14.3. Adabiyot, san’at va boshqa omillar shaxs ma’naviyatini
shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi
Adabiyot va san’at asarlari fuqarolarimizning ma’naviy dunyo-
sini boyitish, ularni go‘zal narsalarning hammasidan bahramand qilish
kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Ma’naviy g‘oyasi yuksak, badiiy
jozibali adabiyot va san’at asarlari kishilar qalbiga tezroq yo‘l topish,
estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish, hayotiy voqea – hodisalarni
chuqur mushohada etishga da’vat qiladi. Shuning uchun adabiyot va
san’at asarlarining kishilarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda
tarbiyalashdagi badiiy ta’sir etishdek vositachilik xususiyatlaridan
imkoni boricha kengroq foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchilligi kishilar
ichki-ruhiy dunyosiga emotsional ta’sir ko‘rsata olishdadir. Ma’naviy
1
И
.
А
.
Каримов
«
Тарихий
хотира
ва
инсон
омили
–
буюк
келажагимизнинг
гаровидир
» .
Т
.:
Ўзб
e
кист
o
н
,
2012. 29-30-
бетлар
.
294
barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ana shu
xususiyatini hisobga olish muhim hisoblanadi.
Ma’naviy tarbiyada o‘zbek xalqinnig boy ma’naviy merosidan
keng foydalanish uning ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda
muhim omil bo‘la oladi.Yoshlarimiz tarbiyasida Yusuf Xos Hojib,
Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy,
Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi klassik shoir va yozuvchilarimiz
asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy
boyitishda katta ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy
badiiy -ma’naviy merosi o‘zinig chuqur falsafiy mazmuni, axloqiy
yo‘nalishi bilan ajralib turadi.
Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, to‘g‘rilik,
birovning haqiga ko‘z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvar-
lik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol
luqma bilan kun ko‘rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun
zarur ma’naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan.
Bu xislatlarni ko‘ramiz va ulardan ma’naviy tarbiyada Pirimqul
Qodirov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov, Tohir Malik
kabi yozuvchilarimiz, Abdulla Oripov, Yerkin Vohidov, Oydin
Hojiyeva, Omon Matjon, Rauf Parfi kabi shoirlarimizning asar va
she’rlaridan ham keng foydalanish, badiiy asarlardagi qahramonlar-
ning fe’l-atvori, axloqi, ma’naviy dunyosi to‘g‘risida suhbat,
munozara o‘tkazish katta samara beradi.
Ma’naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta’sir etishda teatr
san’atining ham roli, o‘rni va ahamiyati ta’sir etish doirasi imkoni-
yatlari cheksizdir. Biz teatr san’atini ikki tomoni charxrlangan sham-
shirga o‘xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga
yorug‘lik olib kirsa, uni yuksak ma’naviylik tomon yo‘llasa, ikkinchi
tomoni bilan esa inson qalbidagi nodonlik, jaholat ya’ni ma’naviyat-
sizlikka qarshi kurashadi.
Teatr san’ati boshqa san’at turlari kabi obrazli – badiiy tabiati
bilan inson qalbiga emotsional ta’sir ko‘rsatish, uning ruhiy
dunyosiga chuqur kirib borish, shu orqali ma’naviy dunyosini
boyitish xususiyatiga ega. Kishilarni yuksak ma’naviylik ruhida
tarbiyalashda teatr san’atining ana shu xususiyatlaridan unumli
foydalanish zamon talabi. Afsuski, fuqarolarimiz, shu jumladan,
295
yoshlarimizning teatr, kino san’ati yoki san’atning boshqa turlariga
bo‘lgan qiziqishi yetarli darajada emas. Teatr bir vaqtning o‘zida ham
so‘z, ham musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga ta’sir etish
xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi, shuning uchun teatr va kino
san’atining bu xususiyatidan ma’naviy tarbiyada foydalanish katta
samara berishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish lozim
bo‘ladi.
Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida televideniye
imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish zarur.
Kishilarimiz «Otalar so‘zi-aqilning ko‘zi» kabi ko‘rsatuvlarni sabrsiz-
lik bilan kutganidek, ma’naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya’ni
jasorat va oliyjanoblikni, ma’naviy go‘zallik va axloqiy poklikni,
ulug‘vorlik, nafosat va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi
badiiy yuksak adabiyot va san’at asarlariga muhtoj. Chunki ular
ma’naviyatimizni yuksaltiribgina qolmasdan, shuning bilan birga
yoshlarimizga ilm egallashga, millat va vatanni taraqqiy ettirishga
fidoyilik ko‘rsatishda, zavq-shavq va ilhom bag‘ishlaydigan
vositalarning asosiylaridan hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga
milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat kengashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham alohida
ta’kidlash lozim. Uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi
bo‘limlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, u talaba-
yoshlar bilan respublikamizning ko‘zga ko‘ringan adabiyot va san’at
arboblarining uchrashuvlarini tashkil etish, olimlar ishtirokida turli
ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish kabi o‘ta muhim ishlarni
amalga oshirmoqda. Ayniqsa, bu kengash tomonidan ma’naviyat,
tarbiya va ta’lim masalalariga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop
risolalarning chop etilishi va ularni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib
qilinayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu kengash o‘z faoliyati
bilan mamlakatimizda ta’lim-tarbiya borasida olib borilayotgan
umumiy ishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Shaxs ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda so‘z
g‘oyaviy ta’sir vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. «Yaxshi so‘z –
qilichdan ham o‘tkir» degan gap bor. Haqiqatdan ham o‘z o‘rnida
ishlatilgan so‘zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, ba’mani fikr
doimo kishilarning xulq-atvoriga, ma’naviyatiga ijobiy ta’sir
296
ko‘rsatadi. Fikrni esa tinglovchilarning talab-ehtiyoji, orzu-umidlari
va manfaatlariga aloqadorligini hisobga olgan holda bayon etilsagina,
ta’sirchan va ishonchli bo‘ladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani olib borishda muayyan ma’naviy
qarashlar tizimini birdan, bir vaqtning o‘zida ifoda etishga intilmaslik
lozim. Tinglovchilarga alohida-alohida fikrlarni ravon va sodda tilda
bayon etilsa, ular masalaning mohiyatini tez anglab, aytilayotgan fikr
tinglovchi qalbidan o‘rin oladi. Masalan, shaxs ma’naviyatini
shakllantirishda milliy qadriyatlarimizni o‘rni haqida so‘zlar ekanmiz,
ularning barchasini bir boshdan birma-bir aytish shart emas. Ya’ni
ona mehr-muhabbatining naqadar ulug‘ kuch ekani, bunga aloqador
noyob udumlarimiz borligini anglash uchun oddiy ona allasining
ta’sirchanligini his etish kishi qalbida kuchli takrorlanmas
kechinmalarni uyg‘otishi mumkin.
O‘zini-o‘zi boshqarishning milliy modeli bo‘lgan mahallamiz
azaliy udumlari, urf-odatlar va an’analarga tayangan holda, ulkan
ma’naviy tarbiya o‘chog‘i vazifasini bajaradi. Keksalarning pand-
nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi orqali
odamlar ongiga ezgulik g‘oyalari singdirib boriladi. Mahalla avvalo,
sog‘lom ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy muhit sanaladi. Mahallada kuchli
ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlini uning katta yoki
kichikligidan, amaldor yoki oddiy ishchi, hunarmand, boy yoki
nochor bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning xulq-atvori, o‘zaro
munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib
turadi.
O‘zbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan boshlaboq
mahalla institutiga katta e’tibor berildi. Prezidentimiz tomonidan
1992-yil 12-sentabrda respublika «Mahalla» jamg‘armasini tashkil
etish to‘g‘risida Farmon va 1993-yil sentabr oyida «Fuqarolarning
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi.
Mahalla o‘z ahlining ma’naviy, ruhiy dunyosi, mafkuraviy ongi va
tafakkuri, insonlarning o‘zaro aloqalari, oilaviy munosabatlarini
shakllantiruvchi, qo‘ni-qo‘shnichilik, quda-andachilik kabi muammo
va masalalarni hal etuvchi nodavlat tashkilotdir. U jamiyat hayotida
tinchlik va osoyishtalikni, hamjihatlik va hamkorlikni saqlashda
mehr-oqibatlilik, shafqat va muruvvat kabi usullar bilan har qanday
mavjud muammolarning yechimini topa oladigan ijtimoiy hodisadir.
297
Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida
ta’kidlaganidek, «O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyoj-
mand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-
yesirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni
ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon
kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar
avvalambor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan. Xalqi-
mizga xos o‘zini-o‘zi boshqaruv tizimining bu noyob usuli qadim-
qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida
chuqur joy egllagani bejiz emas». Biz « Mahalla –ham ota, ham ona»
degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida
qabul qilamiz.
Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta «Mahalla» tushunchasi
Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va
maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi. Mahalla boshqaruviga bunday katta
e’tibor bugun mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning xalqchil-
ligidan dalolat beradi. Ayni paytda u yurtimizda amalga oshiri-
layotgan «Kuchli davlatdan-kuchli jamiyat sari» degan tamoyilning
amaliy ifodasi bo‘lib, ma’naviy hayotimizni yanada mustahkamlash,
yosh avlodimizning ongu tafakkurini zamonaviy asosda shakllantirish
borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda
1
.
Mahallda keng jamoatchilik o‘rtasida g‘oyaviy-mafkuraviy,
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun katta
imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, har bir kishi qalbida milliy
qadriyatlar, mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, el-yurt sha’ni uchun
kurash, o‘zaro yordam kabi fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning
o‘rni beqiyos.
Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya muassasa-
larining ham o‘rni nihoyatda katta. Maktablar, akademik litsey, kasb-
hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari ma’naviy tarbiyaning asosiy
o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan ma’naviy
tarbiya jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar, qo‘shim-
cha adabiyotlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda quyidagi ma’naviy-
ma’rifiy omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi maqsadga muvofiq;
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
»
Т
.,
Маънавият
, 2008., 58-60-
бетлар
.
298
·
Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish.
·
Milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy me’rosimizga hurmatni
kuchaytirish.
·
Ona tilimizga muhabbat va hurmat uyg‘otish.
·
Ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash.
·
Umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‘ri-
kenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllan-
tirish vositasi ekanligini uqtirish.
·
Dinning dunyoviylik bilan qarama-qarshi emasligini anglash.
·
Huquqiy madaniyat sog‘lom dunyoqarash, sog‘lom ma’naviy
fazilat shakllanishining muhim omili ekanligini tushuntirish.
·
O‘z tarixini bilish orqali o‘zligini anglash va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng
dolzarb masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari, o‘qituv-
chilar, jurnalistlar, yozuvchilar, shifokorlar, san’atkorlar, barcha rah-
barlar birdek mas’uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon
talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va
vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak
yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |