Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
 


271
13.2. Milliy o‘zlikni anglash va uning mohiyati 
 
Milliy o‘zlikni anglash har bir inson uchun ma’naviy barqa-
rorlikning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Chunki u avvalo, 
o‘zining kimligini bilib olsa, qaysi millatga mansubligini tushunib 
yetsa, avlod-ajdodlari, ular qoldirgan moddiy va ma’naviy merosni 
o‘zlashtirsagina to‘laqonli shaxs darajasiga yetishi mumkin. Bunday 
shaxslar millatning aksariyat ko‘pchilik qismini tashkil qilsagina 
bunday millatning istiqboli buyuk bo‘ladi. Shuning bilan birga 
o‘zini-o‘zi anglab yetgan, aqli raso, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan 
uyg‘ongan va jipslashgan xalq va millatni mustamlakachilik 
kishanlarida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti 
qilish, boyliklarini talab ketish, huquqlarini paymol etish, davlat 
mustaqilligidan judo qilish aslo mumkin emas. 
O‘z-o‘zini anglash bu xalqning, millatning o‘tmishi, tarixiy 
taraqqiyot yo‘lini, ota-bobolari, nasl-nasabi, avlod-ajdodlarining kim 
bo‘lganligi va ularning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga 
qo‘shgan buyuk hissalarini bilib olishdir. 
Milliy o‘zlikni anglash – millat yashayotgan Vatanning porloq 
istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega 
ekanligini chuqur anglab yetish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud 
imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, real voqelikka aylantirish uchun 
o‘zini safarbar etish, barcha imkonyatlari, kuch-g‘ayratini ishga solish 
demakdir. O‘zlikni anglash o‘z mohiyatiga ko‘ra millat va elatlar 
uchun xos bo‘lgan ma’naviy xususiyatlarni ifoda etib, o‘z vazifasiga 
ko‘ra milliy manfaatlarni himoya qiladi. 
Shunday qilib, har bir millat va elatning o‘zini real mavjud 
subyekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi etnik 
birlik, til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarga mansubligi, manfaatlar 
va ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy o‘zlikni anglash 
deb 
ataladi. 
Milliy 
o‘zlikni 
anglash 
millat 
birligining 
mustahkamligini, millat manfaatlarining shaxs, mahalliychilik 
manfaatlaridan ustun turishini anglash darajasi bilan bog‘liqdir. 
Milliy o‘zlikni anglash millatimiz til, urf-odatlar, an’analar, 
qadriyatlar, hudud yagonaligi ma’naviyatning o‘ziga xosligidan iborat 
millatning mustaqil belgisi hisoblanadi. Milliy o‘zlikni anglash millat-
ning mustaqil belgisi ekanligi – milliy manfaatlar, ehtiyojlar umu-


272
miyligini himoya qilish va millat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash 
zaruriyatini anglash bilan belgilanadi. 
Milliy o‘zlikni anglash omillarining qudrati quyidagi 
sharoitlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi: 
1. Agar milliy o‘zlikni anglash rivojlangan bo‘lsa, yuqorida 
qayd etganimizdek, millatning manfaatlariga, ayniqsa, sha’ni, qadr-
qimmati, obro‘-e’tibori poymol etilishiga qaratilgan harakatlar yuzaga 
kelgan sharoitda, millatning barcha vakillari birlashib ketadilar, hatto 
millatning ichida o‘zaro muxolifatda bo‘lgan tomonlar ham
millatning sha’ni, g‘ururi, obro‘-e’tiborini himoya qilish manfaati 
yo‘lida birlashadilar. 
2. Milliy o‘zlikni anglash ruhiy his-hayajon, ehtiros omilidir. 
Mazkur holat tashqaridan qaraganda sezilmaydi. Uni millatning xatti-
harakatlari, intilishlari va maqsadlarini amalga oshirishdagi salohiyati 
orqali bilib olish mumkin bo‘ladi. 
Ruhiy his-hayajon va ehtiroslarning «portlashi» millatning
xarakteri, xususiyatlari, milliy g‘oyalarni yaratuvchi, uning taraqqi-
yotida oldingi safda turuvchi ziyolilarning salohiyatiga bog‘liq. 
3. Milliy o‘zlikni anglash omili faqat milliy manfaatlarni himoya 
qilish bilan cheklanmaydi, balki milliy taraqqiyot jarayonida uning 
oldida yuzaga keladigan ichki muammolarni hal etish hamda millatni 
birlashtiruvchi va harakatga keltiruvchi vazifani ham bajaradi. Bu 
muammolar mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
ma’rifiy sohalarda sodir bo‘lishi mumkin. 
4. Milliy o‘zlikni anglash millatning muhim belgisi sifatida, 
faqat uning manfaatlarini ifodalab yoki himoya qilish bilan cheklan-
may, balki shular bilan birga uning abadiyligini ta’minlab turuvchi 
mustahkam qo‘rg‘on hamdir. 
Siyosiy ma’naviyati, milliy ongi rivojlangan, milliy jihatdan 
o‘zligini anglab yetgan xalq, millat mustaqilligining buyuk kuchiga 
aylanadi. Millatning, xalqning kuch-qudrati uning sha’ni bilan bir 
qatorda siyosiy yetukligi, milliy ongning o‘sganligi, milliy g‘ururi, 
hissiyoti, tuyg‘uning qay darajadaligi, o‘z-o‘zini anglab yetganligi, 
uyushganligi bilan belgilanadi. O‘zligini anglagan millatni harbiy 
ustunlik bilan vaqtincha qaram qilish mumkin, ammo uni batamom 
qaram qilib bo‘lmaydi. Undagi milliy g‘urur har qanday sharoitda 
ham ozodlikka chiqishi uchun kurash olib borishga undaydi. Shunday 


273
qilib, milliy o‘zlikni anglash millatning eng muhim belgisi, uning 
rivojlanishi va kelajagini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Murakkab kurash jarayonini o‘z boshidan kechirgan o‘zbek 
xalqi mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘zining mustaqil millat 
maqomini tiklash uchun dadil harakat qildi. Xususan, bosib o‘tilgan 
tarixan qisqa davr mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta 
ishlar amalga oshirildi. Bu-yillarda millatimizning o‘zligini anglashi 
jadal rivojlanib bordi. Bu milliy o‘zlikni anglash jarayonining 
yuksalib borish xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ldi: 
Sobiq tuzumda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda millatning tarixi,
o‘zligi, ma’naviyati, qadriyatlarini yo‘q qilish maqsadida qanday 
ishlar amalga oshirilmasin, millatimizning dunyoqarashini butunlay 
o‘zgartira olmadi. Xalqimiz har qanday sharoitda ham o‘zligiga 
qaytish kayfiyati va ruhiyati bilan yashab keldi. Chunki sho‘rolar 
tuzumi bermoqchi bo‘lgan ma’naviyat va ma’rifat, uni shakllantirish 
milliy madaniyatlar rivojlanishining obyektiv qonunlariga asoslan-
may, balki, subyektiv kuchning, ya’ni kommunistik mafkuraning 
zo‘ravonligiga tayangan edi. Bundan tashqari sobiq tuzum bermoqchi 
bo‘lgan ma’naviyat va ma’rifat milliy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri 
asosida boyishga emas, balki, rus millatning madaniyati va 
ma’rifatini boshqa millatga singdirishga qaratilgan edi. 
Sobiq sovet jamiyati madaniyatining modeli «nazariy» jihatdan 
«asoslangan» bo‘lsa ham, ammo u amalda mavhum tushuncha edi 
(«mazmunan sotsialistik, shaklan milliy»). Mohiyat jihatidan esa 
o‘zbek xalqi ajdodlari tomonidan asrlar davomida yaratilgan va 
bugungi avlodlarga meros bo‘lib o‘tgan ma’naviyat va ma’rifatga 
mutlaqo zid edi. Mustaqillikka erishishimiz bilan bunday holatlarga 
Prezidentimiz rahnomaligida barham berildi. 
Mustaqillikning dastlabki bosqichlarida milliy o‘zlikni anglash-
ning xarakterli xususiyati shunda bo‘ldiki, milliy qadriyatlardan ko‘ra 
diniy qadriyatlarni ko‘rsatish birinchi o‘ringa chiqdi. Buning obyek-
tiv sababi bor edi. Xususan, o‘zbek xalqi ma’naviyati va rivojlanishi-
ning sho‘rolar tuzumi o‘rnatilguncha bo‘lgan davri islom ma’naviyati 
va ma’rifati bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, u millatimiz ongi 
va ruhiyatining muhim qismini tashkil qilib kelgan. Xuddi shuning
uchun ham bolsheviklar islomga qarshi kurash yo‘li bilan millatni 
ham yo‘q qilish mumkin, deb hisoblaganlar va shu siyosatni izchillik 


274
bilan amalga oshirishga intilganlar. Ularning bu harakatlari bejiz 
emas edi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish