Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
kabi o‘nlab,
 
yuzlab olimlarning nomlarini keltirish mumkin. Masalan, arxeolog 
olim Yahyo G‘ulomov sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonni yaxlit 
paxta dalasiga aylantirish siyosati tufayli qa’rida tarixiy obida va 
yodgorliklar yashiringan tepaliklar tekislanishiga qarshi chiqadi. Shu 
tufayli tazyiqqa uchraganda ham olim o‘z hayotiy va ilmiy 
qarashlaridan voz kechmadi. Tarix va kelajak oldida mas’uliyatini his 
etib tizimga, uning bema’ni siyosatiga mardona qarshilik ko‘rsatgan 
shunday insonlar tufayli o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi kelajak 
avlodlar uchun saqlanib qolindi.
Islom Karimov siyosiy, tashkiliy, g‘oyaviy, ma’muriy va boshqa 
jihatlardan juda mustahkamlangan, yangicha yashashni mutlaqo 
istamaydigan tuzum tomirlari chirmashib ketgan bir sharoitda 
yangicha tafakkur va yangicha yashash tarafdori bo‘lib maydonga 
chiqdi. Uning novatorlik kuchi mamlakatni bir tuzumdan ikkinchi bir 
tuzumga hushyorlik va donolik bilan olib o‘tishida, o‘zi tanlagan 


306
yo‘lning to‘g‘riligiga qat’iy ishonch bilan, barcha sohadagi islohotlar-
ni sobitqadamlik bilan joriy etishga intilishida namoyon bo‘lmoqda. 
O‘tgan tarixan qisqa va sermazmun davr mobaynida jahon 
siyosatida, davlatchilik va boshqaruvchilik tajribasida, aytish mum-
kinki, Islom Karimov maktabi vujudga keldi. Bugun mamlakatimizda 
ming-minglab turli toifadagi rahbarlar ana shu maktab sabog‘ini 
olmoqda va unda ishlab chiqilgan konsepsiyalar, siyosiy yo‘l-
yo‘riqlar asosida ish olib bormoqda. 
Prezidentimiz Islom Karimovning davlatchilik borasidagi 
faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, beixtiyor ko‘z o‘ngimizda turli 
davrlarda faoliyat ko‘rsatgan siyosat va davlat arboblari gavdalanadi.
Darhaqiqat, haqiqiy baho taqqoslash orqali beriladi. Tarixiy 
jarayon, voqea va hodisalar tahlil etilayotganda, ular bir-biriga qiyos-
langandagina o‘zining butun salmog‘i va miqyosi bilan namoyon 
bo‘ladi. Ana shu jihatdan qaraganda, milliy davlatchilikni barpo etish 
borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni jahonning 
ko‘plab mamlakatlari tarixida kechgan olamshumul jarayonlarga 
qiyoslash mumkin. 
Deylik, Sohibqiron Amir Temur turkiy ulusni va Turkistonni 
birlashtirish, yaxlit davlatni vujudga keltirish orzu-istagi bilan 
yashamaganida yoki uning o‘rnida boshqa bir odam taxt tepasiga 
kelganida o‘z davridagi buyuk siljishlar yuz berarmidi? 
Zahiriddin Muhammad Bobur «oyoq yetgancha ketgayman» 
deb ko‘nglida fig‘on, dard va hasrat bilan «Hind sari yuzlandi»-yu, 
turli din, mazhab va aqidalar bilan yashayotgan xalqlarni birlashtirib, 
buyuk Hindiston davlatiga asos soldi. Butun yer sharining ulkan bir 
qismida fan, madaniyat va san’atni rivojlantirib, odamlar ongi va 
dunyoqarashida to‘ntarish yasadi. Ana shu mintaqa xalqlari taqdirini 
butunlay boshqa o‘zanga burib yubordi. 
Mashhur davlat arbobi Jorj Vashington Shimoliy Amerikadagi 
ingliz konoloniyalariga qarshi mustaqillik uchun kurashda faol 
ishtirok etgan. Ozodlik harakatiga qo‘mondonlik qilib, sarkardalik 
iste’dodini yorqin namoyon etgan, Amerika Qo‘shma Shtatlari 
davlatining asoschisi hamda uning birinchi Prezident sifatida tarixda 
qolgan siymodir. 
Ikkinchi jahon urishidan keyin Fransiyani rivojlangan va 
demokratik davlat qatoriga olib chiqishda Sharl De Goll, urushdan 


307
batamom charchagan Germaniya iqtisodiyotini hamda uning jahon 
hamjamiyatida badnom bo‘lgan obro‘sini qayta tiklagan Konrad 
Adenauerlar o‘z millatlari va xalqlari xotirasida abadiy joy oldilar. 
Boshqacha qilib aytganda, bu har ikki buyuk siyosiy arbobning 
tarixiy xizmati bevosita butunlay yangi tarixiy sharoitlarda o‘z millati 
va davlatining beqiyos taraqqiyotini ta’minlagani, uning buyuk 
kelajagiga zamin yaratgani bilan asoslanadi. 
Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston hali SSSR tarki-
bida turgan paytidayoq milliy ozodlik uchun boshlagan harakati, 
mustamlakachilikka qarshi kurashish, mustaqillikka erishish va 
nihoyat, milliy davlatchilikka asos solish borasidagi faoliyati yuqori-
da tilga olingan mashhur davlat va siyosat arboblarining faoliyatini 
eslatadi. Islom Karimovning o‘zbek xalqi uchun tarixiy xizmati 
shundaki u butunlay yangi tarixiy sharoitda butunlay yangi o‘zbek 
milliy davlatchiligiga asos soldi. 
Qolaversa, O‘zbekiston rahbarining jahon davlatchiligi qurilishi 
tajribalarini boyitayotganligi, unga yangi mazmun, yangi shakl va 
joziba berayotgani uning o‘ziga xos qudratidan dalolat beradi. Zero, 
O‘zbekistondagi islohotlarni, dunyoning eng ilg‘or davlatchilik 
tajribalari va demokratik tamoyillariga mos keladigan, ayni paytda 
nihoyatda milliy, tagzaminli davlat qurilayotganligini xorijiy atoqli 
siyosatdonlar tan olmoqdalar va yuqori baholamoqdalar. 
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday davlatchilik 
faqat milliy asosda qurilgandagina, tub aholi ma’naviy-ruhiy 
ehtiyojlaridan kelib chiqib barpo etilgan taqdirdagina, yashovchan 
bo‘ladi. Ayni paytda, u milliy ravnaq uchun keng imkoniyatlar 
yaratadi. Chunki har bir xalq o‘zining boy o‘tmishini, tarixini, 
an’analarini va o‘zligini bevosita davlat timsolida ko‘rishi kerak. Bu 
o‘zini bilgan, o‘zini tanigan xalq uchun juda katta ma’naviy-ruhiy 
ehtiyoj hisoblanadi. 
Atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiya, taniqli olim Ozod Sharafiddinov 
kabi ko‘plab yurtdoshlarimiz ham ma’naviy jasorat sohiblari hisob-
lanadilar.
«O‘zini o‘zbek xalqining farzandi degan har bir inson ana 
shunday fidoiy yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi, unib-o‘sib 
kelayotgan bolalari, shogirdlariga ma’naviy jasorat timsoli sifatida
aynan mana shunday odamlarni namuna qilib ko‘rsatadi. Va hech 


308
shubhasiz, umr bo‘yi el-yurt manfaati, Vatan istiqboli uchun kurashib, 
jon fido qiladigan ana shunday qahramon farzandlari bor xalq hech 
qachon kam bo‘lmaydi. Olis va yaqin tariximiz shuni ko‘rsatadiki, 
xalqimiz doimo ma’naviy jasorat hissi bilan yashagan va bu ulug‘ 
tuyg‘u uning hayotida yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora kuchayib, 
yuksalib, bormoqda. Chunki xalq ma’naviyati shunday bir buyuk 
ummonki, har qaysi avlod undan kuch-qudrat, g‘ayrat va ilhom olib, 
o‘zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon etadi».
1
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч

Т
.: «
Маънавият
» 2008. 169-170-
бетлар



309

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish