302
singdirilgan va asrlar mobaynida xalq ma’naviyatining asosi bo‘lib
kelayotgan diniy an’analar va ma’naviy qarashlarga o‘z asarlari bilan
katta ta’sir ko‘rsatgani sababli kishilar tafakkurida katoliklar
o‘rnatgan diniy, siyosiy, madaniy, huquqiy
va iqtisodiy tartiblarga
nisbatan norozilik yuzaga kela boshlagan edi.
Mantiqan olib qaraganda, jamiyatda diniy ma’naviyat hamda
qonunlarning dunyoviy ma’naviyat va qonunlar bilan almashinishi
orqali yuzaga kelgan Yevropa Renessansi davri Bruno kabi
olimlarning asarlari va ularning xalq orasida
keng tarqalishi bilan
bog‘lanadi. Jordano Brunoning fikriga ko‘ra, falsafaning asosiy
vazifasi tabiat ustida turgan Xudoni yoki narigi dunyoning sirlarini
emas, balki tabiatning o‘zini o‘rganishdan iborat bo‘lmog‘i zarur.
Jordano Bruno falsafasidagi eng asosiy g‘oya - ilohiylik va tabiiylik,
moddiylik va ideallik, tana va ruhiyat, aqliylik va hissiylik, koinot va
yerdagi hayotning dialektik aloqadorligi muammolarini aniqlab
berishdan iborat.
Mutafakkir koinotda mavjud bo‘lgan turli sayyoralar o‘rtasida
o‘zaro aloqadorlik va ta’sir borligini isbotlashga urindi. Bruno
Renessans davri an’analarini
davom ettirib, bilish jarayonida har
qanday obro‘-e’tiborga sajda qilishga, uni mutlaqlashtirishga qarshi
chiqdi.
Jordano Brunoning ta’kidlashicha, bilish jarayonida hissiy
bosqichning
ahamiyati uncha katta emas, chunki his-tuyg‘u insonga
aqlni qo‘zg‘atish, unga ichki turtki berish uchun kerak. Aqlni
qo‘zg‘atish, hissiyot qanday takomillashgan bo‘lishidan qat’iy nazar,
ayrim noaniqliklardan xoli emas. Jordano Bruno ta’limoti yangi
dunyoqarash sari bosilgan ulkan qadam edi.
Markaziy Osiyoda ham yuzlab ana shunday buyuk jasorat
sohiblarini sanab o‘tish mumkin. Xususan, Xorazm Ma’mun
akademiyasida faoliyat ko‘rsatgan
Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon
Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Xo‘jandiy, Ahmad ibn Muhammad
Xorazmiy, Ahmad ibn Hamid Naysaburiy kabi allomalarning
fidoyiligi tufayli Sharq ziyo maskaniga aylandi.
Ularning ilmiy
kashfiyotlari, mashaqqatli mehnat ortida yaratgan asarlari jahon ilm-
fanining rivojiga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shildi.
Ilohiy ishq yo‘lida eng buyuk jasorat ko‘rsatgan Mansur Halloj,
Nasimiy, Mashrab kabilarni bugungi avlod yodidan chiqarmaydi. El-
303
yurt mustaqilligi yo‘lida o‘z jonini fido qilgan Najmiddin Kubro yoki
Jaloliddin Manguberdilarning jasoratisiz, mamlakatni rivojlantirish,
davlatni mustahkamlashga umrini baxshida etgan Amir Temursiz,
xalq
farovonligi, jamiyat barqarorligi haqida qayg‘urgan Alisher
Navoiysiz, Vatan ishqi bilan buyuk saltanatni yaratgan Zahiriddin
Muhammad Bobursiz o‘zbek xalqining tarixi va buyuk kelajagini
tasavvur etish mumkin emas. XX asr tarixida ham bunday ulug‘
siymolarni ko‘plab uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: