Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Mahatma Gandi
(2.10.1869-30.1.1948) - asl ismi Mahatma 
Karamchand Gandi, Hindistonda milliy ozodlik kurashi rahbarlaridan 
biri, siyosatchi, atoqli mutafakkir. U «Mahatma» («Buyuk qalb») 
taxallusi bilan mashhur. Gandi nomi bilan bog‘liq gandizm ta’limoti 
Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rasmiy mafkurasi sifatida tan 
olingan va u hozirga qadar hind xalqi tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsa-
tib kelayotgan ma’naviy omil hisoblanadi. Hindiston mustaqilligining 
ashaddiy raqiblaridan biri U.Cherchill Gandiga «isyonkor faqir» 
nomini bergan edi. Garchi, U.Cherchill mazkur laqab bilan Gandini 
xalqaro doirada yerga urishni ko‘zlagan bo‘lsada, aslida Gandining 
«faqir»ligi, kamtarligi, sabr-matonati butun hind xalqi ma’naviyatiga 
ta’sir ko‘rsatgan.
Mustamlakachilarga qarshi kurashning o‘zi asoslagan madaniy 
shaklda boshlagan bu yo‘l butun dunyoda Gandining obro‘-e’tiborini 
yuksak darajaga ko‘targan. Gandi tashkil etgan harakat dunyoga 
zulmu istibdodga qarshi kuch ishlatmasdan, ma’naviy omillarga 
suyangan holda kurashish va g‘alaba qilish mumkinligini amalda 
isbotlab bergan edi. Gandichilik Hindiston tarixidagi butun bir davr 
mazmunini tashkil etadi. Gandi «Satiyagraxa» («Qat’iylik haqiqatda», 
ya’ni «kuch ishlatmasdan kurashish») g‘oyasini ilgari surgan. 
Satiyagraxa ta’limotida, idealizm va siyosiy pragmatizm bir-biri bilan 
o‘zaro bog‘lanib ketgan. Zo‘rlikka qarshi sabr-toqat, chidamni tan 
olmasada, unga qarshi barcha vositalarni ishga solish Gandining 
axloqiy prinsiplariga mos kelmagan.
Gandi Hindistonni vayronagarchiliklardan, tanazzuldan, xalq-
ning qirilib ketishi va kuchga asoslangan inqilobiy harakatlar natija-
sida yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘plab falokatlardan saqlab qolgan 
edi. Gandi HMK yetakchilaridan farqli ravishda o‘z ta’limotini xalq 
orasida targ‘ib etgan, kishilarda yuksak ma’naviy tafakkurni shakl-


304
lantirishga intilgan edi. Uning targ‘iboti oddiy, sodda, barcha birday 
tushunadigan va biladigan, amal qilish qiyin bo‘lmagan tushuncha va 
harakatlardan iborat edi.
Butun umr oddiy va kamtorona, lekin ezgu g‘oyalar yo‘lida 
tinimsiz kurashib yashagan bu zotning falsafiy-siyosiy qarashlarida 
insoniyat uchun ibratli jihatlar ko‘p. Jumladan, uning turli muammo 
va ziddiyatlarni kuch ishlatmasdan, tinch yo‘l bilan hal qilishga oid 
fikrlari dunyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda, ijtimoiy 
hamkorlik masalasida bugun ham o‘z ahamiyati va dolzarbligini 
yo‘qotmasdan kelmoqda».
1
Hindiston ikki davlatga bo‘lib yuborilgach (1947-yil), Gandi 
umrining oxirigacha diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) uchun kurash 
olib bordi. Chunki Hindistondagi ko‘p dinlilik, aholining turli 
dinlarga e’tiqod qilishi ma’naviy birlashuv orqali erishilgan 
g‘alabalarga katta xavf tug‘dirardi. Dinlar bilan bog‘liq ma’naviy 
tafakkurdagi rang-baranglik, siyosiy-ma’naviy birlikning buzilishini 
oldini olish bu davrda Gandi ta’limotining bosh yo‘nalishiga aylangan 
edi. Gandi 1948-yil 30-yanvarida hind shovinistik terroristik tashkiloti 
«Rashtriya svayam sevak singx» a’zosi N.Godze tomonidan 
o‘ldirilgan. 
Hindiston tarixida buyuk rol o‘ynagan Gandini bekorga «millat 
otasi» deb atashmagan. Uning satiyagraxasi etnik, diniy kasta, til, 
mintaqaviy va xalq orasidagi turlicha ma’naviy qarashlar bilan 
bog‘liq. U har xil to‘siqlarni buzib tashlagan edi. Hindiston birligi, 
istiqlol masalasi Gandining hayoti mazmunini tashkil etgan. Yer 
yuzida «sarvadoyya», («umumiy farovonlik jamiyati») qurish satiyag-
raxa g‘oyasining mohiyatini tashkil etgan. Unda demokratik va 
gumanistik tamoyillar o‘z ifodasini topgan. Gandi nomi bugungi 
kunda Hindistonda va butun dunyoda tinchlik, ijtimoiy hamkorlik, 
dinlararo bag‘rikenglikni anglatadi. Tamaddun kelajagi haqida fikr 
bildirayotib, mashhur ingliz tarixchi-sotsiologi A.Toynbi: «Dunyoda 
bir kun kelib urushlar, qirg‘inlar ham barham topadi, yer yuzi xalqlari 
orasidagi keskinliklar ularni o‘z ixtiyorlari bilan faqat bir yo‘lni 
tanlashlariga majbur qiladi. Bu yo‘l Gandi yo‘li - tinchlik yo‘lidir» 
degan edi. 
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият
– 
енгилмас
куч
». 
Т
.: «
Маънавият
». 2008. 161-162 
бетлар



305
O‘lka tarixiga qaytilsa, O‘zbekiston mustaqilligining ilk tamal 
toshlarini qo‘ygan istiqlol fidoyilari - jadidlarning ma’naviy jasorati 
ibrat maktabi bo‘ldi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, 
Abdulla Avloniy, Isoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, 
Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvarlar 
Turkiston o‘lkasini Chor mustamlakachiligidan xalos etish, yurtni 
taraqqiy toptirish yo‘lida o‘z huzur-halovatidan voz kechdilar, kerak 
bo‘lsa aziz jonlarini qurbon qildilar.
Tarixdan ma’lumki, chor hukumatining mustamlaka o‘lkalardagi 
siyosatini sho‘rolar davom ettirdi. Bu siyosatning asl mohiyati 
xalqlarni, xususan o‘zbek xalqini tarixidan ayirish, o‘zligini 
yo‘qotish, o‘lkani xomashyo bazasiga aylantirishdan iborat edi. 
Shuning uchun xalqning milliy tarixi, ma’naviyati, madaniyatini 
himoya qilishga harakat qilgan har qanday insonga «xalq dushmani», 
«vatan xoini» kabi tamg‘alar bosilib, qatag‘on qilindi. Shunday 
tahlikali davrda ham o‘zbek ziyolilari xalqning himoyasiga otlanib, 
fidoyilik ko‘rsatishdi, bu yo‘ldagi qiyinchilik va ta’qiblardan ruhan 
bukilmay, dadil turishdi.
Shunday shaxslar qatorida Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla 
Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad, Shukrullo singari shoir va 
yozuvchilar, Yahyo G‘ulomov, Ibrohim Mo‘minov

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish