Komil narsa ortiqchalikni ham,
kamchilikni ham qabul etmaydi.
Abu Rayhon Beruniy
14-mavzu.
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirish omillari
va vositalari
14.1. Islom Karimov shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillari
va vositalari to‘g‘risida ilgari surgan g‘oyalar
Jasorat
-
insonning yuksak kamolotga erishganini ko‘rsatuvchi
ma’naviy-axloqiy hodisa; insonning jamiyat va uning a’zolari man-
faatlarini himoya qilish, muayyan vazifani ado etishda fidoyiligi,
butun kuch va imkoniyatlarini to‘la safarbar etishini anglatadigan
ma’naviyat kategoriyasi.
Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas
kuch» asarida jasoratning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish
xususiyatlari dalil va misollar asosida ochib berilgan. Asarda ta’kid-
langanidek; «Mening nazarimda, avvalambor Yaratganimizning o‘zi
har bir mavjudotga jasorat ko‘rsatish imkonini beradi va ong-tafakkur
sohibi bo‘lgan insonlar bundan ibrat olib yashaydi. «...hayotning
ma’nosi tinimsiz kurash, qiyinchiliklarni engib o‘tish, doimiy jasorat,
azmu shijoat bilan yashashdan iborat ekani ayon bo‘ladi. Tabiat va
tarix qonunlarini, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan
odamgina o‘z hayotini ma’naviy jasorat asosiga qurishga qodir
bo‘ladi. Har kuni, har soatda fidoyi bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi,
zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz
safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga
aylantirish - haqiqiy qahramonlik aslida mana shu»
1
.
Asardan olingan bu ilhombaxsh fikr jasorat tushunchasining
mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish xususiyatlarini tahlil qilish
uchun asos bo‘ladi. Kundalik turmushda turli xavfli vaziyatlar va
tahdidlarda el-yurt manfaatlari uchun ixtiyoriy ravishda o‘z hayotini
xavf ostiga qo‘yib bo‘lsada halokatning oldini olish ham jasorat.
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
».
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 163-164
бетлар
.
286
Jasorat nafaqat urush va favqulodda holatlarda, kutilmagan hodisa
tufayli ijtimoiy hayot yoki inson hayotiga bo‘lgan tahdidni bartaraf
etishda, balki kundalik turmushda ham namoyon bo‘ladi. U moddiy
yoki ma’naviy manfaatdorlik evaziga amalga oshirilmaydi. Jasorat
hayotini, maqsad va orzu-umidlarini xalq va jamiyat uchun
bag‘ishlab, amalga oshirgan hokisor inson faoliyatining natijasi
hamdir. Shuning uchun jasorat faqat ayrim shaxslar va alohida
kishilarning salohiyati emas, balki har bir inson uchun ham imkoni
bo‘lgan ma’naviy fazilatdir.
«Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida jasoratning
ushbu jihati Yurtboshimiz tomonidan quyidagicha asoslab berilgan:
«Shu ma’noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning
hayotini, ayniqsa, qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va
kuzning yog‘in-sochinli kunlarida ham yerdan rizq undirish
maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab, mehnat qiladigan
dehqonlarimiz hayotini tom ma’noda jasorat namunasi, deb
bilaman».
1
Jasoratning mazmuni ko‘p holatlarda ommaviy harakatlarning
boshlanishida, umummilliy manfaatlarni himoya qilishda birinchi
qadam, birinchi qarorlarda va ularni amalga oshirishda ham o‘z
ifodasini topishi mumkin. Shu ma’noda, 1991-yil 31-avgust sanasida
milliy istiqlolning e’lon qilinishi va mamlakatimiz mustaqilligini
mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari
ana shunday jasorat namunasidir. Vatan va millat manfaatlarini
ro‘yobga chikarishda ulkan voqea bo‘lgan bu azmu-qaror yuksak
jasorat namunasi sifatida jamiyatimiz a’zolari uchun ma’naviy
qadriyatga aylangani bejiz emas.
G‘oya va ong munosabati haqida gap ketar ekan, quyidagi
holatlarga e’tibor berish zarur. Birinchidan, muayyan g‘oya inson
tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Ikkinchidan, muayyan g‘oya
shaxs ongida faqat axborot sifatida saqlanib qolishi, ya’ni keraksiz
buyum kabi inson ongining bir chetida «chang bosib» yotaverishi
mumkin. Birinchi holatda g‘oya inson ongida hech qanday iz
qoldirmaydi. Ikkinchi holatda esa u shaxs uchun hech qanday ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, g‘oya
faqat inson qalbini egallagan, uning ma’naviy-ruhiy holatining uzviy
qismiga aylangan taqdirdagina amaldagi kuchga aylanadi.
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
».
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 164-165
бетлар
.
287
Shuning uchun ham bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh
maqsadi inson qalbini zabt etish orqali uning ongini egallash bo‘lib
qolmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlagani kabi bugungi kunda insoniyat
qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar yer kurrasini bir necha bor
yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin,
hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egal-
lash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilik-
da, yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan
kurashlar ko‘p
narsani hal qiladi. Shu ma’noda aholi, ayniqsa,
yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun
ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy
qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab
shakllantirishimiz zarur.
Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda
inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib
tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv
shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech
narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
Hammamiz yaxshi bilamizki, har qaysi davlatning chegaralarini
daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan
havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimiz ma’-
naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-
suyanib ish olib borishimiz kerak, degan savol bugun barchamizii
o‘ylantirishi tabiiy.
... hayotda ko‘p bora o‘z tasdig‘ini topgan haqiqatdan kelib
chiqqan holda, bu masalada shunday degan bo‘lardim: tobora
kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va
hushyor bo‘lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har
tomonlama chuqur o‘ylangan puxta, ilmiy asosda tashkil etilgan,
muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya
bilan javob berish mumkin.
Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va
loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka
tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga
aylanadi. Va aksincha - qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak
aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat
qudratli kuchga aylanadi
1
. Prezidentimizning bu fikrlari inson qalbi va
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
».
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 115-116
бетлар
.
288
ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi davrda barchamiz
uchun dasturilamal bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |