ko‘rinadiki, huquqiy savodxonlik har birimiz qonunlarni 
Konstitutsiyamizni yaxshi bilishimiz, ularga amal qilib yashashimiz 
tinch turmush tarzimiz va osoyishta faoliyat yuritishimiz garovidir. 
Prezidentimiz huquqiy savodxonlikni oshirish borasidagi vazifa
«o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va qudratiga tayanib yashay-
digan, atrofida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil muno-
sabatda bo‘ladigan, shu bilan birga, xalq manfaatlari bilan uyg‘un 
holda ko‘radigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur 
shart-sharoitlarni yaratish darkor»
1
, deb ta’kidlaydi.
Huquqiy madaniyatni, savodxonlikni rivojlantirmay turib salbiy 
holatlarning oldini olish, tugatish anchayin mushkil bo‘ladi. 
Qonunbuzarliklardan avvalo odamlarni, jamiyatni himoya qilish 
zarur. Yurtboshimiz Islom Karimov so‘zlari bilan aytganda «... 
davlat davlatchiligini qilmoqchi bo‘lsa, fuqaroni o‘z panohiga olishi 
zarur... boshqacha aytganda, davlat har bir fuqarosini himoya etishi, 
unga huquqiy yordam berishi kerak. Qonun oldida hamma barobar. 
Mamlakat qonunlariga barcha fuqaro yoshidan, millatidan, irqi, 
dinidan qat’iy nazar, barobar bo‘ysunmog‘i farz».
1
Yuqoridagilarni bajarish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, 
adolatli davlatning ma’naviy va ma’rifiy vazifasi. Bizning vazifamiz 
esa fuqarolar manfaatini ko‘zlovchi qonunlarga to‘liq rioya etishdan 
iborat. 
1
Каримов
И
.
А

Озод
ва
обод
Ватан

эркин
ва
фаровон
ҳаёт
-
пировард
мақсадимиз

Т
.: 
Ўзбекистон
2000, 
12-
бет

1
Ўша
жойда



278
Qayerda qonunlarga itoat qilinmas ekan, u yerda adolat buziladi, 
zo‘ravonlik vujudga keladi, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar kuchayadi va 
oxir-oqibatda jamiyat ma’naviy qashshoqlikka giriftor bo‘lib, 
parokandalikka uchraydi. Shuning uchun qonunlarga itoat qilish har 
bir shaxsning ma’naviy yuksaklik belgisi bo‘lishi bilan bir vaqtda 
jamiyatni barqaror rivojlantirishning asosiy sharti ham hisoblanadi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish