Demokratiya eksporti:
1) jahondagi ayrim qudratli davlatlar yoki davlatlar guruhi
tomonidan suveren davlatlarning o‘z taraqqiyot modelini o‘zi tanlash
huquqiga, qolaversa, demokratiyaning ma’no-mazmuni, pirovard
maqsadlariga zid ravishda uning «hammabop uslubi»ni kuch ishlatish
yo‘li bilan boshqa jamiyatlarga tiqishtirish amaliyotini anglatadi;
2) yosh mustaqil davlatlarda demokratiya tanqisligini ro‘kach
qilib, bu mamlakatlardagi demokratlashtirish jarayonlarini sun’iy
ravishda jadallashtirishga urinayotgan ayrim kuchlar va siyosiy
doiralarning xatti-harakatlarini ifoda etuvchi tushuncha mohiyati
Yurtboshimiz tomonidan quyidagicha ko‘rsatib berilgan:
«Ma’lum bir
mamlakatda, aytaylik, «demokratiya taqchilligi» mavjud, ushbu
mamlakat xalqiga ana shu taqchillikdan xalos bo‘lishga yordam
berish kerak, deb hisoblanadi. Buning uchun katta mablag‘lar
ajratilib, tegishli kuchlar yo‘naltiriladi. Va bundan ko‘zlangan maqsad
to‘ntarish uyushtirish va ana shunday «taqchillik»ni vujudga keltirgan
rahbariyatni yo‘qotishdan iborat tushuncha. Mana shunday holatlarda
«baxmal o‘zgarish»lar texnologiyalari ishga tushadi: avvalgi
hokimiyat nisbatan tinch yo‘l bilan, qurbonlarsiz ketishi, uning o‘rnini
boshqa, mazkur texnologiyalar manfaatlariga javob beradigan kuchlar
egallashi ko‘zda tutiladi». Aslida, demokratiya boshqa mamlakat
282
hududiga uning milliy manfaatlari va xususiyatlarini inobatga
olmasdan turib, eksport qilinishi mumkin bo‘lgan oddiy bir tovar
emas. Agar demokratiyaga ham eksport predmeti sifatida yondashilsa,
u bir tarafning boshqa taraf ustidan ustunlikka erishish vositasiga
aylanadi. Holbuki, hech bir xalqaro tashkilot yo hech bir davlatga
o‘zga mamlakatda zo‘ravonlik bilan demokratiya o‘rnatish vakolati
berilgan emas. Demokratiyani zo‘rlik bilan boshqa joyga eksport
qilish demokratiya tamoyillariga hech qachon mos kelmaydi.
Keyingi-yillarda yaqindagina mustaqillikka erishgan mamlakatlarda
demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirish zarurligi haqida
ayyuhannos solayotganlarning bunday intilishlari ortida qanday
geosiyosiy, strategik va iqtisodiy maqsad-muddaolar turgani sir emas.
Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar
o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Yerkinlik va
demokratiyani olg‘a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan,
uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o‘z
vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda
mustaqil davlatlar suverenitetini pisand qilmay, ularning ichki
ishlariga aralashayotgan «demokratiya rejissyorlari» aslida dunyoga
hukmronlik qilishga, o‘zga mamlakatlardagi yerusti va yerosti
boyliklarini egallab olish, muayyan mintaqalardagi tinch-osuda
hayotni izdan chiqarish, hokimiyat tepasiga aynan o‘sha davlatlarning
manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarning kelishiga yordam
berishga intilayotgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Bir so‘z bilan
aytganda, demokratiya eksporti yangi ko‘rinishdagi mustamlaka-
chilik, gegemonizm va buyuk davlatchilik shovinizmiga xizmat
qiladigan harakatdir. Shu bois demokratiya eksportining g‘arazli
ta’siridan mamlakatimizni asrash, ma’naviy qadriyatlarimiz,
davlatchilik an’analarimiz, demakki, milliy taraqqiyotimizni izdan
chiqaruvchi bunday tahdidlarga qarshi ogoh va hushyor bo‘lish,
ularga qarshi qat’iy va izchil kurash olib borish bugungi kunning
dolzarb vazifalaridandir.
Demokratiyani hayotga joriy qilishda mamlakat xalqining milliy
ehtiyojlari, turmush tarzi axloqiy mezonlaridan kelib chiqqan holda
yondashish kerak bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqadigan
bo‘lsak, hamma xalqlar uchun demokratiyani birday joriy qilishining
bir xil qolipi bo‘lishi mumkin emas, masalan, sharqona demokratiya
283
haqida gap ketganda Prezident Islom Karimov: «Sharqda demokratiya
jarayonlarining qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos
xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. Ya’ni
Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda asta-sekin taraqqiy
topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat
noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g‘arb olimlari
ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb
aytganlar. Tabiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi»
1
deya
demokratiyani joriy etishning tamoyillari borligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarda Turkiya,
Germaniya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlar bizga o‘z taraqqiyot
dasturlari va modellarini tavsiya etdilar. To‘g‘ri, bu mamlakatlarda
demokratiyaning ibratli va o‘rganishga arzirli tajribalari mavjud.
Biroq davlatimiz rahbari Islom Karimov bu takliflarga o‘zining aniq
munosabatini bildirib, bu masalaga har bir millatning turmush tarzi
ruhiyatidan kelib yondashish zarurligini aytdi.
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, demokratik jarayonlarni
chetdan nusxa olib ko‘r-ko‘rona ko‘chirish aslo samara bermaydi.
Bunday yo‘l chalkash va xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, g‘arb demokratiyasini
to‘g‘ridan to‘g‘ri sharq mamlakatlarida joriy etish mumkin emas.
Unga taqlid qilish kutilmagan fojialarga olib kelishi mumkin.
Sodda qilib aytganda, demokratiya - ongli fikrlash, har qanday
ehtiroslardan xoli, aql-idrokka tayangan munosabat; Demokratiya –
yuksak ma’naviyat va ichki madaniyatni oshkor etish imkoniyati;
demokratiyani anglash shaxsning barcha uchun birday zarur bo‘lgan
qonunlarga to‘la rioya etishi; aniq tartib-intizomga tayanib, yashash,
salohiyati; demokratiya-inson haq-huquqlarining qonuniy himoya
qilinishi.
Aksincha bo‘lgan jamiyatda boshboshdoqlik, parokandalik avj
oladi va oqibatda bunday jamiyat halokatga uchraydi. Shuning uchun
ham Prezidentimiz mamlakatimizning siyosiy va davlat qurilishi
sohasidagi xususiyatlarini ko‘rsatib berar ekan, «siyosiy hayotning
barcha sohalarini erkinlashtirish jamiyatda demokratiya, fikr va
vijdon erkinligi tamoyillari gumanizm g‘oyalari va umuminsoniy
1
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистоннинг
сиёсий
-
ижтимоий
ва
иқтисодий
истиқболининг
асосий
тамойиллари
.
Т
.:
Ўзбекистон
, 1995. 10-11-
бетлар
284
qadriyatlarni qaror toptirish
1
»ni muhim vazifa sifatida belgilab berdi.
Mustaqillik tufayli erkinlik, demokratiya nimaligini va
o‘zligimizni kashf etdik. Tom ma’naviy kamolotga yetmaguncha, to
xatti-harakatlarimiz, munosabatlarimiz aqlu-idrok va umumiy
manfaat doirasi bilan chegaralanmaguncha demokratiyaning mazmuni
ham, ko‘lami ham kutganimiz darajasida bo‘lmaydi. Bu bevosita
fuqarolar ongi, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish, yaqin o‘tmishdan
qolgan loqaydlik va boqimandalik kayfiyatlarini yo‘qotish, shu asosda
davlatimiz, vatanimiz istiqboli uchun kuyinish tuyg‘ularini
kuchaytirish kabi murakkab va uzoq muddatli jarayon bilan bog‘liq.
Ana shundan kelib chiqib, Prezident Islom Karimov: «.. demokratiya
o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va
jismoniy mehnat qilib, ter to‘kib, hayotning achchiq-chuchugini
obdan tortib, keyin aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham
boshdan o‘tkazib, og‘ir sinov va kurashlarga mardona bardosh
beribgina erishish mumkin
2
»,degan edi.
Shunday qilib, milliy o‘zlikni anglash, huquqiy savodxonlik,
qonunlarga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat, demokratik qadriyat-
larga sodiqlik bir tomondan jamiyat ma’rifiy taraqqiyot yo‘lidan
borishini ta’minlaydigan omil bo‘lsa, ikkinchi tomondan shaxs
ma’naviy komilligini ko‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi.
Jamiyatda komillik mezoniga javob beradigan kishilar aksariyat
ko‘pchilikni tashkil qilsagina, ma’naviy barkamollik va iqtisodiy
yuksaklikka erishish mumkin bo‘ladi.
1
Каримов
И
.
А
.
Миллий
истиқлол
мафкураси
халқ
эътиқоди
ва
буюк
келажакка
ишончдир
.
Т
.:
Ўзбекистон
2000, 13-14-
бетлар
.
2
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистоннинг
сиёсий
-
ижтимоий
ва
иқтисодий
истиқболининг
аосий
тамойиллари
.
Т
.:
«
Ўзбекистон
», 1995. 10-11-
бетлар
.
285
Do'stlaringiz bilan baham: |